91
Adabiyot va internet saytlar:
1.
PHYTON Dasturlash tili/Sh.A. Mengliyev, O.A. Abdug‘aniev, S.Q.
Shonazarov, D. Sh. To‘rayev/
Python_dasturlash_tili.pdf
2.
Python dasturlash tili imkoniyatlari | studfiles.uz
3-amaliy ish. Ma’lumotlarga parallel ishlov berish. OpenMP kutubxonosidan
foydalangan holda dastur yozish (4 soat)
Amaliy ishning maqsadi
– OpenMP kutubxonasi bilan ishlash bо‘yicha
bilim va kо‘nikmalarni yaxshilang. Parallelashtirishning zamonaviy instrumental
vositasi hisoblangan OpenMP kutubxonasi imkoniyatlarini о‘rganish va uning
yordamida parallel dasturlar tuzush kо‘nikmasini hosil qilish
Nazariy ma’lumotlar
OpenMP(Open Multi - Processing) - kо‘p oqimli ilovalarni yaratish uchun
mо‘ljallangan amaliy dasturlashning interfeysi bо‘lib, asosan umumiy xotiraga ega
bо‘lgan parallel hisoblash tizimlari uchun ishlab chiqilgan. OpenMP kompilyatorlar
va maxsus funksiyalar kutubxonasi uchun direktivalar tо‘plamidan iborat. OpenMP
standarti yaqin 15 yil ichida umumiy xotiraga ega arxitekturalarga qо‘llanilgan holda
yaratilgan. Sо‘nggi yillarda taqsimlangan xotirali parallel hisoblash tizimlari uchun
OpenMP standartining kengaytirilgan holda ishlab chiqilmoqda. 2005 - yilning
oxirida Intel kompaniyasi Cluster OpenMP mahsulotini taqdim etdi, unda
kengaytirilgan OpenMP ishlab chiqilgan bо‘lib taqsimlangan xotirali parallel
hisoblash tizimlari uchun mо‘ljallangan.
OpenMP spetsifikatsiyasini hisoblash va dasturlash texnikasi bо‘yicha bir
nechta yirik ishlab chiqaruvchi kompaniyalar (Intel, Hewlett-Packard, Silicon
Graphics, Sun, IBM, Fujitsu, Hitachi, Siemens, Bull) yaratishmoqda, ularni
OpenMP Architecture Review Board(ARB) deb nomlangan notijorat korxonasi
tomonidan boshqariladi.
OpenMP kо‘p oqimli ilovalarni tez va yengil yaratishni Fortran va C/C++
algoritmik tillarda amalga oshiradi. OpenMP ning birinchi versiyasi 1997 - yilda
Fortran tili uchun yaratilgan. C/C++ dasturlash tillari uchun esa 1998 - yilda
yaratilgan. 2008 - yilda esa OpenMP ning 3.0 versiyasi taqdim etildi.