70
Kredit modul tizimi va o‘quv jarayonini tashkil etish
4.1-rasm. Bulutli texnologiyalar (Cloud Computing - bulutli hisoblash) –
ma’lumotlarni qayta ishlash va saqlash vositalaridan masofadan
foydalanishni o‘z ichiga olgan yangi xizmatdir.
Ta’lim jarayonida bulutli texnologiyalarga misol sifatida elektron kundaliklar
va jurnallar, o‘qituvchilar elektron portfoliosi va talabalarning shaxsiy kabinetlari,
interfaol
qabulxona, tematik forumlar, axborot qidirish
va boshqalarni keltirish
mumkin. Buning uchun quyidagilardan foydalanish mumkin:
-
operatsion tizimlar;
-
elektron darsliklar va trenajerlar;
-
diagnostika, test va o‘qitish tizimlari;
-
amaliy va instrumental dasturiy vositalar;
-
multimedia texnologiyalari va laboratoriya majmualari;
-
telekommunikatsiya tizimlari (elektron pochta, telekonferensiyalar);
-
elektron kutubxonalar va boshqalar.
Zamonaviy ta’lim jarayonida bulutli texnologiyalarning qo‘llashning didaktik
imkoniyatlari quyidagilardan iborat:
-
o‘qituvchilar va talabalar jamoasining birgalikdagi
ishlashini tashkil etish
imkoniyati;
-
o‘qituvchilar va talabalar uchun har xil turdagi va maqsadli hujjatlarni
almashish va
tahrirlash imkoniyati;
-
interaktiv darslar va jamoaviy o‘qitishni tashkil etish;
-
“auditoriya hajmi” va “mashg‘ulotlar uchun vaqt” kabi cheklovlardan xoli
ravishda talabalar tomonidan mustaqil ishlar, shu jumladan
jamoaviy loyihalarni
bajarilishi;
-
geografik joylashuvidan qat’i nazar hamkorlikda ishlash;
-
ma’lum fan sohalari bo‘yicha vebga yo‘naltirilgan ta’lim (o‘qish, virtual