• 2.3-rasm. Ishlari nolga teng nuqtaning joylashish o‘rnini aniqlash sxemasi
  • -jadval. Ish hajmi nolga teng nuqtalarni aniqlash




    Download 0,92 Mb.
    bet25/31
    Sana03.02.2021
    Hajmi0,92 Mb.
    #13109
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   31
    2.3-jadval. Ish hajmi nolga teng nuqtalarni aniqlash

    Nuqta№

    H1

    H2

    l, m



    KM, +

    1

    2

    3

    4

    5

    6

    1

    1,89

    4,1

    1000

    316

    KM12+316

    2

    4,1

    2

    1000

    672

    KM13+672

    3

    0,1

    2,99

    1279

    41

    KM17+894



    2.3-rasm. Ishlari nolga teng nuqtaning joylashish o‘rnini aniqlash sxemasi:

    b) normal ko‘tarma baland ko‘tarmaga va baland ko‘tarma normal ko‘tarmaga «o‘tish joylarini” (ishchi belgilari 6 m) joylashish o‘rni kuyidagi ifodadan foydalanib aniqlanadi:


    (2.5)

    bundan


    (2.6)
    Oddiy gruntlardan ko‘tarilgan ko‘tarma balandligi 6 m dan katta bo‘lgan uchastkada ko‘tarma qiyaligini nishabligi quyidagicha qabul qilish zarur: balandligi 6 m gacha bo‘lgan yuqori qismi uchun – 1:1,5, balandligi 6 m bo‘lgan kuyi qismi uchun – 1:1,75. Qumli sharoitda – 2.0

    qiymatga kengayadigan yo‘lning egri uchastkalarining boshlanish va tugash joylari. Temir yo‘l liniyalarining I-III kategoriyalari uchun qiymatlari bo‘ylama profil tarxida ko‘rsatilgan egri chiziq radiusiga bog’liq ravishda tayinlanadi.

    Berilgan variantda 1 egrilik bor:


    1. EB PK 109+37; Heb =0.8

    EO PK 115+67; Heo = 0.9

    R= 2000 m

    = 0.3 m


    2.2.4 Yer ishlari hajmlarini aniqlash
    Hajmlarni aniqlashdan avval bo‘ylama profilni uchastkalarga bo‘lib, uning chegarasida asosiy hajm va tuzatishlarni hisobga olish kerak bo‘ladi: egri uchastkalardagi kengayishga, ko‘prik oldidagi kengayishga, qiya tepalikka va prizmasimon tuzatishga.

    Ko‘ndalang profil tipi, ishchi belgilariga bog’liq ravishda yer polotnosini barpo etish ishlar hajmini quyidagi ifodalar bo‘yicha aniqlanadi:

    a) balandligi 6 m gacha bo‘lgan ko‘tarma hajmi
    (2.7)

    b) o‘ymalarda hajmi


    (2.8)

    v) egri uchastkadagi kengayishga tuzatish


    (2.9)

    bu yerda:

    H1 va H2 – yer polotnosining tegishli nuqtalardagi ishchi belgilari, m;

    H3 va H4 – ko‘talmaning mos ravishda ko‘prik ustunidan 25 m masofada hamda ko‘prik ustuni orqa qirrasi yaqinidagi ishchi belgilari, m;

    m – qiyalikni joylanish koeffitsiyenti, ko‘tarma konstruksiyasiga bog’liq ravishda. Qumli grunlarda m= 2, suglinoklarda m=1.5 deb qabul qilinadi;

    b – yer polotnosi asosiy maydonchasining IItoifali liniya hamda drenajlanadigan gruntlar uchun kengligi, 7,6 m;

    V – xuddi shuning o‘zi, yer polotnosi qirrasi sathida, kyuvetlar kengligini hisobgaolgan holda,12 m;

    1 – oquvchi prizmani ko‘ndalang kesim yuzasi, IItoifali liniya uchun0,74 m2;

    2 – ikki kyuvet ko‘ndalang kesim yuzasi, 1,56 m2;

     – asosiy maydonchaning egriliklarda kengayishi, 0,4 m [2.1 bo‘lim];

    L – ko‘tarma yoki o‘yma hisobiy uchastkasining uzunligi,

    m [bo‘ylama profil].

    Barcha aniqlangan hajmlar ko‘tarma va o‘ymalarning kilometrlararo hajmlari hisobi qaydnomasiga yoziladi, uning shakli namunasi 1.3-jadvalda keltirilgan. Yer massalarining hajmini hisoblashda qaydnomada alohida ko‘tarma va o‘ymalar hajmlariningyig’indisi keltiradi (massivlar bo‘yicha hajmi) va trassa uchastkasidagi yer ishlariningprofil hajmi aniqlanadi, ya’ni barcha ko‘tarma va o‘ymalar hajmi jamlanadi.Yer ishlari hajmini aniqlash 1.4-jadvalda keltirilgan.
    2.2.5 Yer massalari hajimlarini taqsimlash

    Ishchi uchastkalarini belgilash, ular chegarasida grunt tashishning o‘rtacha masofasini aniqlash va yer massalarini taqsimlash ko‘tarmalar uchun zarur grunt miqdorini va o‘ymalar, zaxiralar va karerlar gruntini ko‘tarmada ishlatish imkoniyatini hisobga olgan holda bajariladi. Agar o‘ymalar grunti talablarga javob bersa, bunday holda ulardan ko‘tarmani ko‘tarish maqsadida foydalanish mumkin.

    Ko‘tarmaga yumshoq plastik, oquvchan plastik va oquvchan konsistensiyali loysimon gruntlarni ishlatishga yo‘l qo‘yilmaydi. O‘ymalardagi ortiqcha yoki yaroqsiz grunt kavalyerga yotqiziladi yoki xandakgaolib tashlanadi. Agar yondosh o‘ymalar grunti ko‘tarma uchun yaramasa, yoki uni tashib keltirish maqsadga muvofiq bo‘lmasa, ko‘tarmalar yon zaxiralar hisobidanquriladi. Ammo zaxiralarni alohida punktlar, yo‘l binolari, aholi yashash joylari, mashina o‘tish joylari, karst rivojlangan uchastkalar, daryo o‘zani yaqinida joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi O‘ymalar yoki yon zaxiralar gruntidan ko‘tarishning imkoni bo‘lmagan ko‘tarmalar bir yerda jamlangan karyerlarga ishlov berishda olingan gruntlardan quriladi. Karyerlar joylashishi, ularning rejasi bo‘yicha o‘lchamlari va grunt zaxirasi temir yo‘lga oid qidiruv va loyihalashtirish ishlari chog’ida aniqlanadi.

    Yer massalari bo‘ylama profil va piketlararo ishlar hajmining grafigi asosida taqsimlanadi. Yer massalarini taqsimlash bilan birga ishlarni bajarish usullari tanlanib, me'yoriy hujjatlardagi tavsiyalar asosida yoki 1.4-jadvalga binoan, shuningdek, raqobatbardosh variantlarni texnik-iqtisodiy taqqoslash natijasida (1.5 – jadval)yetakchi yer qazish mashinalari va transport vositalari tanlanadi.

    Grunt tashish masofasi yer qaziydigan mashinalarni tanlashga ta'sir ko‘rsatadigan asosiy omillardan biri bo‘lib, u grunt ishchi uchastkalar bo‘ylab bo‘ylama yoki ko‘ndalang tashilganida quyidagicha aniqlanadi.

    Grunt bo‘ylama tashiladigan ishchi uchastkalarida tashish masofasi L o‘ymadan ko‘tarmaga tashilayotgan grunt hajmlarining og’irlik markazlari orasidagi o‘rtacha masofa Lo‘rtqo‘shilib quyidagi ifodaorqali aniqlanadi:



    (2.10)

    (lr+ lm) - mashina aylanib olishiga lr va manevr qilishi lm uchun masofa 50-100 m ga teng olinadi.

    Grunt o‘ymadan kavalyerga va zaxiradan ko‘tarmaga ko‘ndalang tashilganida uni tashish masofasi temir yo‘llarni kurs ishida o‘rnatilgan zaxira va ko‘tarma, kavalyer va o‘yma o‘lchamini hisobga olgan holda hisoblab topiladi.

    O‘yma o‘qi va kavalyer o‘qi o‘rtasidagi o‘rtacha masofa Lo‘rt (2.4 a-rasm) quyidagi ifoda bo‘yicha aniqlanadi




    Download 0,92 Mb.
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   31




    Download 0,92 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -jadval. Ish hajmi nolga teng nuqtalarni aniqlash

    Download 0,92 Mb.