44
2.3-rasm. Data Matrix, QR kodlar kо‘rinishi
Bevosita Internet tarmoqlariga ulangan obektlar uchun an’anaviy identifikator
tarmoq adapterining MAC manzili bо‘lib, u sizga ulanish darajasida qurilmani
aniqlash
imkonini beradi, shu bilan birga mavjud manzillar diapazoni deyarli
tugamaydi (MAC-48 da 2
48
manzil). Bunday
qurilmalar uchun kengroq
identifikatsiya qilish imkoniyatlari IPv6 protokoli bilan ta’minlanadi, u Yer
aholisiga kamida 300 million qurilmani unikal tarmoq
qatlami manzillari bilan
ta’minlaydi.
2.4-rasm.
О‘lchash vositalari
О‘lchash vositalari
.
О‘lchash vositalari tashqi muhit haqidagi ma’lumotlarni
mashina о‘qiy oladigan ma’lumotlarga aylantirishni ta’minlovchi va shu orqali
hisoblash muhitini mazmunli ma’lumotlar bilan tо‘ldirishni ta’minlovchi
45
“Buyumlar Interneti”da alohida о‘rin tutadi. Elementar datchiklardan (masalan,
harorat, bosim, yorug‘lik), iste’molni о‘lchash asboblaridan (masalan,
aqlli
hisoblagichlar) murakkab integratsiyalashgan о‘lchash tizimlarigacha bо‘lgan keng
turdagi о‘lchov asboblari qо‘llanadi. “Buyumlar interneti” konsepsiyasi doirasida
о‘lchash vositalarini tarmoqda (masalan,
simsiz sensor tarmoqlari, о‘lchash
komplekslari) birlashtirish muhim ahamiyatga ega, buning
natijasida mashinadan
mashinaga о‘zaro taʼsir qilish tizimlarini qurish mumkin.