|
Kredit modul tizimi va o‘quv jarayonini tashkil etish Pdf ko'rish
|
bet | 209/593 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 26,13 Mb. | | #254636 |
Bog'liq 01 YANGI O‘ZBEKISTON68
Kredit modul tizimi va o‘quv jarayonini tashkil etish
foydalanish o‘quv kursini o‘zlashtirishni ancha soddalashtiradi.
Faoliyat tamoyiliga ko‘ra, tinlovchilar infografikaga oid ijodiy topshiriqlarni
bajarish jarayonida bilimlarini mustahkamlash va tahlil qilishni, uni tasvirlash
uchun turli dasturiy vositalardan foydalanishni o‘rganadilar. Bularning barchasi
tinglovchilarning ijodiy tafakkurini rivojlantiradi.
Ta’lim infografikasidan foydalanishning eng muhim tamoyili ko‘rgazmalilik
tamoyilidir. Ko‘rgazmalilik tizimli diagrammalar va vizual tasvirlarni ishlashga
asoslangan vizual fikrlashni rivojlantirishga yordam beradi.
Zamonaviy infografikaning asoschilaridan biri Edvard R. Tufte bo‘lib, u
konsepsiyani hamda infografikaning ajoyib to‘plamini yaratdi. Uning asarlaridagi
illustrasiya elementlariga kompyuter yordamida yaratiladigan tasvirlar, xaritalar,
gravyuralar, fotosuratlar, shuningdek, bu illustrasiyalarda foydalanuvchiga ta’sir
ko‘rsatishdan oldin ham, keyin ham qiyosiy o‘zgarishlarni ko‘rsatuvchi ob’ektlar
kiradi. Ta’limda infografikadan foydalanishni nazariiy ma’lumotlarni anglashning
samarali usuli ekanligini aynan Tufte tadqiq etgan.
Matnni chizmaga aylantirishda o‘quvchi yozilganlarni tushunadi va yaxshi
idrok etadi. “Vizual fikrlash” atamasi vizual tasvirlar xotirada uzoq vaqt saqlanib
qolishi sababli vujudga keldi.
Infografika – bu axborot dizayni shakllaridan biridir.
Axborot dizayni
– bu ergonomikani, funksionallikni, insonning axborotni
idrok etishining psixologik mezonlarini, axborotni taqdim etishning vizual shakllari
estetikasini va boshqa omillarni hisobga olgan dizaynning bir sohasi hisoblanib,
badiiy-texnik dizayn va turli xil ma’lumotlarni taqdim etish amaliyotidir.
Axborot dizaynining maqsadi – aloqa aniqligi, ya’ni xabar nafaqat jo‘natuvchi
tomonidan aniq yetkazilishi, balki uni qabul qiluvchi tomonidan to‘g‘ri
tushunilishini ta’minlashdan iborat.
|
| |