• QAROR QILAMAN
  • Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari bo‘yicha o‘tkazilgan ochiq elektron tanlov natijalarini tasdiqlash to‘g‘risida




    Download 98.71 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana28.03.2024
    Hajmi98.71 Kb.
    #179722
      1   2
    Bog'liq
    hokim qarori 537579
    Texnika xavfsizligi, Anvar Obidjon, kurs ishi, Asosiy vositalar, Anvarova Nilufarxon, I. J, Tinish belgilarini amaliy o\'rgatish usullari, yer tuzish loyihasi, 4-Til alifbosi, qaydnoma, 2-prezent main, application integration (1), 2-semestr.3,4,5-mustaqil ta'lim.


    Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari bo‘yicha o‘tkazilgan ochiq elektron tanlov 
    natijalarini tasdiqlash to‘g‘risida
    O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi 5, 24, 24
    4
    va 53-moddalari, “Mahalliy davlat hokimiyati 
    to‘g‘risida”gi Qonunning 6 va 10-moddalari, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi 709-son 
    “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy 
    hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq ochiq elektron tanlov operatori tomonidan o‘tkazilgan 
    barcha turdagi qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari ishtirokidagi ochiq elektron tanlov yakunlarini 
    ko‘rib chiqib,
    QAROR QILAMAN:
    1. Ochiq elektron tanlov operatori tomonidan taqdim etilgan 24.03.2022-yildagi №YU 131 - 315563-
    sonli ochiq elektron tanlov natijalari to‘g‘risidagi elektron bayonnoma tasdiqlansin.
    2. Mazkur bayonnomaga muvofiq ochiq elektron tanlov g‘olibi bo‘lgan jismoniy va yuridik 
    shaxslarga ilovaga muvofiq qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari (keyingi o‘rinlarda yer 
    uchastkasi) ijara huquqi asosida ajratilganligi inobatga olinsin.
    3. Kasbi tumani hokimi (_______) mazkur qaror ilovasida ko‘rsatilgan ochiq elektron tanlov g‘oliblari 
    bilan yer uchastkasi ijara shartnomasini bir ish kuni muddatda “E-IJARA” axborot tizimi orqali tasdiqlasin.
    4. Davlat kadastrlari palatasining viloyat boshqarmasi yer uchastkasi ijara shartnomasi asosida ikki ish 
    kuni ichida ochiq elektron tanlov g‘oliblarining yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini elektron axborot 
    tizimi orqali davlat ro‘yxatidan o‘tkazsin hamda tegishli reyestrdan ko‘chirmani elektron axborot 
    almashinuvi orqali «O‘zdavyerloyiha» davlat ilmiy-loyihalash instituti viloyat bo‘linmasiga yuborsin.
    5. Kadastr agentligining viloyat boshqarmasi:
    yer uchastkasidan maqsadli foydalanish bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshirsin;
    yer uchastkasi chegaralarini (chegara nuqtalarini) o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirishga yo‘l 
    qo‘ymaslik choralarini ko‘rsin;
    yer uchastkasi o‘zboshimchalik bilan egallab olinishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan samarali yer 
    nazoratini amalga oshirsin va aniqlangan qonunbuzilish holatlari bo‘yicha Yer to‘g‘risidagi qonun buzilishi 
    holatlarini barvaqt aniqlash va ularning oldini olishga qaratilgan faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘yicha 
    hududiy kengashlarga xabar bersin;
    yer uchastkasidan maqsadsiz foydalanish holatlari aniqlanganda O‘zbekiston Respublikasi Yer 
    kodeksining 36-moddasiga muvofiq ushbu yer uchastkalariga bo‘lgan huquqni bekor qilish, 
    o‘zboshimchalik bilan egallangan yer maydonida noqonuniy qurilgan imoratlarni bartaraf etish yuzasidan 
    belgilangan tartibda sudga murojaat qilsin.
    6. “O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti viloyat bo‘linmasi:
    ochiq elektron tanlov g‘oliblarining yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi davlat ro‘yxatidan 
    o‘tkazilganligi to‘g‘risida reyestrdan ko‘chirmani olgan kunning o‘zida ijara shartnomasi, mazkur qaror 
    hamda reyestrdan ko‘chirmani tanlov g‘oliblariga “E-IJARA” AT orqali yuborish;
    uch ish kuni ichida ochiq elektron tanlov g‘oliblariga yer uchastkasining chegarasini joyida ko‘rsatib 
    berish vazifasi yuklatilsin.
    7. Viloyat Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi:
    yer uchastkasidan foydalanishni tashkil etish va uni muhofaza qilish sohasida samarali davlat 
    nazoratini amalga oshirsin;


    yer uchastkasidan maqsadli va samarali foydalanishni, shuningdek ushbu yer uchastkasida qishloq 
    xo‘jaligi ekinlarini ekish va parvarishlashni monitoring qilsin;
    qishloq xo‘jaligi ekinlarining navlar bo‘yicha joylashtirilishini, konturlar bo‘yicha ekin turlari to‘liq 
    ekilishini, belgilangan agrotexnik tadbirlar o‘tkazilishini, mineral o‘g‘itlar, yoqilg‘i-moylash materiallari va 
    boshqa moddiy-texnika resurslarini tanlov g‘oliblariga belgilangan tartibda yetkazib berilishining 
    monitoringini yuritsin va ularning natijalari bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqsin;
    samarasiz foydalanilayotgan qishloq xo‘jaligi yerlarini aniqlash, ularni o‘rnatilgan tartibda olib 
    qo‘yish va belgilangan maqsadda foydalanish yuzasidan takliflar ishlab chiqsin;
    tanlov g‘oliblarining tuproq unumdorligini saqlash va oshirishni ta’minlash sohasidagi faoliyatini 
    muvofiqlashtirib borsin.
    8. Ochiq elektron tanlov g‘oliblari yer uchastkasi ijara shartnomasida belgilangan majburiyatlarni 
    bajarishga qat’iy rioya etishlari shartligi, zimmalariga olgan majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, ularga 
    nisbatan tegishli ta’sir choralari qo‘llanilishi yuzasidan ogohlantirilsin.
    9. Mazkur qarorning joylarda ijrosini ta’minlash bo‘yicha nazorat viloyat hokimining qishloq va suv 
    xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari ________________ zimmasiga yuklatilsin.
    Viloyat hokimi: _____

    Download 98.71 Kb.
      1   2




    Download 98.71 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari bo‘yicha o‘tkazilgan ochiq elektron tanlov natijalarini tasdiqlash to‘g‘risida

    Download 98.71 Kb.
    Pdf ko'rish