69
BOSh ILMIY-METODIK MARKAZ
foydalangan holda yuqori sifatli zamonaviy darsliklar yaratishdir. Bunday o‘quv
materiallarini talabalarga
yetkazib beruvchi diagrammalar, grafiklar va
illustrasiyalardan foydalanmasdan turib taqdim etib bo‘lmaydi.
Raqamli ta’lim resurslarining joriy etilishi
talabalar va professor-
o‘qituvchilarga turli xil o‘quv materiallaridan qulay tarzda foydalanish imkoniyatini
beradi. Oliy ta’lim muassasalari o‘z navbatida kutubxona fondlarini elektron
kitoblar bilan to‘ldiradilar. Turdosh oliy ta’lim muassasalari elektron platformalarini
birlashtiradilar, bu yerda ular bir-birlari bilan ta’lim resurslarini
erkin almashish
imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Internet texnologiyalari inson faoliyatining deyarli barcha sohalarida, shu
jumladan ta’lim sohasida muhim o‘rin egallaydi. Zamonaviy texnik vositalarning
xususiyatlari deyarli har kuni o‘zgarib va takomillashib bormoqda.
Shu sababli
ta’lim muassasalari zamonaviy kompyuterlarning yuqori suratlarda rivojlanishiga
mos ravishda
texnik bazasini yangilab, ta’lim jarayonini kompyuter
texnologiyasidagi so‘nggi yangiliklar va ularning dasturiy ta’minoti bilan ta’minlay
olmaydi.