Tuzuvchi: Mirishkor tuman 1-son kasb-hunar maktabi. Beknazarov Jamoliddin Bekturdiyevich
4-ilova
“Kirish. Avtomobiollarning umumiy tuzilishi” mavzusi bayoni.
Reja:
1. Kirish. Fanning maqsad va vazifalari;
2. Avtomobillarning yaratilish tarixi;
3. Avtomobilning umumiy tuzilishi va tsniflanishi
Ma’lumki, avtomobil hozirgi xalq xo‘jaligining hamma sohalarida keng
ekspluatatsiya qilinmoqda. Chunki avtomobil transporti yuqori monyovrchanlikka
ega bo‘lganligi sababli turli yo‘llarda yurish va turli ish sharoitlariga moslana olish
hususiyatiga ega. Hozirgi kunda xom ashyo va tayyor mahsulotlarni tashish, ochiq
usulda ko‘mir va ruda qazib chiqarish, industrial usulda uy joy binolari va sanoat
korxonalari qurish, qishloq xo‘jaligiga zarur yuklar, o‘g‘it va turli materiallarni
tashish, keng iste’mol mollarini bevosita iste’molchilarga o‘z vaqtida yetkazib
berish va boshqa maqsadlarda avtomobillardan foydalaniladi.
Avtomobil transportining ro‘li qishloq xo‘jalik mahsulotlarini tashishda ham
ortib bormoqda. Yuk avtomobillaridan tashqari passajir
avtomobillarining ham
mamlakatimiz aholisining kundalik tumushida ahamiyati katta.
Harakatlanuvchi transport mashinalarining rivojlanishga 1766 yili mexanik
I.Polzunov yaratgan bug‘ mashinasi katta o‘zgarish kiritdi. Keyinchalik bug‘
mashinasi yordamida relssiz yo‘llarda yo‘lovchi va yuk tashishga mo‘ljallangan
bug‘ aravasi yaratilgan lekin bug‘ aravalari vazmin va qo‘pol bo‘lganligi sababli
relssiz yo‘llarga moslasha olmadi. Keyinchalik bunday bug‘ aravalari relsli yo‘lga
qo‘yilgach, temir yo‘l transporti vujudga keldi va tez suratlar bilan rivojlandi.
Porshenli ichki yonuv dvigateli yaratilgandan keyingina avtomobilsozlik
rivojlana boshladi. Avtomobillarga benzin va kerosin bilan ishlaydigan dvigatellar
o‘rnatish sohasida turli mamlakatlarning ko‘pgina ixtirochilari ish olib bordilar.
1880 yilda O.S.Kastovich benzin bilan ishlaydigan porshenli ichki yonuv
dvigatelini qurdi 1898 yilda Peterburg texnologiya institutining professori
G.P.Depp og‘ir suyuq yonilg‘ida ishlaydigan ichki yonuv dvigatelini yaratdi. Bu
dvigatelda suyuq yonilg‘i
siqish natijasida alanga olib, porshenni harakatga
keltiradi. 1892 yilda avtomobil o‘rtacha tezligi 24 km/soatdan oshmagan bo‘lsa,
1895 yilda bu tezlik 69km/soatga yetdi. 1908 yilda avtomobillar Rigadagi Rus-
Baltika zavodida chiqarila boshladi, ammo 8 yil ichida 450 dona yengil avtomobil
ishlab chiqarildi.
Sobiq Ittifoq davrida Avtomobil sanoatining yangi rivojlanish davri Ulug‘
Vatan urushidan so‘ng boshlandi. 1946-1955 yillar davrida Minsk, Kutaisi yuk
avtomobil zavodlari va Lvov, Pavlov avtobus zavodlari qurildi. 1959-1965 yillarda
Belorussiya, Kremenchuk, Mogiloyov, Yerevan yuk avtomobil zavodlari va Likin
avtobus hamda Zaporojets yengil avtomobil zavodlari ishga tushurildi. 1970
yillarga kelib, Talyatti shahrida yiliga 660 ming yengil avtomobil chiqarishga
mo‘ljallangan Volga avtomobil zavodi (VAZ) qurildi. 1975-1976
yillarda Kama
avtomobil zavodi ishga tushirilib, uch o‘qli sakkiz tonnali dizel avtomobillari
ishlab chiqarila boshlandi. Kelgusi yillarda bu zavodni ikkinchi navbatdagi
qurilishi bitkazilib, yiliga 150 ming dona KaMAZ markali og‘ir yuk avtomobillari
ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi.
Tuzuvchi: Mirishkor tuman 1-son kasb-hunar maktabi. Beknazarov Jamoliddin Bekturdiyevich
1993 yilda loyihaviy quvvati yiliga 200 mingga yaqin avtomobil ishlab
chiqarishga mo‘ljallangan zavod “O‘zDEU avto” qo‘shma korxonasi ro‘yxatga
olindi va Asaka shahrida ulkan avtomobil
zavodi qurilishi boshlanib, 1996 yil 19
iyulda ishga tushirildi.
O‘zbekiston avtomobil ishlab chiqaruvchi mamlakatlar qatoridan o‘rin olishi
uning beqiyos imkoniyatlaridan nishona, istiqbolli, kelajagi buyukligini
tasdiqlovchi omildir.
Markaziy Osiyoda avtobus va yuk tashuvchi avtomobillarga talab
yuqoriligidan hukumat qarori bilan loyihaviy quvvati yiliga 5 ming avtomobil
(ulardan 4
mingtasi avtobus, 1 mingtasi yuk avtomobillari) ishlab chiqarishga
mo‘ljallangan zavod “SamKochavto” o‘zbek–turk qo‘shma korxonasi 1999 yilning
mart oyida ishga tushirildi.
Avtomobil – o‘zi xarakatlanuvchi (avto – grekcha o‘zi, mobil – lotincha
xarakatlanuvchi) degan ma’noni bildiradi.
Avtomobil – kuruklikda xarakatlanuvchi transport vositasi bo‘lib, mustaqil
energiya manbaiga ega bo‘lgan dvigatel bilan jixozlangan hamda katta qulaylik va
xavfsizlikka ega bo‘lgan holda relssiz yo‘llarda yuk va yo‘lovchilarni tashishga
yoki o‘ziga o‘rnatilgan qurilmalar yordamida maxsus ishlarni bajarishga
mo‘ljallangan g‘ildirakli mashinadir. Avtomobillar vazifasiga ko‘ra
transport,
maxsus va poyga avtomobillariga bo‘linadi.
Transport avtomobillariga yuk, passajir va yuk-passajir avtomobillari kiradi.
Yuk avtomobillari yuk vazniga qarab yengil vaznli – 1,2t gacha; kichik
vaznli–1,3…2,0 t gacha;o‘rta vaznli–2,1...8 t gacha; katta vaznli–9...14 t gacha;
juda katta vaznli –15...20 t gacha; o‘ta katta vaznli – 21...40 t va 40 t dan ortiq yuk
ko‘taradigan avtomobillarga bo‘linadi.
Bortlari ochiladigan universal kuzovli avtomobillarda xilma-xil yuklar
tashiladi.
Sochiluvchan yuklar – yukni o‘zi ag‘daradigan(samosval) avtomobillarda ,
suyukliklar – tsisternali avtomobillarda, ko‘pchilik oziq – ovqatlar esa refrijerator–
furgonlarda tashiladi, bunday avtomobillar
ixtisoslashtirilgan avtomobillar
deyiladi.
Passajir avtomobillari yo‘lovchilarni tashishga mo‘ljallangan bo‘lib, ular o‘z
navbatida ikkiga bo‘linadi: avtobuslar va yengil avtomobillar. Passajir
avtomobillari sakkiztadan ko‘p o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lsa-
avtobus, sakkiztadan
kam o‘rinli bo‘lsa ye
ngil avtomobil deb ataladi. Avtobuslar vazifasiga qarab shahar
ichida, shahar atrofida, shaharlararo, ma’lum joylarda
qatnaydigan va umumiy
ishlarda foydalaniladigan bo‘ladi.
Yuqorida aytilgan vazifalariga qarab avtobuslarda o‘rinlar soni 10 dan 80
gacha va undan ortiq bo‘ladi. Gabarit uzunligiga qarab avtobuslar: 5 metr – juda
kichich (mikroavtobus); 6,0...7.5metr – kichik; 8,0...9.5 metr –o‘rtacha; 10,5...12.0
metr – katta va 16,5 metrdan ortiq qo‘shaloq avtobuslarga ajratiladi.
Yengil avtomobillar ikki, to‘rt va yetti o‘rinli bo‘ladi. Ularga o‘rnatiladigan
dvigatellarning ish xajmiga qarab yengil avtomobillar bir–biridan farq qiladi: 1,2
litr – mikrolitrajli; 1,3...1,8 litr – kichik litrajli; 1,9...3,5 litr – o‘rta litrajli; va 3.5
litrdan ortiq – katta litrajli.
Tuzuvchi: Mirishkor tuman 1-son kasb-hunar maktabi. Beknazarov Jamoliddin Bekturdiyevich
Maxsus avtomobillar ma’lum ishlarni bajarishga imkon beradigan
mexanizm, asbob va uskunalar bilan jixozlanadi. Masalan, sanitariya, o‘t o‘chirish,
ko‘cha supirish, yuk ortish avtomobillari.
Poyga avtomobillari sport avtomobillari bo‘lib,
avtomobil sport poygasida
katnashishga mo‘ljallangan bo‘ladi. Poygalar aylanma, to‘g‘ri shosselar, avtodrom,
ippodrom, velodrom va stadionlarda o‘tkaziladi.
Har xil yo‘llarda xarakatlanish xususiyatiga qarab oddiy va o‘tag‘on
avtomobillarga bo‘linadi:
1. Avtomobil katnoviga moslashtirilgan qattiq koplamali yo‘llarda
xarakatlanuvchi bitta o‘ki yetakchi bo‘lgan avtomobil
oddiy avtomobil deyiladi.
2. Yomon va moslashtirilmagan yo‘llarda xarakatlanuvchi ikkita yoki uchta
o‘ki yetakchi bo‘lgan avtomobil
o‘tag‘on avtomobil deyiladi.