Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti




Download 11,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/194
Sana20.11.2023
Hajmi11,47 Mb.
#102246
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   194
Bog'liq
Avtomobillar tuzilishi Beknazarov Jamoliddin Bekturdiyevich

1-ilova 
Baholash mezoni. 
 


Tuzuvchi: Mirishkor tuman 1-son kasb-hunar maktabi. Beknazarov Jamoliddin Bekturdiyevich 
№ 
Mezonlar 
Baho 

Olgan bilimlarini ishlab chiqarishda qo‘llay oladigan, ushbu fanni 
boshqa fanlar bilan bog‘lay oladigan, mustaqil ish hamda vazifalarni 
to‘liq bajargan va yangilik qilishga intiladigan, har jihatdan boshqa 
o‘quvchilarga o‘rnak bo‘ladigan o‘quvchilarga 


O‘quv ko‘rgazmali qurollardan foydalana oladigan, olgan bilimlarini 
xalq xo‘jaligida to‘g‘ri qo‘llay oladigan, mustaqil fikirlay oladigan 
olgan bilimlarini tushuntirib beraoladigan o‘quvchilarga 


Darslarda 95%gacha qatnashgan, ma’ruza matnini yozgan, o‘quv 
qurollari to‘liq bo‘lgan , adabiyotlardan foydalanishni bilgan 
o‘quvchilarga 


Ta’lim standartlarida belgilangan bilim va ko‘nikmalarni 55%dan 
kam o‘zlashtirgan o‘quvchilarga 

 
2-ilova 
 
Og‘izaki-savol javob savollari. 
 
4. Kuzovning vazifasi nima? 
5. Kuzovlar qanday turlarga bo‘linadi? 
6. Yuk avtomobil kuzovi qanday qismlarga ajratiladi? 
 
 
 
 
3-ilova 
 
 
 
4-ilova 
 
"Kuzov, kabina" mavzusi bayoni. 


Tuzuvchi: Mirishkor tuman 1-son kasb-hunar maktabi. Beknazarov Jamoliddin Bekturdiyevich 
Reja: 
1. Kuzov va kabinaning vazifasi; 
2. Kuzov va kabinaning tuzilishi; 
3. Kuziv va kabinaning turlari. 
Avtomobilda shunday qism ham bo‘lishi zarurki, u yukni, yo‘lovchilarni 
(engil avtomobil va avtobuslarda) joylashtirish hamda ularni tashqi atrof –muhit 
ta’siridan saqlab turishi kerak. 
Bu vazifani kuzov bajaradi. Kuzovning vazifasi bo‘yicha yuk uchun 
(yog‘och yoki temir platforma), yo‘lovchilar uchun, yuk va yo‘lovchi uchun va 
maxsus turlari bo‘ladi. 
Yuk uchun kuzovlar o‘z novbatida umumiy vazifani bajaruvchi (platforma), 
maxsus (o‘zi ag‘daruvchi, furgon, sisterna) turlariga ajraladi. 
Yo‘lovchilar uchun mo‘ljallangan kuzovlar umumiy vazifani bajaruvchi 
(engil avtomobil va avtobuslar kuzoviga), hamda maxsuslariga (labaratoriya, 
ta’mirlashga mo‘ljallangan, yong‘indan xavfli) bo‘linadi.
Yuk-yo‘lovchiga mo‘ljallangan kuzovlar asosan yuk avtomobillarida 
qo‘llaniladi.
Yuk avtomobillarining kuzovlari asosan yuk uchun yog‘ochdan yoki 
metaldan kuzov va haydovchiuchun kabinalardan iboratdir.
Konstruksiyaga qarab kuzovlar sinchli (karkasli), yarim sinchli, sinchsiz 
birbutun turlariga bo‘linadi.
Sinchli kuzovning qobig‘iga ichidan va tashqarisidan qoplamalar 
mahkamlanadi (avtobus kuzovi). Yarim sinchli kuzov ayrim tik tayanch, yoysimon 
kuchaytirgichlardan iboratdir (kichik sinfli avtobuslar); sinchsiz kuzovlar bir butun 
bo‘lib, yetarli bikir bo‘lishi uchun ayrim qismlarining ko‘ndalang kesimi jim-
jimador bo‘ladi (engil avtomobil kuzovlari).
Tushgan yuklamani qabul qilish usuli bo‘yicha yuklamani to‘la, yarmini, 
yuklamani umuman qabul qilmaydigan turlariga bo‘linadi. Yuklamani to‘la qabul 
etuvchi kuzovli avtomobillarda rama bo‘lmaydi. Yuklamaning yarmini qabul 
etuvchida esa kuzovga bikir mahkamlangan rama ham bo‘lib, bir qism yuklama 
kuzovga tushadi. Yuklamani qabul etmaydigan turida kuzov va rama elastik qism 
bilan biriktiriladi va kuzov faqat ustidagi yukni ko‘tarish vazifasini bajaradi.
Avtomobil kuzovlarining konstruksiyasi faqat xavfsizligiga ta’sir qiladi. 
Faol xavfsizlikni ta’minlashda haydovchi o‘rindig‘idan tevarak – atrofning yaxshi 
ko‘rinishi oyna tozalagichning katta yuzani tozalay olish, old, yon va orqa 
oynalarning terlamasligi, haydovchi o‘rindig‘ining qulay bo‘lishi kabi kuzovga xos 
xususiyatlar katta ahamiyatga ega. 
Faol emas xavfsizlikni ta’minlashda kuzovning xavfsizlik qayishlari, 
sinmaydigan oynalar, salonning juda mustahkamligi, yonmaydigan yumshoq 
qoplamalar kabi elementlari qatnashadi. 
Tiko avtomobilining kuzovi yuklamani to‘la qabul qiluvchi, ikki katta 
bo‘lakdan iborat, beshto eshikli bo‘lib, po‘latdan shtampalab yasalib payvandlab 
yig‘ilgan. Kuzovning old qismiga ikkita bo‘ylama koljeronli va ko‘ndalang 


Tuzuvchi: Mirishkor tuman 1-son kasb-hunar maktabi. Beknazarov Jamoliddin Bekturdiyevich 
joylashgan ikkita to‘siqdan iborat payvandlab yasalgan qurilma biriktirilgan bo‘lib, 
unga dvigatel va transmissiya agregatlari mahkamlangan. 
Neksiya avtomobilining kuzovi yuklamani to‘la qabul qiluvchi turiga 
mansub bo‘lib, to‘rt eshikli, po‘latdan shtampalab yasalgan qismlarni nuqtali 
payvandlash usuluda yig‘ilgan. Old qismida ikkitadan lonjeron va to‘sindan iborat 
qurilma bo‘lib, unga dvigatel, transmissiya agregatlari biriktirilgan. 
Damas avtomobili kuzovi shtampalab tayyorlangan qismlarni payvandlab 
yig‘ilgan bo‘lib, u zinapoyasimon ramaga mahkamlangan. Avtomobilning 
transmissiya agregatlari ramaga mahkamlangan bo‘lib, kuzov yo‘lovchilarni 
joylashtirish uchun xizmat qiladi.
Yengil avtomobil kuzovlari vazifasiga kura taksi, shaxsiy va poyga 
avtomobillariga o‘rnatiladigan ixtisoslashtirilgan kuzovlarga bulinadi. 
Yengil avtomobillar katta tezlikda harakatlanganda dvigatelning deyarli 
kuvvati xavo karshiligini yengishga sarflanadi. Shu bois zamonaviy yengil 
avtomobillarning kuzovlarini formasi (shakli) nafakat estetika talablari no‘qtai 
nazaridan balki aerodinamika talablaridan kelib chiqilgan xolda loyixalanadi. 
Xozirgi vaktda (xajmi, eshiklar soni, yuqori qismining shakli va b. 
jixatlariga kura) keng tarkalgan quyidagi turdagi yengil avtomobil kuzovlari 
mavjud: 
SEDAN-uch xajmli, usti yopiq 2 yoki 4 yonbosh eshikli passajir kuzovi 
(NEKSIYa, GAZ-24 «Volga) 
KUPE- ikki yoki uch xajmli, usti yopiq 2 ta yonbosh eshikli, orqa 
urindiklarining ulchamlari sikik passajir kuzovi. (ZAZ-968 «ZAPOROJETS» ). 
XARDTOP – SEDAN – yonbosh oynalari tushirilganda yonbosh urta 
ustunchasi yuk yengil avtomobilning sedan kuzovi. 
XARDTOP-KUPE - yonbosh oynalari tushirilganda yonbosh urta ustunchasi
yuk, yengil avtomobilning kupe kuzovi. 
FASTBEK – ikki xajmli, 2 ta yoki 4 ta eshikli va tomi orqaga ravon, bir 
tekis tushirilgan passajir kuzovi. (AZLK-2141 «Moskvich») 
KOMBI – ikki xajmli, orqa eshikli va passajir yoki yuk (orqa urindiklar 
taxlangansa) tashish uchun mo‘ljallangan passajir kuzovi. 
(IJ-21251) 
LIMO‘ZIN – uch xajmli, birinchi kator urindiklari oynalari ochiladigan tusik 
bilan ajratilgan, usti yopiq, to‘rt yonbosh eshikli, yuqori komfortabellikka ega 
saloni kengaytirilgan, uch kator urindigi bor, ba’zida urta kator urindiklari 
kaytariladigan passajir kuzovi (ZIL-114, ZIL-117, ZIL-4104) 
UNIVERSAL – ikki xajmli, orqa eshikli, passajir salonidan maxsus tusik 
bilan ajratilmagan yukxonasi bor, orqa urindiklar taxlanadigan passajir kuzovi
(GAZ-24-02 «Volga», VAZ-2102 «Jiguli») 
FAETON – usti yumshok taxlanadigan tentli, yonbosh oynalari olinuvchi 
passajir kuzovi. (UAZ-469, LuAZ-969) 
FAETON – UNIVERSAL- usti yumshok taxlanadigan yoki olinadigan tentli 
va yonbosh oynasi eshik ustamasi bilan olinadigan yuk passajir kuzovi. 
KABRIOLET-yumshok taxlanuvchi tentli, yenbosh oynasi tushiriladigan 
pakssajir kuzovi. 


Tuzuvchi: Mirishkor tuman 1-son kasb-hunar maktabi. Beknazarov Jamoliddin Bekturdiyevich 
KABRIOLET-XARDTOP - ustki bikr tomi olinib quyiladigan passajir 
kuzovi. 
RODSTER – ikki urinli, usti ochiq, taxlanadigan yumshok tentli, orqa 
yukxona tomini usti ochiq xolatida ikkita nokulay bulgan urindik paydo buladigan 
passajir kuzovi. 
BROGAM – oldingi urindiklar ustki tomini ma’lum qismi ochilib yopiluvchi 
kombinatsiyalashgan passajir kuzovi. 
LANDO – orqa kator urindiklar tomini ma’lum qismi ochilib yopiluvchi 
kombinatsiyalashgan passajir kuzovi. 
TARGA – ustki tomini urta qismi olinib quyiladigan kombinatsiyalashgan 
passajir kuzovi. 
PIKAP – yengil avtomobil shassisidagi yuk uchun ochiq platformasi va 
xaydovchi uchun kabinasi bor va ular bir-biridan statsionar tusik bilan ajratilgan 
yuk-passajir kuzovi. (IJ – 27151) 
Avtobus kuzovlari bir yoki ikki kavatli, usti yopiq va ba’zan ochiq ham 
bulishi mumkin. 
Zamonaviy avtobuslar nuqul metalldan yasalgan vagon kurinishidagi usti 
yopiq karkasli kuzovga ega. Bu turdagi kuzovlar dvigatelni ma’qul joyga 
joylashtirish (kuzov ichiga, ya’ni old qismiga, orqa qismiga yoki polining tagiga), 
yo‘lovchilarga mo‘ljallangan kuzov xonasidagi joydan maqsadga muvofiq 
foydalanish imkonini beradi. Avtobus kuzovlarining umumiy vazni va narxi 
avtobusning yarim vaznini va yarmiga yakin tannarxini tashkil etadi. Vagon 
turidagi kuzovlarda rama bulmaydi, shuning uchun barcha yuklanishlarni kuzov 
o‘ziqabulqiladi. Shu narsani ta’kidlab utish kerakki, avtobusning butun agregatlari 
kuzovning tubiga biriktiriladi. U kundalang va buylama karkasli balkalardan 
hamda ular bilan bir butun qilib tutashgan kobirgasimon ustunchalar kuzov 
kafasini tashkil qiladi va kobirga ustun uchun material sifatida pulat va 
dyuralyuminiydan yasalgan xar xil shakldagi o‘zakdan foydalaniladi. Karkasli 
kuzov kafasini kobiklash uchun list pulat yoki alyuminiy kullaniladi. 
Shaxarda yurishga mo‘ljallangan avtobus kuzovlarida ikki kator va ketma-
ket quyilgan urindiklar bo‘lib, markaziy utish yo‘li kengrok, kirish va chiqish saxni 
kattarok, eshiklari keng, yo‘lovchilarning kirishi va chiqishi uchun zinalari pastrok 
qilib ishlangan. Shaxar chegarasiga katnaydigan avtobus kuzovlari shaxar ichida 
katnaydigan avtobus kuzovlaridan urinlar soni kupligi, kirish va chiqishga 
mo‘ljallangan orqa va old saxnlarining ixchamligi bilan farklanadi. Shaxarlararo va 
turist avtobuslari utiradigan urindiklari uta kulaylashtirilganligi, shamollatish, 
isitish va radio kurilmalarining mavjudligi bilan, shuningdek, yo‘lovchilar uchun 
ayrim yuk xonasi borligi bilan fark qiladi. Chet ellarda, ayniqsa Yevropa 
davlatlarida bunday avtobuslarning nogiron odamlarga mo‘ljallanganlari ham 
ishlab chiqariladi. 
Yuk avtomobillarining kuzovi asosan ikki qismdan iborat bo‘lib , unga xaydovi va 
bitta yoki ikki yo‘lovchi uchun kabina va yuk tashishga mo‘ljallangan kuzov 
kiradi. Umumiy ishlarni bajaruvchi hamma ishbop yuk avtomobillarida yuk ortish 
yoki tuldirish uchun kuzov platforma shaklida ishlangan buladi. Dvigatelning 
joylashuviga karab yuk avtomobillari yopinchiqli (kapotli) va yopinchiqsiz 


Tuzuvchi: Mirishkor tuman 1-son kasb-hunar maktabi. Beknazarov Jamoliddin Bekturdiyevich 
kabinalarga bulinadi. Agarda dvigatel kabina oldida joylashsa , unda dvigatel 
ustiga uni berkitib turuvchi yopinchiq o‘rnatiladi (GAZ-53 A, ZIL-130). Dvigatel 
kabina tagida yoki ichida joylashsa yopinchiqka xojat kolmaydi. Bunda kabina 
(MAZ-5335, KamAZ-5320) bevosita dvigatel tepasiga o‘rnatiladi va u avtomobil 
saxnidan (platformasidan) ancha oldinga surila oladi, bu xol yuk saxnini 
uzaytirishga hamda xaydovchi uchun yo‘lni yaxshi kurishga imkon beradi. 
Dvigatelga kul yetishi kulay bulishi uchun bunday kabinalar oldiga kutarib 
ochiladigan qilib ishlanadi va ularga yengil ochilishi uchun lo‘qidon bilan 
maxkamlab quyilgan sharnirli tirak cheklagich hamda prujinali tayanchlar quyiladi. 
Yopinchiqsiz kabina avtomobilning uzunlik ulchamidan saxn sifatida okilona 
foydalanishga imkon beradi. Dvigatelning kabina tagida joylanishi kabina sigimini 
ham birmuncha kattalashtiradi. Natijada, uzok masofaga katnaydigan yuk 
avtomobillarida xaydovchi uxlab dam olishi uchun yotadigan joy ajratish imkoni 
buladi (MAZ-53352). Yetish joyi urindiklar orqasida joylashgan bo‘lib, buning 
uchun kabina 0,6 0,8 m ga uzaytirilgan. Kuplab ishlab chiqariladigan kabinalar 
kupincha kalinligi 1 mm bulgan varakali (list) pulatdan shtamplash usuli bilan 
bulak-bulak qilib tayyorlanib, payvandlash yo‘li bilan birlashtiriladi. Buyurtma 
natijasida bir talaylab (seriyalab) ishlab chiqarilgan kabinalar esa pulat yoki 
dyuralyuminiydan kobirgali kilinib, sirtini yupka tuno‘qa bilan koplanadi. Kabina 
ichida urindiklardan tashkari, boshkarish uchun kulaylik yaratuvchi jami asbob, 
jixoz va uskunalar uchun joy mavjud. 
Yopinchiq, kanotlar, zinalar va radiator koplamasi avtomobil kuzovining old 
qism tayanchigi (opereniye) hisoblanadi. Umumvazifali kuzovlar xar xil yuklarni 
tashish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, yogochli yoki metall saxn kurinishida buladi. 
Odatda, yuklarni ortish va tushirishni yengillatish maqsadida saxni orqa va yon 
tomonlarini ochib va kutarib kuyadigan tashlama devorlar (bortlar) bilan 
jixozlangan. Tashlama devorlari planka bilan maxkamlanib, bemalol kayiladi. 
Tashlama devorlar yopiq xolatdaligida berkitish moslamasi bilan maxkamlab 
quyiladi. Saxnining poli ikkita buylama va bir nechta kundalang chorkirra yogoch 
(brus) lardan yig‘ilgan. Buylama chorkirra yogochlar avtomobil ramasiga uzangili 
tortkichlar (stremyankalar) yordamida biriktirilgan. 

Download 11,47 Mb.
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   194




Download 11,47 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti

Download 11,47 Mb.
Pdf ko'rish