41
beradigan konsetsiya va bu bilan bog‘liq texnologiyalardir. Buyumlar internet
konsepsiyasiga о‘tishda tarmoq
geterogen
infratuzilma bо‘lib qoladi. Unda bio
algoritmlarning
ishlab
chiqarish
quvvati
an’anaviy
marshrutlashtirish
algoritmlaridan ancha kо‘p miqdorda bо‘lib, ular simsiz о‘z-о‘zidan moslashuvchi
sun’iy intellect tizimlarnini ancha mukammallashtirishga imkon beradi.
Keyingi yillarda buyumlar internetining alohida tarmoqlarning (sog‘liqni
saqlash, havfsizlik, shahar infratuzilmasi), biznes-modellarning tijoratlashtirishning
rivojlanishiga ta’siri ham kuchaydi. Keyingi paytlarda IoT texnologiyalarning
havfsizligini ta’minlashga katta ahamiyat qaratilmoqda, ammo bu ish muammoning
taxnologik va huquqiy tomonlari bilan chegaralanib qolmoqda. Bir qancha ilmiy
ishlarda esa buyumlar internetining ijtimoiy va ruhiy jihatlariga, shu jumladan,
jamiyat, tashkilot va insonga bо‘lgan ta’siriga ham e’tibor qaratilmoqda. IoT
texnologiyasining tarafdorlari va faol ishlatuvchilari uning rivojlanishiga
exnooptimizm nuqtai-nazaridan yondoshadilar va bu texnologiya ta’sirida inson
imkoniyatlari cheksiz ravishda kengayishiga astoydil ishonadilar.
Haqiqatan ham mashinaviy texnologiyalar va inson imkoniyatlarining
birlashishi insoniyat rivojlanishi hamda uning salohiyoti oshishi uchun yangidan-
yangi imkoniyatlar yaratadi. Bu soha bо‘yicha kо‘zga kо‘ringan mutaxassis D.
Rouzning aytishicha, texnologiyalar vositasida о‘zgartirilgan obyekt nafaqat yangi
kuchga ega bо‘ladi va о‘zining qо‘llanilish imkoniyatlarini oshiradi, balki
hayotimizni yanada tо‘liq qiladi. Demak, IoT hayotimizga shunchalik chuqur kirib
boradiki, inson uning borligini ba’zida sezmay ham qoladi, bu esa hayotimizni
yanada qulay qilishga olib keladi. Ammo buyumlar internet hayotimizni qulay va
tо‘liqroq qilish bilan birgalikda atrof-muhitdagi narsa va predmetlar aktiv agentlarga
aylanib qolib, turli xildagi hayotiy xolatlarda inson о‘rniga qarorlar qabul qilishni
boshlaydilar. Bu esa bir qancha noqulayiklar ham tug‘dirishi mumkin albatta.
Insoniy va mashinaviy fikrlashning asta-sekin bir-biriga yaqinlashishi va bir-
birining о‘rnini bosa boshlashi inson hayotining yagonalig, qaytarilmasligi va
konfidensialligiga tajovuz qilgan holda ijtimoiy muammolar ning kuchayishga olib
keladi. Insonlar orasidagi yaqin aloqalar asta-sekin yoqola boshlaydi, ba’zi bir guruh
insonlar exklyuziy shaxslar sifatida hayotdan о‘rin ola boshlaydi va shu tufayli
jamiyat hayotida keskin qarama-qarshiliklar paydo bо‘ladi. Bunday holatdan
marketologlar maqsadli segmentlar bilan muloqot qilishda va yangi marketing
strategiyasi yaratishda unumli foydalanishlari mumkin. Buyumlar internetining
zamonaviy inson identikligini ta’minlash tо‘g‘risida fikrlaganda, ijod masalasini
ham alohida kо‘rsatish talab etiladi. Buyumlar interneti iqtisodiyoti sharoitlarida
inson faoliyatini standartlashtirish, uning faoliyatini modellashtirish kuchayib
boraveradi. Ammo endi bu amal insonlar tomonidan emas, balki, biomashinalar va
algoritmlar tomonidan amalga oshiriladi. Bunday sharoitlarda insoniy ijod va
kreativlikka о‘rin qoladimi yoki yо‘qmi – buni kelajak hal qiladi. IoT konsepsiyasini
va bu bilan bog‘liq bо‘lgan texnologiyalarni tadbiq qilish kо‘pchilik kompaniya va
tashkilotlar uchun misli kо‘rilmagan imkoniyatlar yaratib beradi hamda ulardagi
boshqaruv funksiyalarini, faoliyatni tashkil qilishni va joriy faoliyatni tubdan
о‘zgarib yuboradi.
Buyumlar internetini о‘z faoliyatiga tadbiq qilgan global kompaniyalar
42
tajribasi ularda ishlab chiqarish samaradorligi keskin о‘sganligini kо‘rsatdi,
logistika, marketing, administrative jarayonlarga bо‘lgan harajatlarni esa keskin
kamaytirish imkoniyatini berib, yangi turdagi korxonalar tashkil qilishga imkon
bermoqda (4.0 Industriya). Lekin bunday turdagi texnologik yechimlarni amalga
oshirish odammashina muloqotining va ijtimoiy muloqotning yangi turlarini
topishni talab qiladi. Masalan, Airbus kompaniyasi jihozlarni, robotlarni va
mashinalarni bir butun IoT tarmog‘iga birlashtirib, kompaniya tashkilotlariga
maksimal avtonom rejimda ishlash, samolyotlar yig‘ishning sifatini oshirish va
barcha operatsiyalarni real vaqt rejimida kuzatish imkonini berdi. Ammo bu ishning
amalga oshirilishi insonlar va mashinalarni qо‘shimcha va virtual reallik uskunalari
vositasida ulash bilan bog‘liq bо‘lgan katta harajatlarga olib keldi. Boshqa
tomondan, buyumlar internet konsepsiyasining rivojlanishi regional va global
miqyosda mehnat bozorining transformatsiyasiga olib keladi. Chunki bunda yangi
turdagi hizmatchilarga bо‘lgan talab ortadi hamda jamiyatdagi bir qancha
professional, tashkiliy, protsessual va ijtimoiy muammolarni hal qilish zarur bо‘ladi.
Shuning uchun ham IoT rivojlanishiga qarshi bо‘lganlar ish joylarining
qisqarishini, ishsizlar soni kо‘payishini, ba’zi kasblarning yо‘qolib ketishini va
ijtimoiy tengsizlik kuchayichini asosiy sabablar tariqasida keltiradilar. Buyumlar
internetining jamiyat hayotiga bо‘lgan ta’sirini quyidagi raqamlardan ham yaqqol
kо‘rib chiqish mumkin: IoT konsepsiyasining informatsion va telekommunikatsion
sohaga ta’siri 33%, professional hizmatlarga ta’siri 15%, mediaindustriyaga va oyin-
kulgi industriyasiga ta’siri 14%, iste’mol sektoriga ta’siri esa 14% bо‘lar ekan. Eng
kam ta’sir esa energetikaga bо‘lishi (4%) ham bashorat qilingan.
Buyumlar internetining eng ijobiy ta’siri arxitektura va dizaynga, eng salbiy
ta’siri esa sotuv menejerlariga, ofis menejerlarga va administrativ sohaga bо‘lishi
kutilayapti. Ammo bunda yana bir qancha savollar paydo bо‘ladi – ta’lim tizimi bu
sohadagi malakali mutahassislarni tayyorlashga qodirmi, ishdan bо‘shagan kadrlarni
nima qilish kerak, ularni qanday qilib qayta tayyorlash mumkin, kadrlar tayyorlash
va qayta tayyorlash dasturlari qanday bо‘lishi lozim. IoT korxona va tashkilotlarning
ma’lumot yig‘ish, tahlil qilish va saqlash kabi ishlariga ketadigan harajatlarni ancha
kamaytiradi, chunki barcha ma’lumotlar datchiklar yordamida yig‘iladi, qayta
ishlanadi va foydalanuvchiga yetkaziladi. Tashkilotni boshqarish tizimida IoT
nazorat samaradorligini oshiradi: barcha ma’lumotlar smartfon qurilmalari va
gadjetlari vositasida barcha ishchi-hizmatchilarga tezkor yetkaziladi. Ammo bunda
boshqa bir savol ham paydo bо‘ladi – bunday total nazorat sharoitida hodimlar
uchun ishlash qanchalik qulay bо‘ladi.
Bunday sharoit hodimlarga bо‘lgan ruhiy bosim kompaniya va ishchilar
orasidagi о‘zaro ishonchning yo‘qolishiga, befarqlikning о‘sishiga, mehnat
munosabatlarida
tushunmovchilklarga
va
shaxslararo
munosabatlarning
chigallashiga olib kelishi mumkin. Bu nafaqat ofisda va ishlab chiqarishda
ishlaydiganlarga, balki virtual ish joylarida ishlovchilarga va frilanserlarga ham
tegishi bо‘lishi mumkin, chunki ular ham IoT tufayli nazorat ostiga tushib qoladilar.
Yana shuni ham ta’kidlash lozimki, buyumlar internetining rivojlanishi boshqa
turdagi texnologiyalar bilan birgalikda insonning о‘zini va dunyoqarashini ham
о‘zgartirishga olib keladi. Inson ishtirokisiz muloqot qiladigan, turli xildagi
|