Qurilish fakulteti




Download 0.92 Mb.
bet27/31
Sana03.02.2021
Hajmi0.92 Mb.
#13109
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
a)



b)



2.4-rasm.Gruntni tashish masofasini aniqlash sxemasi:

a – o‘ymadan kavalyerga; b – zaxiradan ko‘tarmaga; 1 – o‘yma; 2 – berma;

3 – kavalyer; 4 – ko‘tarma; 5 – zaxira

Chiqish va tushish joylari taxminan har bir 65-130 m dan keyin quriladi. Gruntni tashish masofasi L yer polotnosining ishchi belgilari H ga bog’liq ravishda quyidagi ifodalar bo‘yicha aniqlanishi mumkin:


Asosi bo‘yicha kengligi 10 m bo‘lgan zaxiralarni qurishda ularning o‘lchamlari quyidagi ifodalar bo‘yicha aniqlanadi:

- ko‘tarmaning bir tomonidagi zaxira



()(2.14)
bu yerda:

b1 –zaxiraning yuqori qismi bo‘yicha kengligi, m;

b2 –zaxiraning asosi bo‘yicha kengligi, m;

h0 – zaxiraning o‘rtacha chuqurligi, ko‘tarma ko‘tarish uchun gruntga bo‘lgan ehtiyoj, zaxira qazish joyidagi yer osti suvlari sathi, suv yig`ish va suv ketkazish belgilariga bog’liq ravishda (ko‘pi bilan 1,5-2 m);

h1 –zaxiraning yer polotnosi tomonidagi chuqurligi, m;

h2 –zaxiraning dala tomonidagi chuqurligi, m;



 – ko‘tarma ko‘ndalang kesimi yuzasii, m2.
Ko‘tarmaning bir tomonidan asosi bo‘yicha kengligi 10 m va undan katta zaxirani qurishda uning o‘lchami metrlarida quyidagi ifodalar bo‘yicha aniqlanadi:
(2.15)
bu yerda h3 – zaxiraning o‘rta qismidagi chuqurligi, m.
Zaxira o‘lchamlari navbatma-navbat yaqinlashish usuli yordamida, ularning chuqurligini o‘lchagan holda aniqlanadi. Dastlab zaxiraning qabul qilingan o‘rtacha chuqurligi bo‘yicha uning kengligi hisoblab topiladi. Hisoblangano‘lchamlar asosida ko‘tarmaning bir tomonlama yoki ikki tomonlama rezervi bo‘lgan masshtabli plani tuziladi.

O‘ymaning bir tomonida kavalyer ko‘tarishda quyidagi shartga rioya qilish kerak



(2.16.)

bu yerda: k – kavalyer ko‘ndalang kesimining yuzasi, m2;

o‘ –o‘yma ko‘ndalang kesimining yuzasi, m2.

Kavalyerning metrlarda ifodalangan geometrik o‘lchamlari quyidagi ifodalar bo‘yicha aniqlanadi:



(2.17)

bu yerda:

k – uchastkadagi o‘rtacha chuqurlikdagi o‘yma yuzasiga teng bo‘lgan

kavalyerning ko‘ndalang kesimining yuzasi, m2;

b1 –kavalyerning yuqori qismi bo‘yicha kengligi, m;

b2 –kavalyerning asosi bo‘yicha kengligi, m;

h –kavalyer balandligi, m.

Kavalyerning geometrik o‘lchamlarini aniqlash uchun uning balandligi kurs ishida me'yorlariga ko‘ra ko‘pi bilan 3 m yoki yuqori qismi bo‘yicha kengligi olinadi. Grunt skreperlar yordamida ko‘ndalang tashishda kavalyerning yuqori qismi bo‘yicha kengligi b1 gruntni skreper bilan tushirish yo‘lining uzunligidan kam bo‘lmasligi kerak.

Grunt bir vaqtning o‘zida ham bo‘ylama, ham ko‘ndalang yo‘nalishda tashilgan holda (avtosamosvallar, skreperlar bilan ellipssimon yoki “sakkizlik” bo‘ylab), kavalyerning ko‘ndalang kesimi maydoni quyidagi ifoda bo‘yicha m2 larda aniqlanadi

(2. 18)

bu yerda: V – mazkur uchastkada o‘ymadan kavalyerga yotqizilayotgan

grunt hajmi, m3;

l –uchastka uzunligi, m.

Yer massalarini taqsimlash vayetakchi hamda transport mashinalarini tanlash natijasida trassa gruntni bo‘ylama va ko‘ndalangiga tashiladigan ishchi uchastkalariga bo‘linadi; ishchi uchastkalari yer ishlari piketlar grafigining tegida keltirilgan (1-ilova).

Yetakchi hamda transport mashinalarining yer ishlarini bajarish shart-sharoitlariga bog’liq ravishda tanlash adabiy manbalar tavsiyalari bo‘yicha bajarilgan va 1.5 - jadvalda keltirilgan

2.2.6 Ishchi uchastkalarida o‘ymalarga ishlov berish va ko‘tarmalarni barpo etish uchun mashina majmualarini tanlash
Ishchi uchastkalaridagi asosiy yer ishlarini bajarish uchun mashina majmualari yetakchi hamda transport mashinalarining ekspluatatsion ish unumdorligini hisobga olgan holda tanlanadi. Mashinalarning ekspluatatsion ish unumdorligining hisobi darslikda [1] keltirilgan ifodalarga binoan amalga oshiriladi, uni VSN bo‘yicha qabul qilish yoki ENiR bo‘yicha aniqlashga ham yo‘l qo‘yiladi.

ENiR paragraflarida quyidagilar keltirilgan: mashinalarning qisqacha tavsifi, alohida qurilish jarayonlari uchun me'yorlarni qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatmalar, me'yorlashtirilayotgan jarayon ishlari tarkibi, zvenolarning hisobiy tarkibi (kasb nomlari va ishchilarning razryadlar bo‘yicha nisbati), vaqt me'yorlari (Hvaqt) va kasr son ko‘rinishidagi narxlar; chiziq ustida qavs ichida mashina ishiga Hvaqt ko‘rsatilgan, mash.-s.; qavslarsiz – Hvaqt ishchilar, kishi-soat.



Yer qazish–transport mashinalarining ekspluatatsiya soatlar va smena ish unumdorligi ENiR dan foydalanib, quyidagi ifodalar bo‘yicha aniqlashga yo‘l qo‘yiladi:
(2.19)
(2.20)
bu yerda:

E – ishlarningo‘lchov birligi, ENiR jadvallarida tegishli ish turlari

uchunqabul qilingan, m3 yoki m2;

t – ish smenasi davomiyligi, t = 8 s;

Hvaqt – o‘lchov birligi uchun vaqt me'yori, mash.-soat.

Yetakchi mashinalarning asosiy yer ishlarida ishlash muddati (Tas) vazifa bo‘yicha direktiv muddatdan (Tdir) kelib chiqib, tayyorlov (Ttay) hamda ishlov berish (tugallash) (Ttug) ishlari davomiyligini ayirib tashlab mazkur ifodaga binoan topiladi:



(2.21)

Hisob-kitoblarni har bir ishchi uchastkasi uchun quyidagi tartibda olib borish tavsiya etiladi:

1) majmuadagi yetakchi mashinaning smenadagi ekspluatatsion ish unumdorligi aniqlanadi Psm;

2) bir yetakchi mashinaning ish smenalari soni belgilanadi R;

3) ish bir, ikki yoki uch smenada bajarilishi sharoitidan bir yetakchi mashinaning

ish muddati aniqlanadi T:



Hisob-kitob quyidagi ifodalar bo‘yicha bajariladi.
(2.22)
bu yerda: V – uchastkadagi yer ishlari hajmi, m3;

n – bir sutka davomida ish smenalari soni. n=2.

O‘ymalarni qazish va ko‘tarmalar ko‘tarish-qurish uchun mashinalar majmuasi har bir uchastka uchun alohida, gruntni yumshatish va zichlash ishlarini bajarish, shuningdek, tungi vaqtda 5-7 kVt quvvatli AB tipidagi ko‘chma elektr stansiyalari yordamida yoritish zaruratini hisobga olib tanlanadi. Mashina nomlari va ularning markalaridan tashqari ularning qisqacha texnik tavsifini cho‘mich sig’imi, traktor yoki o‘ziyurar shassi quvvati va h.k.) ko‘rsatish zarur.




Download 0.92 Mb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Download 0.92 Mb.