• Masalaning qo‘yilishi
  • Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazi




    Download 26,13 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet208/593
    Sana27.05.2024
    Hajmi26,13 Mb.
    #254636
    1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   593
    Bog'liq
    01 YANGI O‘ZBEKISTON

     


    67 
    BOSh ILMIY-METODIK MARKAZ 
    2-amaliy mashg‘ulot: Multimedia va infografika asosida interaktiv didaktik 
    maeriallar yaratish va bulut xizmatlarida saqlash 
    Ishdan maqsad: 
    pedagogik faoliyatda bulutli xizmatlardan (Google, H5P, 
    Canva, figma) foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan bo‘lib, 
    quyidagi topshiriqlarni o‘z ichiga oladi: bulutli xizmatlardan foydalanib infografika, 
    videoma’ruza va multimedia vositalarini o‘z ichiga qamrab olgan interaktiv 
    taqdimot yaratish, animatsiya effektlarini o‘rnatish, giperhavolalar yordamida 
    taqdimot namoyishini boshqarish kabi amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishdan 
    iborat. 
    Masalaning qo‘yilishi:

    Infografika va axborot dizayni tushunchasi bilan tanish; 

    Infografika yaratish texnologiyasi bilan tanish; 

    Bulutli xizmatlar imkoniyatlari bilan tanish; 

    Interaktiv taqdimot yaratish, animatsiya effektlarini o‘rnatish, giperhavolalar 
    yordamida taqdimot yaratish. 
     
    Ishni bajarish uchun ko ‘rsatmalar 
    Infografika va axborot dizayni tushunchasi 
    Ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan multimedia didaktik vositalarni shartli 
    ravishda axborot (taqdimot) va interaktiv turga bo‘lish mumkin. Axborot yoki 
    taqdimot, didaktik o‘quv vositalari o‘quv materialini yanada samarali va vizual 
    ravishda namoyish etish uchun mo‘ljallangan. Odatda bu kabi o‘quv vositalari 
    multimedia taqdimoti bo‘lib, u ma’ruza mashg‘ulotini tashkil etish va o‘tkazishda 
    qo‘llaniladi. 
    Taqdimotning har bir slaydi – ma’ruza uchun didaktik materiallar o‘quv 
    materialining mazmunini tanlashning umumiy didaktik tamoyillariga muvofiq 
    tayyorlanadi. Bundan tashqari, ma’lumotni ekran orqali va bosma asosda idrok 
    etishning psixologik xususiyatlari, ergonomik talablarni hisobga olish lozim. 
    Boshqa tomondan, raqamli texnologiyalarining dasturiy vositalari taqdim etayotgan 
    imkoniyatlardan maksimal darajada foydalanish maqsadga muvofiqdir. 
    Infografika ta’limning ajralmas qismiga aylangan davrni aniqlash qiyin, ammo 
    uning kelib chiqish yo‘lini ishonchli tarzda kuzatib borish mumkin: diagrammalar, 
    chizmalar va jadvallarni illustrasiyalar uchun ishlatishga birinchi urinishlar XIX 
    asrning oxirlarida dunyoning turli mamlakatlarida gazeta va jurnallarda amalga 
    oshirilgan. 
    Uning asosiy afzalliklaridan biri bu uning ko‘p qirraliligidadir – deyarli har 
    qanday ma’lumot rangli grafik yoki interaktiv jadval ko‘rinishida taqdim etilishi 
    mumkin. Insonlar ma’lumotlarni tasvirlarda eslashadi va shuning uchun nafaqat 
    sodda va qulay shaklda, balki jozibali shaklda ham taqdim etilgan ma’lumotlarni 
    ancha yaxshi yodlashadi. Shuning uchun ham o‘qitishda har xil infografikadan 



    Download 26,13 Mb.
    1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   593




    Download 26,13 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazi

    Download 26,13 Mb.
    Pdf ko'rish