39
qilishga imkon beradi.
Sanoat robotlari qiymatini (bahosini) pasaytirish ularni qо‘llashdan iqtisodiy
samaradorlikka erishish imkonini yaratadi va odamlar amalda qanday qilib
mexanizmlar avtomatik rejimda inson ishtirokisiz mahsulot ishlab chiqarishini
kuzatib turishiga tо‘g‘ri keladi, xolos. Germaniyada hattoki Industry 4.0 atamasi
ham paydo bо‘lgan bо‘lib, u avtomatlar ishlab chiqarish jarayoni doirasida о‘zaro
aloqa qiladigan tо‘liq avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish
va logistika tarmoqlari
tuzishni kо‘zda tutadi. Robototexnika, buyumlar Interneti, sun’iy intellekt va 3D
bosmaning uyg‘unlashuvi hozirgi paytda krossovkadan tortib avtomobillargacha
bо‘lgan mahsulot ishlab chiqarish bо‘yicha tо‘liq mexanizasiyalashgan fabrikalar
qurishga imkon bermoqda.
Buyumlar interneti virtual dunyoni real dunyo bilan birlashtirishga imkon
beradi, sun’iy intellekt esa buyumlar Internetidan olingan juda katta hajmdagi
ma’lumotlar tо‘plamlari asosida xulosalar va qarorlar shakllantirishi mumkin.
Tо‘ldirilgan va virtual reallik yangi dunyoni inson kо‘ziga kо‘rinadigan qilib
qо‘yadi. Robototexnika va 3D-bosma esa kо‘plab
muntazam bajariladigan
operatsiyalarni avtomatlashtirishga imkon beradi. Hozirgi paytda biz insoniyat va
jamiyat hayotining texnologiyalar bilan boyishining yanada kuchayishiga jonli
guvoh bо‘lib turibmiz.
2.2-rasm. Industry 4.0 vositalari
Informatsion va telekommunikatsion texnologiyalar nafaqat zamonaviy
insonning yashash tarzi bо‘lib qoldi, balki, u zamonaviy biznes jarayonlarni tashkil
qilish uchun zaruruiy bо‘lgan texnologik platforma ham bо‘lib qoldi.
Smartfonlarning faol rivojlanishi, gadjetlar uchun (layfflogging tizimlari va
devayslar) mobil ilovalar hosil bо‘lishi hozirning о‘zidayoq inson hayotining turli
jihatlarini tezkor kuzatish, belgilash, fiksatsiya qilish va saqlashga imkon beradi.
Bular
doimiy kontaktlar ruyhati, ish funksiyalarining ketma-ket bajarilishi, bank
transaksiyalarini bajarish, oxirgi haridlar haqidagi ma’lumotlardan boshlab to
insonning fizik va emotsional holatigacha bо‘lishi mumkin.
Yangi information texnologiyalar ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash, agregatsiya
qilish va yig‘ilgan ma’lumotlarni almashinishni insonning minimal ishtirokida
amalga oshirishga imkon beradilar. Shuning uchun ham ushbu texnologiyalar
40
tо‘rtinchi sanoat inqilobining drayverlari bо‘lib hisoblanadilar. Ushbu inqilob
masalalariga bag‘ishlangan Davos jahon halqaro iqtisodiy forumida muhokama
qilingan texnologiyalardan biri buyumlar interneti konsepsiyasi bо‘lib, forumda bu
bilan bog‘liq bо‘lgan masala va muammolar hamda bu texnologiyaning zamonaviy
jamiyat
iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy landshaftiga ta’siri muhokama qilindi. Bu
konsetsiya nafaqat material dunyo predmetlarini ular orasida ma’lumot almashinish
uchun internet vositasida birlashtira oladi, balki insonlarning yashash va ish
joylarida о‘zlarini qanday tutishlari haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilishga ham
imkon beradi. Davosdagi forum tomonidan tayyorlangan tahlilga kо‘ra, buyumlar
interneti mobil internet, Big Data, tiklanadigan energiya manba’lari bilan bog‘liq
yangi materiallar va texnologiyalar, kraudsorsing, peer-to-peer platformalar hamda
bulutli texnologiyalar bilan bir qatorda tо‘rtinchi sanoat revolyusiyasining top-5
texnologik drayverlaridan biri bо‘lib hisoblanadi.
Avvalroq buyumlar internet Gartner (Gartner’s 2015 Hype Cycle for
Emerging Technologies) ilmiy tadqiqit kompaniyasi tomonidan ikki ming
texnologiyalar
orasidagi eng kerakli, mijozlar bilan juda yaxshi teskari aloqani
amalga oshirib beradigan, mahsulot va hizmatlarning sifatini yaxshilay oladigan
texnologiya sifatida aytib о‘tigan edi. Ammo shuni ham aytib о‘tish kerakki, IoT
konsepsiyasi oldin ham ba’zi bir texnologik loyihalar (aqlli uy, shahar transportini
boshqarishning avtonov tizimlari, zaridlarning individual datchiklari, insonlarning
fizik xolatini kuzatib boradigan ilovalar) amalga oshirilganida bir predmetlarni
boshqalari bilan ulash vositasi sifatida amalda qо‘llanilar edi. Qandaydir muddat
davomida bunday loyihalar turli yо‘nalishlarda (shahar boshqaruvida, sog‘liqni
saqlashda, ta’limda, tijoratda) parallel ravishda rivojlangan edilar. Ammo
infratuzilmalarning yetarli darajada rivojlanmaganligi va tarmoqlarning quvvati
yetarli emasligi ularni birlashtirishga va ma’lumotlarni
inson ishtirokisiz bir
qurilmadan boshqasiga uzatishga imkon bermadi. О‘z-о‘zini moslashtiruvchi
tarmoqlar va bio algoritmlardan foydalanuvchi IoT konsepsiyasining amalga
oshirilishi trillionlab mijozlar bazasi bо‘lgan tarmoqlararo ma’lumot almashinish
imkonini berdi.
Atrof-muhitdagi buyumlarni birlashtirish bо‘yicha IoT imkoniyatlari
kо‘lamini kо‘rsatish uchun quyidagi ma’lumotlarni keltiramiz: Halqaro simsiz aloqa
ilmiy forumi bashoratlariga kо‘ra, 2020 yilgacha bitta tarmoqqa ulanadigan
buyumlar soni yetti tirillionga yetishi mumkin ekan. Cisco kompaniyasi esa joriy
о‘n yillikda internetga ulanadigan qurilmalarning sonini pul kо‘rinishida $14,4
trillion dollar deb baholadi. Bu kompaniyaning ma’lumotlariga kо‘ra, hozircha
jahondagi 99% fizik qurilmalar hozircha
bir-biri bilan ulangan emas, ammo, bu
biznesning rivojlanishi va о‘sishi uchun juda katta imkoniyatlar yaratadi. Bularning
barchasi kelajakda buyumlar interneti iqtosodiyotining paydo bо‘lishiga olib keladi.
Buyumlar soni 3-5 ming dona deb hisoblanadi va bu kelajakda 50 trillion
buyumlarni bir informatsion tarmoqqa ulanish mumkinligi istiqboliga olib keladi.
Shuning uchun ham bir qator ilmiy-tadqiqot kompanyalari va bir qancha
kо‘zga kо‘ringan olimlar buyumlar internetini tizimning yangi rivojlanish bosqichi
deb kо‘ra boshladilar, chunki bu insonlarni, jarayonlarni, ma’lumotlarni va
buyumarni birlashtirish orqali insoniyatga cheksiz imkoniyatlar eshigini ochib