88
math.log10(100)
SONLARNI YAXLITLASH
Sonlarni eng yaxlitlash uchun Pythonda maxsus round() funksiyasi mavjud.
Bunga qo'shimcha
ravishda, math moduli ichidagi ceil() funksiyasi yordamida
berilgan o'nlik sonni keyingi butun songa, floor() yordamida esa quyi butun songa
yaqinlashtirish mumkin:
x = 4.6
print(math.ceil(x))
print(math.floor(x))
Natija:
5
4
ILDIZ VA DARAJA
Berilgan sonning kvadrat ildizini hisoblash uchun sqrt(),
sonni darajaga
oshirish uchun esa pow() funksiyalariga murojat qilamiz:
x = 81
# Kvadrat ildiz
math.sqrt(x)
#
Darajaga oshirish
math.pow(x,3) # x ning kubi
math.pow(x,5) # x ning 5-darajasi
math.pow(x,1/3) # x dan kub ildiz
math
moduli tarkibida boshqa funksiyalar ham mavjud.
Yuqorida biz
ularning ba'zilari bilan tanishdik. Bu modul asosan butun va oʻnlik sonlar bilan
ishlashga moʻljallangan. Kompleks
sonlar bilan ishlash uchun
cmath
moduliga
murojat qilishingiz mumkin.