83
matnni qayta ishlash vositalari va Internet texnologiyalari, rasmlarni qayta ishlash,
dasturlarni yaratish vositalari, mа’lumotlar bazasiga kirish mexanizmlari, ilmiy
hisoblash uchun toʻplamlar, grafik interfeysni yaratish kutubxonalari va boshqalar.
Bundan tashqari, Python C, C ++ va Java tillari bilan integratsiyalashuv uchun juda
oddiy vositalarga ega. Python dasturlarida ushbu tillarda yozilgan kutubxonalardan
foydalanish imkoniyatini beradi.
Biz Python dasturiy mahsulotlarni (va ularning prototiplarini) yaratish uchun
butun texnologiya deb taxmin qilishimiz mumkin. Bu deyarli barcha zamonaviy
platformalarda (ikkala 32-bitli va 64-bitli) C kompilyatori
va Java platformasida
mavjud.
Koʻrinishidan, dasturiy tа’minot sanoatida C / C ++, Java, Visual Basic, C #
dan boshqa narsalarga oʻrin yoʻq. Biroq, unday emas. Ehtimol, ushbu boblar kursi
va amaliy mashg’ulotlar tufayli Python yangi izdoshlariga ega boʻladi, ular uchun
ular ajralmas vositaga aylanadi.
Tilni qanday tasvirlash kerak?
Ushbu oʻquv-uslubiy qoʻllanmada Pythonni muntazam ravishda tasvirlab
berishni moʻljallamaydi, buning uchun asl qoʻllanma mavjud. Bu erda tilni bir
vaqtning oʻzida bir necha jihatlar boʻyicha koʻrib chiqish taklif etiladi, bunga qat’iy
akademik yondoshuvdan koʻra haqiqiy dasturga tezroq kirishga imkon beradigan
misollar toʻplami orqali erishiladi.
Biroq, siz tilning tavsifiga toʻg’ri yondashishga e’tibor berishingiz kerak.
Dasturni yaratish har doim kompyter bilan aloqa boʻlib, unda dasturchi kompyuterga
oxirgi amallarni bajarish uchun zarur boʻlgan mа’lumotlarni uzatadi. Dasturchining
ushbu harakatlarini semantika deb atash mumkin. Ushbu mа’noni etkazish vositasi
dasturlash tilining sintaksisidir. Xoʻsh, interperatarorga uzatiladigan dastur kodlari
odatda pragmatizm deb ataladi. Dastur yozayotganda,
bu zanjirda hech qanday
nosozliklar boʻlmasligi juda muhimdir.
Sintaksis dasturlash tilining toʻliq rasmiylashtirilgan qism hisoblanadi, ifoda
Pragmatistlari til interperatarorining oʻzidir. Aynan u sintaksisga muvofiq yozilgan
“xabar” ni oʻqiydi va unga kiritilgan algoritmga muvofiq harakatga keltiradi.
Norasmiy komponent faqat semantikadir. Bu dasturni tuzishda eng murakkab
boʻlgan yolg’on mazmunni rasmiy tavsifga oʻtkazishdir. Python tilining sintaksisi
interperataror tomonidan dasturchini muammosini tushunishi uchun asosiy vositasi
hisoblandi.
Python tarixi. Python dasturlash tilini yaratilishi 1980-yil oxiri 1990-yil
boshlaridan boshlangan. Oʻsha paytlarda uncha taniqli bo`lmagan Gollandiyaning
CWI instituti xodimi Gvido van Rossum ABC tilini yaratilish proektida ishtirok
etgan edi. ABC tili Basic tili o`rniga talabalarga asosiy dasturlash konsepsiyalarini
o`rgatish uchun mo`ljallangan til edi. Bir kun Gvido bu ishlardan charchadi va 2
hafta davomida o`zining Macintoshida boshqa oddiy tilning interpretatorini yozdi,
bunda u albatta ABC tilining bа’zi bir gʻoyalarini oʻzlashtirdi. Shuningdek, Python
1980-1990-yillarda keng foydalanilgan Algol-68, C, C++, Modul3 ABC, SmallTalk
tillarining ko`plab xususiyatlarini oʻziga olgandi. Gvido van Rossum bu tilni internet
orqali tarqata boshladi. Bu paytda o`zining “Dasturlash tillarining qiyosiy taqrizi”
veb sahifasi bilan internetda to 1996-yilgacha Stiv Mayevskiy ismli kishi taniqli edi.
84
U ham Macintoshni yoqtirardi va bu narsa uni Gvido bilan yaqinlashtirdi. Oʻsha
paytlarda Gvido BBC ning “Monti Paytonning havo sirki” komediyasining muxlisi
edi va oʻzi yaratgan tilni Monti Payton nomiga Python deb atadi (ilon nomiga emas).
Til tezda ommalashdi. Bu dasturlash tiliga qiziqqan va tushunadigan
foydalanuvchilar soni koʻpaydi. Boshida bu juda oddiy til edi.
Shunchaki kichik
interpretator bir nechta funksiyalarga ega edi. 1991-yil birinchi OYD(Obyektga
Yoʻnaltirilgan Dasturlash) vositalari paydo boʻldi.
Bir qancha vaqt oʻtib Gvido Gollandiyadan Amerikaga koʻchib oʻtdi. Uni
CNRI korparatsiyasiga ishlashga taklif etishdi. U oʻsha yerda ishladi va korparatsiya
shugʻullanayotgan proektlarni Python tilida yozdi va boʻsh ish vaqtlarida tilni
interpretatorini rivojlantirib bordi. Bu 1990-yil Python 1.5.2 versiyasi paydo
boʻlguncha davom etdi. Gvidoning asosiy vaqti korparatsiyani proektlarini
yaratishga ketardi bu esa unga yoqmasdi. Chunki uning Python dasturlash tilini
rivojlantirishga vaqti qolmayotgandi. Shunda u oʻziga
tilni rivojlantirishga
imkoniyat yaratib bera oladigan homiy izladi va uni oʻsha paytlarda endi tashkil
etilgan BeOpen firmasi qoʻllab quvvatladi. U CNRI dan ketdi, lekin shartnomaga
binoan u Python 1.6 versiyasini chiqarib berishga majbur edi. BeOpen da esa u
Python 2.0 versiyani chiqardi. 2.0 versiyasi bu oldinga qoʻyilgan katta qadamlardan
edi. Bu versiyada eng asosiysi til va interpretatorni rivojlanish jarayoni ochiq
ravishda boʻldi.
Shunday qilib 1.0 versiyasi 1994-yil chiqarilgan boʻlsa, 2.0 versiyasi 2000-
yil, 3.0 versiyasi esa 2008-yil ishlab chiqarildi. Hozirgi vaqtda uchinchi versiyasi
keng qoʻllaniladi.
Python – bu oʻrganishga oson va shu bilan birga imkoniyatlari yuqori boʻlgan
oz sonlik zamonaviy dasturlash tillari qatoriga kiradi.
Python yuqori darajadagi
mа’lumotlar strukturasi va oddiy lekin samarador obyektga yoʻnaltirilgan dasturlash
uslublarini taqdim etadi.
Pythonning oʻziga xosligi. Oddiy, oʻrganishga oson, sodda sintaksisga ega,
dasturlashni boshlash uchun qulay, erkin va ochiq kodlik dasturiy tа’minot.
Dasturni yozish davomida quyi darajadagi detallarni, misol uchun xotirani
boshqarishni hisobga olish shart emas.
Koʻplab platformalarda hech qanday oʻzgartirishlarsiz ishlay oladi.
Interpretatsiya(Интерпретируемый) qilinadigan til.
Kengayishga (Расширяемый) moyil til. Agar dasturni biror joyini tezroq
ishlashini xoxlasak shu qismni C yoki C++ dasturlash
tillarida yozib keyin shu
qismni python kodi orqali ishga tushirsa(chaqirsa) boʻladi.
Juda ham koʻp xilma-xil kutubxonalarga ega.
xml/html fayllar bilan ishlash;
http soʻrovlari bilan ishlash;
GUI(grafik interfeys);
Web ssenariy tuzish;
FTP bilan ishlash;
Rasmli audio video fayllar bilan ishlash;
Robot texnikada;
85
Matematik va ilmiy hisoblashlarni programmalash.
Pythonni katta proyektlarda ishlatish mumkin. Chunki, uni chegarasi yoʻq,
imkoniyati yuqori. Shuningdek, u sodda va universalligi bilan programmalash tillari
orasida eng yaxshisidir.