• 1.8. Mehnat vaatrof muhitni muhofaza qilish tadbirlari 1.8.1.Mehnatni muhofaza qilish
  • Jadval Montaj va maxsus qurilish ishlar hajmi vedomosti




    Download 0.92 Mb.
    bet20/31
    Sana03.02.2021
    Hajmi0.92 Mb.
    #13109
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   31
    1.13 Jadval Montaj va maxsus qurilish ishlar hajmi vedomosti


    Ishlar nomi

    Ulchov birligi

    Umumiy

    2017-2018 yillar

    Birinchi yil

    Ikkinchi yil

    I

    Kvartal


    II

    Kvartal


    III

    Kvartal


    IV

    Kvartal


    I

    Kvartal


    II

    Kvartal


    III

    Kvartal


    Tayyorgalkik davri

    Asosiy ishlar davri

    I.Tashkiliy tayyor-garlik davri.

    Kishi-kun

    6376.6

    3188.3

    3188.3
















    II. Asosiy ishlar.

    1. Yer ishlari



    B)Sun’iy inshotlarni barpo etish
    V) YO‘l izini yotqizish

    G) YO‘l izini ballastlash

    1-qatlam

    2-qatlam


    D) Binolarni qurish

    Kishi-kun


    -//-
    -//-

    -//-


    -//

    -//-


    4916.94


    266.01

    6926.54
    5582.8

    6996.9

    28732.5







    1639
    266.01


    1639


    7183.14

    1639


    7183.14

    6926.54
    5582.8

    6996.9

    7183.14





    III. Tugallash davri

    Kishi-kun

    8863.76



















    8863.76

    JAMI: 68662.05


    1.8. Mehnat vaatrof muhitni muhofaza qilish tadbirlari
    1.8.1.Mehnatni muhofaza qilish
    Qurilishni tashkillashtirish loyixasida mehnat muhofazasining asosiy masalalari hal qilingan bo‘lib, mehnat muhofazasi, ishlab chiqarish sanitariyasi va texnika xavfsizligi bo‘yicha KMK 3.01.02-00 talablari hajmidagi muayyan yechimlar QTL bosqichida ishlab chiqiladi.

    Foydalanishdagi temir yo‘l izlari yaqinida ishlarni amalga oshirishda shuningdek “Temir yo‘llardan texnik foydalanish qoidalari”, “Temir yo‘llarda signalizatsiya bo‘yicha yo‘riqnoma” ko‘rsatmalariga rioya qilish lozim.

    Ayniqsa elektr uzatish liniyalari (LEP) yaqinida mexanizmlar ishlashiga alohida e’tibor qaratilishi shart.

    Ishlab turgan kommunikatsiyalar yaqinida biron-bir ishlarni bajarishdan oldin ish joyiga tegishli foydalanuvchi tashkilotlar vakillari chaqirilishi zarur.

    Odamlar va mashinalar uchun o‘tish joylari, mashina va mexanizmlarning barcha ish joylariga qulay va xavfsiz o‘tish imkoniyatini ta’minlashi shart.

    Ish joylarida texnika xavfsizligi yuzasidan plakatlar va yodnomalar osib qo‘yiladi.

    Yo‘l izini yotqizish va ballastlash ishlari kunning yorug’ vaqtida bajarilishi kerak.

    Ishchilarga sanitariya-gigiyena xizmati ko‘rsatish uchun qurilish maydonlarida inventar xonalari ko‘zda tutilib, ularda kiyinish, yuvinish, isinish,quritish xonalari, hojatxonalar joylashadi.

    Inventar binolar suv ta’minoti vaqtinchalik vodoprovod yordamida amalga oshirilib, ular ishlab turgan yoki loyihalashtirilgan doimiy suv tarmoqlariga ulanadi. Maishiy oqova suvlar uchun maxsus o‘ralar qaziladi.

    Yilning yog’in-sochinli va sovuq davrida ishchilar maxsus yashirinishi va isinishi uchun ish paytida tanaffuslar ko‘zda tutilib, bunday xonalar ish joyidan uzog’i bilan 75m masofada joylashishi kerak.

    QTELda mehnat muhofazasining asosiy masalalari hal qilingan bo‘lib, mehnat muhofazasi, ishlab chiqarish sanitariyasi va texnika xavfsizligi bo‘yicha KMK 3.01.02-00 talablari hajmidagi muayyan echimlar IOBL bosqichida ishlab chiqiladi.

    Foydalanishdagi temir yo‘l izlari yaqinida ishlarni amalga oshirishda shuningdek “Temir yo‘llardan texnik foydalanish qoidalari”, “Temir yo‘llarda signalizatsiya bo‘yicha yo‘riqnoma” ko‘rsatmalariga rioya qilish lozim.

    Ayniqsa LEP yaqinida mexanizmlar ishlashiga alohida e’tibor qaratilishi shart.

    Ishlab turgan kommunikatsiyalar yaqinida biron-bir ishlarni bajarishda ish joyiga tegishli foydalanuvchi tashkilotlar vakillari chaqirilishi zarur.

    Odamlar va mashinalar uchun o‘tish joylari odamlar, mashina va mexanizmlarning barcha ish joylariga qulay va xavfsiz o‘tish imkoniyatini ta’minlashi shart.

    Maydon ichidagi kommunikatsiyalar qurilish maydonida ishlayotgan mexanizmlar va mashinalar eta olmaydigan hududlarda joylashtirilishi kerak. Ish joylarida texnika xavfsizligi yuzasidan plakatlar va yodnomalar osib qo‘yiladi.

    Ish rahbarlari qo‘l ostidagilarni GOST 12.0.004-90, 12.1-04-91 bo‘yicha to‘g‘ri va xavfsiz ishlashga o‘rgatib, muntazam ravishda mashg‘ulot o‘tkazishi va yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib borishi talab etiladi.

    “Darcha” vaqtida bajariladigan ishlarni amalga oshirish joylari stansiya navbatchisi bilan doimiy ishlab turadigan telefon va radio aloqasi bilan ta’minlanadi. Poezdlar harakat grafigidagi “darchalar” kunning yorug‘ paytida belgilanishi lozim. Stansiya yo‘llari orqali o‘tish joylari rels kallaklari darajasida, signallar o‘rnatish bilan bajarilishi zarur. Temir yo‘l izlarining avtomobil yo‘llari bilan kesishuv joylarida yaxlit qoplamalar yotqizilib, u yorug‘lik signalizatsiyasi va shlagbaumlar bilan jihozlanadi.

    Qurilish maydoniga yaqinlashish yo‘llari asosiy qurilish ishlari boshlanishidan oldin jihozlanishi ko‘zda tutiladi.

    Bosh pudratchi bo‘lgan qurilish tashkiloti, subpudratchilar bilan birgalikda qurilish maydonida bajariladigan ishlar tarkibida texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi bo‘yicha chora tadbirlarni ishlab chiqishi va tasdiqlashi talab etiladi.

    Foydalanilayotgan inshootlar qayta jihozlangan, hamda ishlar ularning bevosita yaqinida bajarilganida ishlarni amalga oshirish loyihalari ushbu inshoot va moslamalar ixtiyorida bo‘lgan tashkilotlar bilan albatta kelishib olinishi shart.

    Qurilish maydonlari va ish joylari har bir ish toifasi uchun yoritilganlik me’yorlariga muvofiq yoritilishi talab etiladi.

    YOritish uskunalari mavjud tarmoqlar va ko‘chma elektrostansiyalar yordamida tok bilan ta’minlanadi.

    Tuproq polotnosini to‘kib ko‘tarish ishlarini bajarish joylari GOST 12.1.046-85 talablari, shuningdek SSBT tizimi standartlari talablarini hisobga olgan holda ko‘chma yoritish moslamalari bilan yoritilishi shart.

    Yo‘lni yotqizish va ballastlash ishlari kunning yorug‘ paytida bajariladi.

    Ishchilarga sanitariya-gigiena xizmati ko‘rsatish uchun qurilish maydonlarida inventar xonalari ko‘zda tutilib, ularda kiyinish, yuvinish, quritish, isitish xonalari, hojatxonalar joylashadi.

    Sanitariya-gigiena maqsadlari uchun mo‘ljallangan vaqtinchalik binolar maydoni hisobi 3- bo‘limda keltirilgan.

    Yilning yog‘in-sochinli va sovuq davrida ishchilar maxsus yashirinishi va isinishi uchun ish paytida tanaffuslar ko‘zda tutilib, bunday xonalar ish joyidan uzog‘i bilan 75m masofada joylashishi kerak.

    Ob’ektdagi ishlar vaxta usulida olib boriladi. Ish rejimi 2 haftalik, ish smenasi – 10 soatlik, 7 soatlik ortiqcha ishlagani uchun bir kun qo‘shimcha dam olish kuni taqdim etilishi hisobidan qabul qilingan.

    Loyihada vaqtinchalik vaxta poselkalarini Navoiy stansiyasida joylashtirish ko‘zda tutilgan. Qurilish ishtirokchilari oziq-ovqat bilan vaxta poselkasida ta’minlanadilar. Peregonlarda ishlayotganlar uchun ko‘chma oshxona – vagonlar ko‘zda tutiladi.

    Ishchilar vaxta poselkasidan ish joyiga avtobuslar bilan etkaziladi.

    Tibbiy, madaniy maishiy xizmatlar ishchilarning doimiy joylashgan joyidagi mavjud korxonalar tomonidan, shuningdek vaxta poselkalari, stansiyalar va trassa atrofidagi poselkalardagi mavjud davolash va boshqa shu kabi tegishli muassasalar tomonidan ko‘rsatiladi. Ish joyidagi har bir brigadada dori-darmon qutisi bo‘lishi shart.




    Download 0.92 Mb.
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   31




    Download 0.92 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Jadval Montaj va maxsus qurilish ishlar hajmi vedomosti

    Download 0.92 Mb.