• Banknotalarni emissiya qilish
  • Markaziy banklarning kelib chiqish tarixi




    Download 4,02 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet123/147
    Sana24.01.2024
    Hajmi4,02 Mb.
    #144566
    1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   147
    Bog'liq
    Учк.stt. Toplam Pul va banklar 2023 2

    Markaziy banklarning kelib chiqish tarixi.Markaziy bank - mamlakatdagi narx 
    darajasi, bank tizimining barqarorligi hamda to’lov tizimining barqaror faoliyati 
    uchun mas’ul bo’lgan muassasadir. Buning uchun pul-kredit siyosatini olib boradi, 
    tijorat banklar, to’lov tashkilotlar, hamda bir necha nobank kredit tashkilotlar 
    (MKT, lombarlardlar va boshqalar) faoliyatini litsenziyalaydi, tartibga soladi va 
    nazorat qiladi. 
    Iqtisodiy rivojlanishning dastlabki bosqichlarida markaziy (emitent) va tijorat 
    banklari o’rtasida farq bo’lmagan, lekin pul-kredit tizimi rivojlangan sari bir necha 
    yirik tijorat banklarida banknot emissiyasini markazlashtirish jarayoni yuz bergan, 
    natijada banknotlarni chiqarish monopol huquqi bitta bankka tegishli bo’lib qolgan. 
    Markaziy banklarning paydo bo’lishi XIX asrning o’rtalariga va XX asrning 
    boshlariga to’g’ri keladi, chunki bu davrda ko’pchilik hukumatlar muomaladagi pul 


    153 
    masalasini nazorat qilish muayyan banklar bo’ynida bo’lishni qonunlashtirgan. 
    Markaziy bank birinchi marta qayerda va qachon paydo bo’lganini aytish qiyin. 
    Ayrim iqtisodchilar markaziy bankning vazifalarini birinchi bo’lib bajargan 
    bankning tashkil topgan sanasi deb hisoblaydilar. Bu mezonga Riksbank 
    (Shvetsiya banki bo’lib, 1668-yilda tashkil etilgan) mos keladi. Angliya banki 
    1694-yilda tashkil topgan. Fransiya banki esa 1800-yilda. 
    Markaziy banklar asosan quyidagi to’rtta funksiyani bajaradi: 
    1. banknotalar emissiyasi; 
    2. pul - kredit munosabatlarini tartibga solish; 
    3. banklarning banki; 
    4. hukumat banki. 
    Banknotalarni emissiya qilish Markaziy bankning eng asosiy va dastlabki 
    funksiyalaridan biri hisoblanadi. Ma’lumki, muomaladagi pul massasi hajmini 
    oshirish yoki kamaytirish aynan Markaziy bankning banknotlarni emissiya qilish 
    funksiyasi bilan bog’liq bo’lib, uning hajmi iqtisodiyotdagi pul massasining hajmi 
    bilan belgilanadi. Ya’ni, iqtisodiyotdagi pul massasi va tovar massasi o’rtasidagi 
    o’zaro bog’liklikni ta’minlanishi milliy valyutaning barqarorligi va to’lov 
    qobiliyatining mustahkamligiga bevosita va bilvosita ta’sir qiladi. 

    Download 4,02 Mb.
    1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   147




    Download 4,02 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Markaziy banklarning kelib chiqish tarixi

    Download 4,02 Mb.
    Pdf ko'rish