20
Bunday tizimlarni yaratishda ishchi guruhlar uchun mо‘ljallangan ma’lumotlar
bazalari serverlaridan foydalaniladi (SQL-serverlar). SQL-serverlarning yetarlicha
turlari mavjud: tijorat va erkin. Bulardan eng taniqlilari Oracle, DB2, Microsoft SQL
Server, InterBase, Sybase, Informix.
Ma’lumotlar bazasi serveri – kompyuter tarmoq tugunidagi maxsus dasturiy
ta’minotdir (dastur). U korporativ tarmoqdagi sо‘rovlarni qabul qilish va qayta
ishlashga mо‘ljallangan. Aniq resursni boshqaruvchi kompyuter shu resursningt
serveri deb ataladi. Ushbu kompyuterdan foydalanuvchi - mijozdir.
Korporativ axborot tizimlari ishchi guruhlar uchun mо‘ljallangan axborot
tizimlarining rivojlangan kо‘rinishi bо‘lib, yirik kompaniyalarning foydalanishiga
yо‘naltirilgan va maydon jihatidan katta tarmoqni tashkil etishi mumkin. Ular asosan
bir nechta sathlardan iborat iyerarxik strukturaga ega bо‘lishadi. Bunday tizimlar
maxsus serverli mijoz-server yoki kо‘p sathli arxitekturali tizimlar toifasiga kiradi.
Bunday tizimlarni qurishda ma’lumotlar bazalari serverlaridan foydalaniladi.
Odatda yirik axborot tizimlarida ushbu serverlar kо‘p tarqalgan: Oracle, DB2 i
Microsoft SQL Server.
Global AT davlat yoki qit’a maydonini qamrab oladi. Ushbu ATga Internet
global tarmog‘i misol bо‘ladi.
Darajasi yoki faoliyat doirasiga kо‘ra – davlatlar, maydonlar (mintaqaviy),
sohalar, birlashmalar, korxonalar yoki uyushmalar, texnologik jarayonlarga
bо‘linadi.
Davlat axborot tizimlari davlat menedjerlari tomonidan mamlakatning
iqtisodiy muammolarini yechishda qaror qabul qilishga mо‘ljallangan. Ular
kompyuter majmualari, kompyuter axborot tizimlari va iqtisodiy-matematik
usullarini modellashtirishni qо‘llash asosida yaratiladi.
Korxonani boshqarish axborot tizimlari (korporativ) - korxonaning ishlab
chiqarish xо‘jalik faoliyatini boshqarishda qarorlarni qо‘llash uchun qо‘llaniladi.