Tuzuvchi: Mirishkor tuman 1-son kasb-hunar maktabi. Beknazarov Jamoliddin Bekturdiyevich
Kirish
Ma’lumki, avtomobil hozirgi xalq xo‘jaligining hamma sohalarida keng
ekspluatatsiya qilinmoqda. Chunki avtomobil transporti yuqori monyovrchanlikka
ega bo‘lganligi sababli turli yo‘llarda yurish va turli ish sharoitlariga moslana olish
xususiyatiga ega. Hozirgi kunda xom ashyo va tayyor mahsulotlarni tashish, ochiq
usulda ko‘mir va ruda qazib chiqarish, industrial usulda uy joy binolari va sanoat
korxonalari qurish, qishloq xo‘jaligiga zarur yuklar, o‘g‘it va turli materiallarni
tashish, keng iste’mol mollarini bevosita iste’molchilarga o‘z vaqtida yetkazib
berish va boshqa maqsadlarda avtomobillardan foydalaniladi.
Avtomobil transportining ro‘li qishloq xo‘jalik
mahsulotlarini tashishda
ham ortib bormoqda. Yuk avtomobillaridan tashqari passajir avtomobillarining
ham mamlakatimiz aholisining kundalik tumushida ahamiyati katta.
Hozirgi kunda mustaqil O‘zbekiston iqtisodiyotini bozor munosabatlari
sharoitida yangicha shakllantirishda avtomobil transportining ham ahamiyati
kattadir.O‘zbekistonda, qolaversa Markaziy Osiyoda avtomobil sanoatiga
poydevor 1992 yili mamlakatimiz birinchi prezidentining Janubiy Koreyaga
rasmiy tashrifi chog‘ida “DEU Tablik MOTORS”
kompaniyasi faoliyati bilan
tanishish asosida qo‘yildi.
1993 yilda loyihaviy quvvati yiliga 200 mingga yaqin avtomobil ishlab
chiqarishga mo‘ljallangan zavod “O‘zDEU avto” qo‘shma korxonasi ro‘yxatga
olindi va Asaka shahrida ulkan avtomobil zavodi qurilishi boshlanib, 1996 yil 19
iyulda ishga tushirildi.
Qolaversa Markaziy Osiyoda avtobus va yuk tashuvchi avtomobillarga
talab yuqoriligidan hukumat qarori bilan loyihaviy quvvati yiliga 5 ming avtomobil
(ulardan 4 mingtasi avtobus, 1 mingtasi yuk avtomobillari)
ishlab chiqarishga
mo‘ljallangan zavod “SamKochavto” o‘zbek-turk qo‘shma korxonasi 1999 yilning
mart oyida ishga tushirildi.
Yuqorida keltirilgan fikrlardan ko‘rinib turibdiki, O‘zbekiston uchun
avtomobil sohasini mukammal biladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash
hozirgi kunning eng dolzarb muammolaridan biridir. Bunday muammolarni ijobiy
hal qilish uchun ta’lim muassasalarining ushbu soha bo‘yicha tayyorlanadigan
barcha o‘quvchilari boshqa fanlar bilan bir qatorda “Avtomobil tuzilishi” fanini
ham chuqur o‘rganishlari zarur. Chunki u jamiyatning bazasini, ishlab chiqarishni
zamonaviy
tashkil etishni, jumladan avtomobillarni sir asrorlarini va tub
mohiyatlarini ochib beradi.
Ushbu “Avtomobillar tuzilishi” fani uchun tayyorlangan o‘qitish
materiallari to‘plami avtomobilsozlikka yetuk kadrlar tayyorlash, kasb-hunar
maktabining “Avtomobil dvigatellarini tashxislash va ta’mirlash” kasbi bo‘yicha
taxsil olayotgan o‘quvchilarni avtomobillarning
umumiy tuzilishi, turlari,
afzalliklari, kamchilikjlari, avtomobilsozlikdagi yangiliklar bo‘yicha
bilim va
ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari uchun kerakli ko‘rgazmali qurollar, maketlar,
detallar, multimediali ishlanmalar, stendlar, videoroliklar,
slaydlar va elektron
darsliklar asosida loyihalangan.
Fanning nazariy mashg‘ulotlarida avtomobillarning umumiy tuzilishi,
turlari, afzallik va kamchiliklari, zamonaviy avtomobillarga bo‘lgan talablar,
Tuzuvchi: Mirishkor tuman 1-son kasb-hunar maktabi. Beknazarov Jamoliddin Bekturdiyevich
ularning xalq xo‘jaligidagi ahamiyatlari haqida nazariy bilimlar turli xil
ko‘rgazmali qurollar, tarqatma materiallar, multimediali ishlanmalar, videoroliklar,
slaydlar, elektron darsliklar yordamida o‘quvchilarga yetkaziladi.
Fanning amaliy mashg‘ulotlarida avtomobillarning umumiy tuzilishi,
qismlarining tuzilishi, agregat va detallarining tuzilishi, avtomobillarda joylashishi,
turlari, ularning vazifalari, tuzilishlaridagi o‘zaro farqi, afzallik va kamchiliklari
haqidagi ko‘nikmalarni kasb-hunar maktabida mavjud avtomobillar tuzilishi o‘quv
xonasida mavjud kerakli qirqimlari berilgan avtomobilning umumiy tuzilishi
maketi, dvigatellar,
avtomobil ehtiyot qisimlari, kerakli qirqimlari berilgan
avtomobil agregat va uzellari maketlaridan oladilar.