10-mavzu: Operatsion tizimda ishlash.
Reja:
1.Buyruq protsessori
2.Bo`linmas stek segmenti
3.Masalaning bog`lanishini boshqarish
Buyruq protsessori funksiyalari quyidagilardan iborat:
1.
Klaviatura va buyruq faylidan kiritilgan buyruqni qabul qilish va sintaktik
analiz qilish.
2.
OS ichki buyruqlarini bajarish.
3.
OS tashqi buyruqlarini va foydalanuvchining amaliy dasturlarini yuklash va
bajarish.
Buyruq protsessori tomonidan bajariladigan buyruqlar ichki buyruqlar deyiladi.
Foydalanuvchining tashabbusi bilan bajariladigan buyruqlar esa tashqi buyruqlarni
tashkil qiladi. Tashqi buyruqlarni bajarish uchun buyruq protsessori diskdan
mos ismli
buyruqni qidiradi, agar uni topa olsa, u holda uni xotiraga yuklaydi va unga boshqaruvni
beradi. Buyruqlarning bunday usulda taqsimlanishi operativ xotira bandligini
kamaytiradi va kompyuter unumdorligini oshiradi.
Amaliy dasturlarni ishga tushirish tashqi buyruqqa murojaat qilgandek amalga
oshiriladi. Buyruq protsessori funksiyasiga buyruq fayllarini ishlatish ham yuklatilgan.
Buyruq faylning birontasi OS ni yuklagandan so`ng avtomatik tarzda bajariladi va
foydanuvchiga faoliyat muhiti sozlanganligi haqida dalolat beradi.
Avtomatik tarzda
bajariladigan buyruq foylalanuvchi ehtiyojiga qarab sistemali dasturchi tomonidan
yaratiladi. Buyruq protsessori berilgan satrda yozilgan berilganlarni ketma-ket o`qiydi
va tahlil qiladi. Berilganlar buyruq, tamg`a yoki izohdan iborat bo`lishi mumkin. Agar
navbatdagi satrda biron bir dasturga murojat qiluvchi buyruq bo`lsa, buyruq fayl ishini
to`xtatib turiladi va chaqirilgan dastur bajariladi. Dastur o`z ishini yakunlagandan
so`ng buyruq fayl o`z ishini davom ettiradi.
Buyruq protsessori xotiraga yuklanganda ikkita,
doimo xotirada saqlanadigan
rezedent va xotiraning foydalanuvchi uchun ochiq bo`lgan norezedent qismga bo`linadi.
Bunda ixtiyoriy dastur buyruq protsessorining norezedent qismini o`chirib yuborishi
mumkin. Bu dastur o`z ishini yakunlaganda boshqaruv har doim buyruq protsessorining
rezedent qismiga uzatiladi va u sistema diskidan yuklash orqali buyruq faylining
norezedent qismini tiklaydi. OS aynan shu ko`rinishda tashkil qilinganligi sababli qattiq
disk resurslari yetarli bo`lmasa yoki u umuman bo`lmasa sistemali yumshoq disk
bo`lishi shart va u ishga tayyor holatda bo`lishi kerak. OS normal ishlashini ta'minlash
uchun qattiq yoki yumshoq disk o`rniga operativ xotirada
tashkil qilingan virtual
diskdan foydalanish mumkin.
OS tashqi buyruqlari diskda alohida saqlangan dasturlar yordamida bajariladi.
Ixtiyoriy OS ga turli amallarni bajarishga mo`ljallangan o`nlab dasturlar kiritilgan.
Masalan, barcha OS larga kiritilgan qurilma drayveri deb nomlanadigan maxsus rezedent
dasturlar kiritish-chiqarish sistemasini to`ldirish uchun qo`llaniladi. Drayverlar
qo`shimcha tashqi qurilmalarni yoki mavjud qurilmalarni nostandart ishlatilishini
ta'minlab beradi. Real OS loyihalanganda fizik qurilmalar imkoniyatlari foydalanuvchi
talabiga to`liq javob bera olmasa maxsus rezedent dasturlar yaratib kompyuter
imkoniyatlarini kuchaytirish mumkin.
Mavjud OS ning bir-biridan farqi «sistema darajasi» bilan aniqlanadi. Ya'ni konkret
tipdagi kompyuter uchun mos OS qurish (ko`chirish) bilan aniqlanadi.
Bunda OS
tannarxi kompyuter arxitekturasi, unga kirgan qurilmalar, berilganlarning ichki ko`rinishi
bilan birga OS tarkibiga kiritilgan imkoniyatlarga bog`liq bo`ladi. Qaralayotgan OS
larning farqini faqat professional (sistemali) dasturchigina farqlay oladi. Odatda oddiy
foydalanuvchiga bunday farqlar sezilmaydi. Bunday farqlar xotira hajmi, berilganlarga
ishlov
berish vaqti, sistema imkoniyatlari va ishonchliligi bilan aniqlanadi.
Sistemada bajariluvchi dastur jarayonni tashkil qiladi. Jarayon-bu holatlarning
yagona ketma-ketligidir. Jarayon bilan kompyuter resurslari va fayllar bilan bog`liq
bo`ladi. Fayl-berilganlar va dasturiy bo`lishi mumkin. Jarayonda qatnashgan har bir fizik
resurs albatta mavjud bo`lishi shart. Yangi jarayonni tashkil qilishda eski jarayondan
nusxa olish yo`li bilan ham tashkil qilish mumkin, bu xolatda yangi jarayonning
tugallanishi eski jarayon orqali ham amalga oshirilishi mumkin. Har bir jarayon o`z
jarayonini yangi jarayon bilan almashtirib boshqaruvni
yangi jarayonga berishi ham
mumkin.
Ritchi va Tompson (1978) terminologiyasiga asosan dastur bajariladigan muhit-
holat (obraz) deyiladi. Holat tarkibiga dastur va unga bog`liq bo`lgan berilganlar, ochiq
fayllar holati va joriy mundarija kiradi. Holat atributiga foydalanuvchi tomonidan
kiritilgan ayrim identifikatorlar foydalanuvchi uchun ochiq deb hisoblanadi.
Jarayonning bunday tashkil qilinishi foydalanuvchiga qo`shimcha mamumot berish va
jarayonga aralashish imkoniyatini beradi. Shuni aytish kerakki barcha jarayonlar uchun
ham foydalanuvchi atributi mavjud emas. Bunday holat jarayon
yaratgan jarayonlarda
vujudga keladi. Bunday jarayonlarga foydalanuvchi aralashuvi maxsus sistemali
buyruqlar asosida amalga oshirilishi mumkin. Jarayon-bu loyihaning bajarilishi.
Sistemada jarayonga ko`makchi jarayonlar mavjud bo`ladi.
Sistemadagi ko`pgina jarayonlar kutish holatiga o`tishi berilganlarni kiritish va
chiqarish yoki biron bir bir sistemali funksiyani bajarilishini kutish bilan bog`liq bo`ladi.
Har bir real sistemada bir vaqtda mavjud bo`lgan jarayonlar chegaralangan. Bu holat
ko`proq kompyuterning real fizik imkoniyatlaridan kelib chiqadi.