17
Har bir katakdagi tо‘g‘ri javob 5 ball yoki 1-5 balgacha baholanishi mumkin.
“Insert” metodi
Metodni amalga oshirish tartibi:
о‘qituvchi mashg‘ulotga qadar mavzuning asosiy tushunchalari
mazmuni
yoritilgan matnni tarqatma yoki taqdimot kо‘rinishida tayyorlaydi;
yangi mavzu mohiyatini yorituvchi matn ta’lim oluvchilarga tarqatiladi
yoki taqdimot kо‘rinishida namoyish etiladi;
ta’lim oluvchilar individual tarzda matn bilan tanishib chiqib, о‘z shaxsiy
qarashlarini maxsus belgilar orqali ifodalaydilar. Matn bilan ishlashda talabalar yoki
qatnashchilarga quyidagi maxsus belgilardan foydalanish tavsiya etiladi:
Belgilar
Matn
“V” – tanish ma’lumot.
“?” – mazkur ma’lumotni tushunmadim, izoh kerak.
“+” bu ma’lumot men uchun yangilik.
“– ” bu fikr yoki mazkur ma’lumotga qarshiman?
Belgilangan
vaqt yakunlangach, ta’lim oluvchilar uchun notanish va
tushunarsiz bо‘lgan ma’lumotlar о‘qituvchi
tomonidan tahlil qilinib, izohlanadi,
ularning mohiyati tо‘liq yoritiladi. Savollarga javob beriladi va mashg‘ulot
yakunlanadi.