• 1.Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiyotini rivojlanish tendensiyalari.
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiyotini rivojlanish tendensiyalari




    Download 151.5 Kb.
    bet1/5
    Sana08.11.2023
    Hajmi151.5 Kb.
    #95694
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiyotini rivojlanish tendens (1)
    Raxmanova U, Сув тозалаш УМК (1), сейтмуратов байрамбай 2021 10 22 tayını, ELEKTROTENIKA HAM ELEKTRONIKA, kimyo, 1666731973, slaid jumis, Ayjamal kurs jumisi {}, Rengen[1], 1-Lekciya, A\'jinyaz Qosibay uli, O\'zbek tilining sohada qo\'llanishi.ppt, Gidroturbinalar, SARVINOZ ТАДБИРКОРЛИК ФАОЛИЯТИНИНГ МУЛКИЙ АСОСЛАРИ, Berdiyeva Durdona. Fitopreparat test

    10-Mavzu.Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi


    Reja:


    1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiyotini rivojlanish tendensiyalari


    2. Qoraqalpog‘istonda qishloq xo‘jaligi sohasidagi o‘zgarishlar. Ma’naviy-madaniy sohadagi yangilanishlar.

    3. Qoraqalpog‘istoninng madaniy va ma’naviy hayoti.

    4. Qoraqalpog‘iston Respublikasida ekologik ahvol.Orol fojiasi.Ekologik holatni yaxshilash borasidagi davlat siyosati.



    Tayanch iboralar:
    Ijtimoiy-iqtisoliy soha, ta’lim, ekologik vaziyat, orol muammosi, ijtimoiy ahvol, aholi salomatligi, ma’naviy islohotlar, ma’rifat, madaniy aloqalar, ijtimoiy omil, tibbiy omil.


    1.Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiyotini rivojlanish tendensiyalari.


    Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida institutsional va tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirishda ma’lum ijobiy siljishlarga erishildi. Noqulay ekologik sharoitga qaramasdan mintaqada makroiqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida islohotlarni amalga oshirish o‘zining ijobiy samaralarini ko‘rsatmoqda.
    Amaliyotda asosan mintaqani rivojlanish strategiyasi davlat tomonidan ishlab chiqilgan maqsadli dasturlar orqali amalga oshiriladi.Misol uchun mintaqani kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ustuvor vazifalar qatoriga kiritilganligi sababli, Qoraqalpog‘iston Respublikasini 2017-2018 yillarda kompleks rivojlantirish dasturlari ishlab chiqildi.
    Shuni alohida ta’kidlash lozimki mintaqada iqtisodiy o‘sish sur’atlari 2005-2017 yillarda umummamlakat ko‘rsatkichlariga nisbatan yuqori bo‘lgan. Tahlillarni ko‘rsatishicha ushbu yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlari avvalambor mintaqada qurilish, sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalari hisobiga erishildi. Ayniqsa, 2016 yilda yuqori iqtisodiy o‘sish (18,7 foiz) yangi qurilgan Qo‘ng‘irot soda zavodi va Ustyurt gazkimyo majmuasi hisobiga to‘g‘ri keladi.
    Iqtisodiyotning ayrim tarmoqlarida o‘sish sur’atlari turlicha bo‘lib, ularning kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasiga ta’siri turlicha bo‘lgan. Qishloq xo‘jaligi, investitsiyalar va iste’mol tovarlari ishlab chiqarishda oxirgi yillarda ma’lum darajada nomutanosiblik kuzatilmoqda. Ichki iste’molni shakllantiruvchi tovar ayirboshlash va xizmatlarning o‘sish sur’atlarining keskin kamayishi aholi turmush sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
    Qoraqalpog‘iston Respublikasi umumdavlat mehnat taqsimotida tabiiy gaz (2017 yildagi ulushi 3,0 foiz), paxta tolasi (4,0 foiz), osh tuzi (32,0 foiz), soda (100 foiz), guruch (31,0 foiz) ishlab chiqarish bo‘yicha yuqori salohiyatga ega.
    Erishilgan natijalarga qaramasdan mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi mavjud tabiiy salohiyatga mos kelmaydi. 2017 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasining mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 3,3 foizni, mos ravishda sanoat ishlab chiqarishi 4,6 foizni, qishloq xo‘jaligi 2,8 foizni, eksport 2,0 foizni, xizmatlar 3,0 foizni tashkil qilgan.Asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqa mintaqalarga nisbatan, qishloq xo‘jaligi va chakana tovar ayirboshlash bo‘yicha pastroq natijalarga ega1.
    Qoraqalpog‘iston respublikasi yalpi hududiy mahsulot, iste’mol tovarlari, pullik xizmatlar indeksi bo‘yicha ham mamlakat mintaqalari orasida oxirgi o‘rinlardan birini egallagan. 2005-2017 yillar davomida asosiy ijobiy siljish sanoat sohasiga to‘g‘ri keladi. Ushbu holat mintaqada oxirgi yillarda ishga tushirilgan yirik kimyo korxonalari hisobiga erishilgan.
    Mintaqa ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish natijalari iqtisodiyot tarkibini shakllanishi bilan ham to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq. Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, yalpi hududiy mahsulotning tarkibida, ya’ni diversifikatsiya jarayonida ma’lum o‘zgarishlar kuzatilgan.
    Mamlakatimiz iqtisodiyotining tarmoqlararo tarkibida 2005-2017 yillarda bir qator ijobiy siljishlar yuz berdi. Jumladan, yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 14,2 foizdan 26,7 foizga oshgan bo‘lsa, qishloq xo‘jaligining ulushi 30,1 foizdan 19,2 foizga kamaygan. Qoraqalpog‘iston Respublikasida ishlab chiqarilgan ichki hududiy mahsulotning tarkibiy o‘zgarishida ushbu tendensiyani kuzatish mumkin. Bunda sanoatning ulushi keskin oshgan (9,5 foizdan 32,7 foizga), qishloq xo‘jaligining ulushi esa kamaygan (21,3 foizdan 15,2 foizga). Ushbu vaziyatni mintaqa iqtisodiyoti tarkibini shakllantirishda yuz bergan ma’lum sifat o‘zgarishlar bilan izohlash mumkin. Agarda Qo‘ng‘irot soda zavodi va Ustyurt gazkimyo majmuasi hisobga olinmasa, sanoatning ulushi kamaygan va xizmatlar sohasining rivojlanish darajasi talablarga javob bermasligi, ekologik vaziyatning (Orol dengizi inqirozi, suv va erning sifat ko‘rsatkichlari tushib ketganligi) salbiy natijalar ekanligini qayd etish lozim2.
    Shuningdek, mintaqa iqtisodiyoti tarkibini shakllantirishda olib borilayotgan tarkibiy va investitsion siyosatda mavjud tabiiy, ekologik, demografik omillarga tizimli e’tiborning yo‘qligi, yo‘naltirilayotgan moliyaviy mablag‘larning bir qator xorij davlatlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan grantlarning samaradorligi pastligi bilan bog‘liq.
    O‘rta va uzoq muddatli mintaqa strategiyasini ishlab chiqishda monografik kuzatuv natijalari orqali aniqlangan reyting, ya’ni eng asosiy tizimli muammolarni hal qilish, aholi turmush sifatini tubdan yaxshilashga qaratilishi maqsadga muvofiq.



    Download 151.5 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 151.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiyotini rivojlanish tendensiyalari

    Download 151.5 Kb.