7-ilova Fan yuzasidan o‘quvchilar bilimi quyidagi mezonlar asosida baholanadi. № Mezonlar Baho 1 Olgan bilimlarini ishlab chiqarishda qo‘llay oladigan, ushbu fanni
boshqa fanlar bilan bog‘lay oladigan, mustaqil ish hamda
vazifalarni to‘liq bajargan va yangilik qilishga intiladigan, har
jihatdan boshqa o‘quvchilarga o‘rnak bo‘ladigan o‘quvchilarga
5
2 O‘quv ko‘rgazmali qurollardan foydalana oladigan, olgan
bilimlarini xalq xo‘jaligida to‘g‘ri qo‘llay oladigan, mustaqil
fikirlay oladigan olgan bilimlarini tushuntirib beraoladigan
o‘quvchilarga
4
3 Darslarda 95%gacha qatnashgan, ma’ruza matnini yozgan, o‘quv
qurollari to‘liq bo‘lgan , adabiyotlardan foydalanishni bilgan
o‘quvchilarga
3
4 Ta’lim standartlarida belgilangan bilim va ko‘nikmalarni 55%dan
kam o‘zlashtirgan o‘quvchilarga
2
Izoh: o‘quv dasturining mantiqan tugallangan bo‘limi bo‘yicha o‘quvchi albatta
baholanadi va natijasi o‘tish balidan (3 ball) past bo‘lganda qayta nazorat
belgilanadi.
8-ilova INSERT texnikasi. 1) Samarali o‘qish va fikrlash uchun matnda belgilar qo‘yishning interfaol
tizimi hisoblanadi.
Matnni belgilash tizimi:
✓ -mening bilganimni tasdiqlovchi axborot;
+ -men uchun yangi axborot;
- -mening bilganligimga zid axborot;
? -meni o‘ylantirib qo‘ydi. Bu bo‘yicha menga qo‘shimcha axborot
kerak.
2) Amaliy ish va kitob bilan ishlash metodi doirasida qo‘llaniladigan o‘qitish
texnikasi bo‘lib, kompleks masalalar yechish, o‘quv materialini o‘zlashtirish va
mustahkamlash, kitob bilan ishlash hamda tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini
shakllantirish maqsadida foydalaniladi.