13-mavzu: Raqamli axborot va matnni qayta ishlashning asosiy tamoyillari
Reja:
1.
Analogli signallarni raqamli signallarga
aylantiruvchi qurilmalar
2.
Raqamli signalni analog signalga aylantirgichlar
3.
Raqamli axborotlarni saqlash
Ma`lumot (axborot) mashina
xotirasi yacheykalarida, so`z adreslari deb ataluvchi
yacheyka nomerlari orqali identifikatsiyalanadi.
Mashina xotirasi – har bir axborot so`zini saqlovchi joy xizmatini o`tovchi
yacheyka majmuasidir. Son yoki buyruq qiymatini saqlash uchun xotira yacheykasi
ajratiladi. Xotiraga so`zni yozish uchun shu so`z saqlanishiga ajratilgan yacheyka adresi
ko`rsatilishi lozim.
Barcha komp’yuterlar tuzilishi Fon Neyman printsipiga asoslangan to`rt
qismdan
iborat va ularning bir qismi
xotira deb aytgan edik.
Xotira ma`lumot
va programmalar
saqlash uchun xizmat qiladi va ular bir necha turga bo`linadi: Operativ xotira, keshxotira,
BIOS (doimiy xotira), CMOS (yarim doimiy xotira) va videoxotiradir.
Portlar bu komp’yuterning qo`shimcha qurilmalri ulanadigan qismi bo`lib
hisoblanadi. Ularning asosan uch xil turi mavjud: parallel, ketma –
ket va USB
(Universal Serial Bus- universal ketma ket shina) RS arxitekturasidagi yangicha port
bulib, u barcha telefon va elektronikaga mo`ljallangandir.
Registrlar deb, raqamli axborotni qabul qilish, xotirada saqlash, uni uzatish va shu
axborotni kodini uzgartiradigan qurilmaga aytiladi. Registr inglizcha so’zdan
olingan
bo’lib, yozuv jurnali (Jurnal registratsiy) degan ma`noni anglatadi. Registrda axborot 0
va 1 raqamlarining kombinatsiyasidan iborat sonlar ko’rinishida saqlanadi.
Registrlar trigerlardan yigiladi va ularning soni raqamli koddagi razryadlar soniga
teng bo’ladi. Axborotdagi ikkilik kodning har bir razryadiga registrning mos razryadi
to’g’ri keladi.