• Reja: 1.
  • Nazorat-o‘lchov asboblarining qanday turlari mavjud?




    Download 11,47 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet168/194
    Sana20.11.2023
    Hajmi11,47 Mb.
    #102246
    1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   194
    Bog'liq
    Avtomobillar tuzilishi Beknazarov Jamoliddin Bekturdiyevich

    2. Nazorat-o‘lchov asboblarining qanday turlari mavjud? 
    3. Nazorat o‘lchov asboblarining zarurati nimada? 
     
    3-ilova 
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
    4-ilova 
     
    "Nazorat o‘lchov asboblari" mavzusi bayoni. 


    Tuzuvchi: Mirishkor tuman 1-son kasb-hunar maktabi. Beknazarov Jamoliddin Bekturdiyevich 
    Reja: 
    1. Nazorat -o‘lchov asboblarining vazifasi. 
    2. Nazorat -o‘lchov asboblarining turlari. 
    3. Ko‘rsatuvchi asboblar. 
    4. Daraklovchi asboblar. 
    5. Haroratni nazorat qiluvchi asboblar. 
    Avtomobillardagi 
    nazorat-o‘lchov 
    asboblari, 
    haydovchiga 
    namoyish 
    etiladigan 
    ma'lumotlarni 
    tasvirlash 
    usuliga 
    ko‘ra 
    ko‘rsatuvchilarga va daraklovchilarga bo‘linadi. 
    Ko‘rsatuvchi asboblar shkala va strelkaga ega. O‘lchanayotgan kattalikni 
    baholash uchun haydovchi bir oz muddatga avtomobil harakatini kuzatishdan 
    chalg‘ishi, ya'ni asbob shkalasiga qarashi va undagi ko‘rsatkichni idrok etishi 
    kerak. 
    Daraklovchi asboblar 
    o‘lchanayotgan 
    parametrning 
    bitta 
    (ruxsat 
    etilgan minimal yoki maksimal) qiymatini his etadi va bu haqda yorug‘lik (ba'zan 
    tovush) signali orqali darak beradi. Daraklagich haydovchini avtomobilni 
    boshqarish jarayonidan kam chalg‘itsa-da, lekin oz ma'lumotga ega. 
    Avtomobil asboblariga ularning ishlash sharoitini hisobga olgan holda qattiq 
    lalablar qo‘yiladi: asboblar titrash (vibratsion) va zarbiy yuklanishlarga 10—15 g 
    gacha chidashi, atrof-muhit harorati -45°C dan +80°C gacha bo‘lganda ishlay 
    olishi, ta'minlash kuchlanishi 10-16 V (nominal kuchlanish 12 V) oraliqda va 
    barometrik bosim 86,4 - 106,4 kPa oraliqda o‘zgarganda xatolikni oshirib 
    yubormasligi kerak. 
    Avtomobil asboblari tuzilishi bo‘yicha elektr va mexanik asboblarga 
    bo‘linadi. Elektr asboblar avtomobilning elektr tarmog‘idan tok bilan 
    ta'minlanadi. Mexanik asboblar esa, o‘lchanayotgan muhitning quvvatidan 
    foydalanib, ma'lumotlar beradi (masalan, moylash tizimidagi bosimni o‘lchovchi 
    manometrlar). Elektr asboblarning afzalligi shundaki, signallarning nazorat 
    joyidan kuzatish joyiga uzatilishi sodda bo‘ladi. 
    Elektr nazorat-o‘lchov asbobi (ko‘rsatkichi) signallarni uzatish uchun o‘zaro 
    simlar vositasida tutashtirilgan datchik va priyomnikdan iborat (63-chizma). 
    Nazorat qilinadigan joyga asbobning datchigi, kuzatish joyiga esa priyomnik 
    o‘rnatiladi. Datchik odatda nazorat qilinadigan parametrni (kirish signalini) 
    o‘lchovchi sezgir elementdan tashqari, signalni priyomnikning sezgir elementiga 
    uzatish uchun elektr kattalikka aylantirib beruvchi qandaydir o‘zgartirgichga ham 
    ega bo‘ladi. Priyomnikka kelgan signal strelkani ko‘chishiga aylantiriladi va 
    shkalaga qarab nazorat qilinayotgan parametrning qiymati aniqlanadi. 
    Daraklovchi asboblarda signal chirog‘i priyomnik vazifasini o‘taydi. 

    Download 11,47 Mb.
    1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   194




    Download 11,47 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Nazorat-o‘lchov asboblarining qanday turlari mavjud?

    Download 11,47 Mb.
    Pdf ko'rish