• Tayanch so’z iboralar
  • - Mavzu: Markaziy banklarning vazifalari




    Download 4,02 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet122/147
    Sana24.01.2024
    Hajmi4,02 Mb.
    #144566
    1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   147
    Bog'liq
    Учк.stt. Toplam Pul va banklar 2023 2

    18- Mavzu: Markaziy banklarning vazifalari 
    Reja: 


    152 
    1. Markaziy banki faoliyatining asoslari 
    2.Markaziy banki maqsadi va vazifalari.
    3.Markaziy bankning ochiq bozordagi siyosati 
    Tayanch so’z iboralar:
    bank, Markaziy bank, banknotalar emissiyasi, 
    hukumat banki. 
    Markaziy bank - kredit tizimining bosh banki bo’lib, mamlakatda pul-kredit 
    siyosatini, emissiya jarayonlarini olib boradi. Birinchi markaziy banklar bundan 
    qariyib uch yuz yil oldin tijorat banklarining rivojlanishi natijasida vujudga kelgan. 
    Bular 1668 yilda tashkil bo’lgan Shved Riks Jiro banki, 1694 yilda tashkil qilingan 
    Angliya banklaridir.Yevropa mamlakatlarida Markaziy banklar ancha kechroq, 
    asosan XVIII asrningikkinchi yarmidan boshlab faoliyat ko’rsata boshlagan. 
    AQShda Markaziy bank funksiyasini 12 federal rezerv bankidan iborat federal 
    rezerv tizimi bajaradi. 
    O’zbekistonRespublikasi Markaziy banki 1992 yilning sentyabr oyidan sobiq 
    SSSR davlat bankining Respublika bo’limi zaminida paydo bo’lgan. 
    Jahon amaliyotida Markaziy banklar vujudga kelishining ikki asosiy yo’li mavjud: 
    Birinchi yo’l - uzoq davr mobaynida tijorat banklarining rivojlanishi natijasida 
    ularni Markaziy bankka aylanishi. Shu holat 1844 yilda Angliyada, 1848 yilda 
    Fransiyada, 1874 yil Ispaniyada, 1875 yilda Germaniyada (Reyxsbank), 1893 yilda 
    Italiya Markaziy banklari tashkil bo’lishi bilan bog’liq. 
    Ikkinchi yo’l - bir yo’la Markaziy bank - emission markaz sifatida tashkil qilingan 
    banklar. Bunday banklarga AQShning federal banklari, 1913 yildan tashkil etila 
    boshlangan Lotin Amerikasi mamlakatlari banklari, Avstriya Markaziy banki va 
    boshqalarni kiritish mumkin. 
    Markaziy bank iqtisodiyotni boshqarishda va bank tizimini nazorat qilishda muhim 
    ro’l o’ynaydi. Shuning uchun ham uning faoliyati uning Ustaviga nisbatan yuqori 
    kuchga ega bo’lgan qonun bilan tartibga solinadi. Markaziy bank alohida statusga 
    ega bo’lgani holda butun bank tizimini, davlat organlarini nazorat qilib uning 
    faoliyati, vazifalari va yuklatilgan majburiyatlar uni tijorat faoliyati chegarasidan 
    chiqadi. 

    Download 4,02 Mb.
    1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   147




    Download 4,02 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    - Mavzu: Markaziy banklarning vazifalari

    Download 4,02 Mb.
    Pdf ko'rish