• Markaziy bank banklarning banki sifatida
  • Markaziy bank hukumatning banki
  • Iqtisodiy normativlar
  • Markaziy bankning pul - kredit munosabatlarini tartibga solish




    Download 4,02 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet124/147
    Sana24.01.2024
    Hajmi4,02 Mb.
    #144566
    1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   147
    Bog'liq
    Учк.stt. Toplam Pul va banklar 2023 2

    Markaziy bankning pul - kredit munosabatlarini tartibga solish 
    funksiyasining asosiy maqsadi milliy valyutaning barqarorligini ta’minlashga 
    qaratilgan bo’lib, ushbu funksiya qator pul - kredit instrumentlari orqali amalga 
    oshiriladi. 
    Ushbu instrumentlar sifatida: 
    a) tijorat banklariga nisbatan o’rnatilgan majburiy zahira siyosati; 
    b) tijorat banklarini qayta moliyalash siyosati (hisob stavkasi); 
    s) ochiq bozordagi siyosati; 
    d) valyuta va depozit siyosatlarini keltirish maqsadga muvofiq. 
    Markaziy bank banklarning banki sifatida mamlakatdagi barcha kredit 
    muassasalariga litsenziya beradi va ularni qaytarib oladi, shuningdek, tegishli 
    iqtisodiy me’yorlar asosida kredit muassasalari faoliyatini tartibga solib, ularning 
    ustidan tegishli nazoratni amalga oshiradi. 
    Markaziy bank hukumatning banki funksiyasini bajarishda asosiy e’tibor 
    hukumatning oltin va valyuta zahiralarini saqlash va ularni tasarruf qilish, 
    shuningdek, davlat byudjeti taqchilligini qoplash maqsadida tegishli moliyaviy 
    yordamni (kredit) berishga qaratiladi. 
    Iqtisodiy normativlar - Markaziy bank tomonidan belgilanadigan pul 
    aylanmasini boshqarish va bank faoliyatini tartibga solish uchun normativlardir. 
    Masalan, ularga majburiy zaxira me’yori, likvidlik koeffitsenti, kapitalning 
    yetarliligi va boshqalar kiradi. 
    Millatlararo markaziy banklar ham mavjud bo’lib bunga Yevropa markaziy 
    bankini misol qilib keltirish mumkin.Yevropa markaziy banki - yevro hududining 
    markaziy banki hisoblanadi. 1998 yil 1 iyunda tashkil topgan. Uning shtab-


    154 
    kvartirasi (qarorgoxi) Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida joylashgan. Uning 
    boshqaruv organi tarkibiga Yevropa ittifoqiga a’zo bo’lgan barcha davlatlarning 
    vakillari kiradi. Bank Yevropa ittifoqining boshqa organlaridan butunlay mustaqil. 
    Kapital tashkil etish shakliga ko’ra markaziy banklar quyidagilarga bo’linadi: 
    davlat, aksioner, aralash. 
    Davlat markaziy banklarida kapital davlat hisobidan shakllantirilgan (masalan, bank 
    tashkil etilgan paytida, Germaniya federal banki kabi, yoki Buyuk Britaniya va 
    Fransiya Markaziy banki kabi, davlat, mavjud bo’lgan tijorat bankni 
    milliylashtirganidan keyin). 

    Download 4,02 Mb.
    1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   147




    Download 4,02 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Markaziy bankning pul - kredit munosabatlarini tartibga solish

    Download 4,02 Mb.
    Pdf ko'rish