Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazi




Download 26,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet549/593
Sana27.05.2024
Hajmi26,13 Mb.
#254636
1   ...   545   546   547   548   549   550   551   552   ...   593
Bog'liq
01 YANGI O‘ZBEKISTON

Procter &
Gamble
boshqaruvi uchun taqdimotda ishlab chiqilgan. 
Taqdimotda RFID (angl. Radio Frequency Identification - radio signallari 
yordamida ma’lumotlar о‘qiladigan yoki yoziladigan obyektlarni avtomatik 
identifikatsiyalash usuli) teglarini keng qamrovli tatbiq etish korporatsiyada 
ta’minot zanjirini boshqarish tizimini qanday о‘zgartirishi mumkinligi haqida sо‘z 


38 
yuritilgan. 
2004-yilda 
“Scientific American” jurnali “buyumlar interneti”ga 
bag‘ishlangan 
konsepsiyaning 
maishiy 
foydalanishdagi 
imkoniyatlarini 
kо‘rsatadigan keng maqola chop etdi: maqolada maishiy texnika (budilnik, 
konditsioner), uy tizimlari qanday ishlashini kо‘rsatadigan illyustratsiya berilgan. 
Unda (bog‘ sug‘orish tizimi, xavfsizlik tizimi, yoritish tizimi), sensorlar (termik, 
yorug‘lik va harakat sensorlari) va “buyumlar” (masalan, identifikatsiya yorlig‘i 
bilan ta’minlangan dorilar) aloqa tarmoqlari (infraqizil, simsiz, quvvat va boshqalar) 
orqali bir-biri bilan о‘zaro ta’sir qilishi (past kuchlanishli tarmoqlar) va 
jarayonlarning tо‘liq avtomatik bajarilishini ta’minlashi (qahva qaynatkichni 
yoqing, yoritishni о‘zgartiring, dori ichishni eslating, haroratni saqlang, bog‘ni 
sug‘oring, energiyani tejang va uning sarfini boshqaring) barchasi qamrab olingan 
edi. Uyni avtomatlashtirishning taqdim etilgan variantlari о‘z-о‘zidan yangi emas 
edi, ammo nashrda qurilmalar va “buyumlar”ni Internet protokollari tomonidan 
xizmat kо‘rsatadigan yagona kompyuter tarmog‘iga birlashtirishga urg‘u berildi va 
“buyumlar interneti”ni alohida jarayon sifatida kо‘rib chiqdi. Hozirda bu tushuncha 
keng ommalashmoqda. 
2008-yildan 2009-yilgacha bо‘lgan davrni Cisco tahlilchilari “buyumlar 
internetining haqiqiy tug‘ilishi” deb hisoblashadi, chunki ularning hisob-kitoblariga 
kо‘ra, aynan shu davrda global tarmoqqa ulangan qurilmalar soni aholi sonidan 
oshib ketgan. 
2009-yildan beri Yevropa Komissiyasi kо‘magida har yili Bryusselda 
“Internet of Things” konferensiyasi bо‘lib о‘tdi, unda Yevropa komissarlari va 
Yevroparlament deputatlari, Yevropa davlatlarining hukumat amaldorlari
kompaniyalar rahbarlari, SAP, SAS instituti, Telefónica kabi yirik universitetlar va 
tadqiqot laboratoriyalarining yetakchi olimlarining hisobotlari taqdim etiladi. 

Download 26,13 Mb.
1   ...   545   546   547   548   549   550   551   552   ...   593




Download 26,13 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazi

Download 26,13 Mb.
Pdf ko'rish