Atrof muhitni muhofaza qilish




Download 0.92 Mb.
bet21/31
Sana03.02.2021
Hajmi0.92 Mb.
#13109
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   31
1.8.2. Atrof muhitni muhofaza qilish
Qurilishni tashkillashtirish loyihasida quyidagilar ko‘zda tutilgan: vaxta poselkalari maydonchalarining minimal O‘lchamlari, ВСН-199-84 talablaridan kelib chiqqan holda;

  • O‘simlik qatlami va daraxtlarni maksimal darajada saqlab qolish;

  • Asosiy qurilish ishlarini namunaviy texnologiya xaritalari va sxemalari bo‘yicha tashkil etish;

  • O‘ymalar gruntlarini ko‘tarmalarda yer polotnosini tiklashda maksimal darajada ishlatish;

  • Tuproq tashish yo‘llaridan oqilona foydalanish;

  • Avtomatika va aloqa kabel liniyalarini tiklashda transheyasiz kabel yotqizgichlarni qo‘llash;

  • Poseloklar hududidan O‘tgan avtomobil yo‘llaridan grunt tashish maqsadida tunda foydalanishni cheklash;

  • Aholi punktlari hududida tunggi paytda gruntni zichlash ishlarini to‘xtatish;

  • Avtotransport harakatlanadigan zonani otvod polosasi bilan cheklab qo‘yish;

  • Trassa oldi karerlari maydonlarini qayta kultivatsiyalash.

Transport vositalari, qurilish mashina va mexanizmlarini yuvish maydonchalari, suvni tindirish va tozalash moslamalari bilan jihozlangan bo‘lishi shart.

Atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning bugungi kundagi dolzarb masalalarini hal etish jarayonlarida nodavlat notijorat tashkilotlari, jamoat tuzilmalari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari huquq va vakolatlarining kengaytirilishi amalga oshirilayotgan islohotlarning izchilligini ta’minlashda yanada kengroq imkoniyatlar yaratmoqda. Ayniqsa, bu borada O’zbekiston ekologik harakati tashkil etilgani muhim ahamiyat kasb etdi.

Bugungi kunda mazkur sohadagi munosabatlarning huquqiy asoslari yaratilgan bo‘lib, ular «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi, «Suv va suvdan­ foydalanish to‘g‘risida»gi, «Atmosfera havosini muho­faza qilish to‘g‘risida»gi, «O’simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi, «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi, “Chiqindilar to‘g‘risida”gi, “Ekologik ekspertiza to‘g‘risida”gi, “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi kabi 30 dan ziyod qonunlar bilan tartibga solib kelinmoqda. Ushbu huquqiy hujjatlar yurtimizda atrof muhitni muhofaza qilish, aholi salomatligini mustahkamlash, tabiiy resurslardan samarali foydalanish va ekologik muvozanatni ta’minlashdek muhim ijtimoiy masalalar ro‘yobida salmoqli o‘rin tutmoqda.
Qurilish davrida suv ta’minotining izdan chiqishi holatlari uchun suvni nasoslar yordamida haydash ko‘zda tutilgan.

Atrof-muhitni muhofaza qilish to‘g’risidagi qonunga rioya qilinishi ustidan ob’ektdagi barcha qurilish ishlari rahbarlari nazorat qiladilar.

Qurilish tugaganidan so‘ng qurilish chiqindilari olib chiqib ketiladi.



Download 0.92 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   31




Download 0.92 Mb.