Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti




Download 5,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/161
Sana24.01.2024
Hajmi5,02 Mb.
#144822
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   161
Bog'liq
Axborot texnologiyalar asoslari Dildora Sayfiddinova Payzullaevna

1. 
Ishonchlilik. OS o`zi ishlayotgan qurilmalar bilan birga ishonchli bo`lishi 
kerak. OS foydalanuvchining aybi bilan vujudga kelgan xatoni aniqlashi, uni tahlil 
qilishi va tiklash imkoniyatiga ega bo`lishi kerak. OS foydalanuvchining o`zi tomonidan 
qilingan xatodan himoyalashi, hech bo`lmaganda dasturiy muhitga keltiriladigan zararni 
minimumga olib kelishi kerak. 
2. 
Himoya. OS bajarilayotgan masalalarning o`zaro bir-biriga beradigan 
tasiridan himoyalash kerak. 


3. 
Bashorat. OS foydalanuvchi so`roviga bashoratchilik bilan javob berishi 
kerak. Foydalanuvchi buyruqlari sistemada qabul qilingan qoidalar asosida yozilgan 
bo`lsa, ularning ketma-ketligi qanday bo`lishidan qat'iy nazar natija bir xil bo`lishi kerak. 
4. 
Qulaylilik. Foydalanuvchiga OS ni taklif qilishdan maqsad resurslarni 
aniqlash va bu resurslarni boshqarish masalalarini yechishdan ozod qilishdir. Sistemani 
inson psixologiyasini hisobga olgan holda loyihalash kerak. 
5. 
Effektivlik. Resurslar taqsimotida OS foydalanuvchi uchun maksimal holda 
sistema resurslaridan foydalanish darajasini oshirishi kerak. Sistemaning o`zi esa iloji 
boricha kamroq resurslardan foydalanishi kerak. Resurslarning OS tomonidan band 
qilinishi foydalanuvchi imkoniyatlarini kamaytirishga olib keladi. 
6. 
Moslanuvchanlik. Sistema amallari foydalanuvchiga qarab sozlanishi 
mumkin. Resurslar majmuasi OS effektivligi va samaradorligini oshirish maqsadida 
ko`paytirishi yoki kamaytirilishi mumkin. 
7. 
Kengaytiruvchanlik. Evolutsiya jarayonida OS ga yangi fizik va dasturiy 
resurslar qo`shilishi mumkin. 
8. 
Aniqlik. Foydalanuvchi sistema interfeysi darajasidan pastda sodir 
bo`ladigan jarayondan bexabar qolishi mumkin. Shu bilan birga foydalanuvchi sistema 
haqida qancha bilgisi kelsa shuncha bilish imkoniyatiga ega bo`lishi kerak. Bu holatda 
interfeys sistemasida qabul qilingan qoida va fizik qurilmalar ulanishi va o`zaro 
bog`liqligining funksional xarakteristikasi asosida amalga oshiriladi. 
Avval qayd etganimizdek-OS ning asosiy vazifasi bu resurslar taqsimoti va 
boshqarishdan iborat. OS foydalanuvchini resurslar taqsimotidan ozod qilib kompyuterni 
uch xil rejimda ishlashini ta'minlashi mumkin: bir dasturli; ko`p dasturli; ko`p masalali. 

Download 5,02 Mb.
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   161




Download 5,02 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti

Download 5,02 Mb.
Pdf ko'rish