|
Qurilish korxonalari uchun hisob-kitob yurituvchi web ilova ishlab chiqish
|
bet | 5/9 | Sana | 22.06.2024 | Hajmi | 2,61 Mb. | | #265156 |
Bog'liq Antiplakat uchunMa‘lumotlar omborini boshqarish tizimlari
Shaxsiy kompyuterlar hisoblash texnikasi vositalarining yangi sinfini tashkil etadi. Ular axborotlarni qayta ishlashning yuqori kafolatlanishi, arzonligi, ixchamligi, turli amallarni bajara olishi, kam elektr quvvatini sarflashi bilan ajralib turadi. Bu xususiyatlar kompyuterlar asosida keng vazifalarga mo‘ljallangan avtomatlashgan ishchi joylarini yaratish imkonini beradi. Kompyuterda ma’lumotlar omborini hosil qilish va ular bilan ishlash uchun maxsus dasturlar yaratiladi.
• Ma‘lumotlarni himoyalash: ma‘lumotlar omboridan ruxsatsiz foydalanishning cheklanganligi.
•Ma‘lumotlar omboridan tarmoqqa foydalanish: ma‘lumotlardan bir vaqtda bir necha kishining (bir- biriga xalaqit bermasdan) foydalanishi.
Ma‘lumotlar omborini boshqarish tizimi o‘zining ma‘lum ko‘rinishdagi ichki tuzilishiga, amalga oshiruvchi amaliy dasturlarga ega bo‘lishi kerak.
Bunday dasturlar ikki turga:
integrallashgan (umumlashtirilgan) va paketli dasturlarga ajratiladi.
Integrallashgan dasturlar avtomatlashgan ishchi joylari yaratishning asosini tashkil etadi. Bunday tizimlar quyidagilarni amalga oshirishni ta‘minlaydi: muammoli yo‘naltirilgan axborotlarni kiritishning qulayligi;
oldin kiritilgan axborotlardan foydalanishning yengilligi;
murakkab strukturali hujjatlarni qayta ishlash va shakllantirish;
shaxsiy kartotekalar, ishchi kalendarlar, yozuv daftarlari va boshqa vositalarni yaratishning mumkinligi. Hozirgi kunda integrallashgan dasturlarga nisbatan paketli dasturlardan ko‘proq foydalaniladi.
Keng tarqalgan paketli dasturlarga matnli axborotlarni qayta ishlash (Word), “Elektron jadvallar” va ma‘lumotlar omborini qayta ishlash tizimlari misol bo‘ladi.
Keng tarqalganligi bo‘yicha «Ishchi grafiklar» tizimi va kommunikatsiya tizimlari keyingi o‘rinda turadi.
Muayyan yo‘nalishdagi ma‘lumotlar omborini boshqarish uchun mutaxassislar tomonidan dasturlar yaratiladi. Ularda foydalanuvchining tizim bilan muloqoti asosida ma‘lum hujjatlarni yaratish yoki uni qayta ishlashda ko‘riladigan tipik vazifalar (imkoniyatlar majmui) yoritib beriladi.
Ma‘lumotlarning turlari va tuzilishi.
Kompyuterda qayta ishlanadigan ma‘lumotlar o‘z ichiga kundalik turmushda ishlatiladigan barcha axborotlarni oladi. Albatta. turli kasb egalari o‘zlariga kerakli bo‘lgan ma‘lumotlar bilan ish yuritadi.
Bunday ma‘lumotlarning eng asosiylari sonli (raqamli) va belgili (matnli) axborotlar hisoblanadi. Odatda, har qanday axborot tizimini yaratish uchun bu ikki turdagi ma‘lumki shakli yetarlidir, chunki foydalanuvchiga etkazilmoqchi bo‘lgan barcha axborot raqamlar yoki so‘zlardan iborat bo‘ladi.
Shunday bo‘lsada, axborotlar tizimini yaratuvchilar yana ikkita ma‘lumot turi — sanalar va mantiqiy o‘zgaruvchilardan xabardor bo‘lishi lozim.
Ma‘lumotlarning turlarini ko‘rib chiqamiz.
Belgili ma’lumotlar. Har qanday belgili ma‘lumotning qiymati ixtiyoriy uzunlikdagi alifbo Raqamli belgilar majmuidan iborat (masalan, «5», «Vatan»,«10+25», ...). Ma‘lumotlarni bunday ifodalash eng ko‘p tarqalgan. Belgili ma‘lumotning qiymati «1055» ga teng bo‘lsa, mashina bu qiymatni osongina so‘ng aylantirib olishi ham mumkin.
Ko‘pgina tizimlarda belgili ma‘lumotning uzunligi 255 belgi bilan chegaralangan. Lekin ishlab chiqarish texnologiyasining rivojlanishi axborotlar tizimi yaratuvchilariga keng imkoniyatlar ochib bermoqda. Hozirgi paytda ikki o‘lchamli jadvallardan. Ba‘zi tizimlarda belgili ma‘lumot qiymati sifatida uzunligi 30 yoki 40 belgi bo‘lgan biror turdagi fayl nomini yozish imkoniyatlari mavjud. Bu nom orqali ixtiyoriy uzunlikdagi ob‘yektning biografiyasini o‘z ichiga olgan matnli fayl yoki ob‘yektning fotosuratini ko‘rsatuvchi grafik fayl ochish mumkin.
Bundan tashqari, hozirgi zamon tizimlarida belgili ma‘lumot sifatida ixtiyoriy tuzilish va uzunlikdagi (shu jumladan. tasvir va ovoz) obyektlar sakushnishi mumkin.
Sonli ma’lumotlar. Bunday turdagi ma‘lumotlarga faqat sonlar misol bo‘ladi. Axborotlar tizimi foydalanuvchilari uchun bunday ma‘lumotlar faqat o‘lchami (raqamlar soni) va uning aniqligi (nuqtadan keyingi raqamlar soni)ning ahamiyati katta.
Mantiqiy ma’lumotlar. Bu turdagi ma‘lumotlar (Ba‘zida bunday ma‘lumotlar Bulg‘ qiymatlari deyiladi) bir-birini inkor qiluvchi TRUE (rost) «1» yoki FALSE (yolg‘on) «O» qiymatlari qabul qiladi.
Ulardan tizimda ko‘zda tutilgan maqsadni amalga oshirish uchun biror obyektning holatini ko‘rsatishda foydalanish mumkin Masalan, «lampa yoniq» (TRUE) yoki «lampa o‘chirilgan» (FALSE) Integrallashgan va paketli dasturlar, Ma’lumotlarning turlari: belgili, sonli va mantiqiy, ierarxik tizim, ma‘lumotlarning ierarxik tizim, ma‘lumotlarning tarmoqli modeli va tizimi, ma‘lumotlarning relyatsion ombori va modeli, ma‘lumotlar omborini boshqarishning relyatsion tizimi.
Ma‘lumotlarni uch xil ko‘rinishda ifodalash mumkin: ierarxik (shajaraviy), tarmokdi va relyatsion (jadvalli).
Bu turlarning har birini alohida ko‘rib chiqamiz.
Ierarxik tizim jadvallardan tashkil topgan bo‘lib, unda axborotni izlash jarayoni oldindan berilgan tartibda «ko‘rib» chiqiladi. Ierarxik tizimda elementlarni joylashtirishda dasturlashgan tartib mavjud. Har bir guruxda biror element asosiy, qolganlari unga nisbatan ikkinchi darajali xususiyatga ega bo‘ladi.
Kerakli elementni tanlash ma‘lum ketma-ketlikda olib boriladi.
Ma‘lumotlarning daraxtsimon joylashishiga ma’lumotlarning ierarxik modeli deyiladi.
Ma‘lumotlarning ierarxik modeliga mos holda yaratilgan ma‘lumotlar omboriga ma’lumotlarning ierarxik ombori deyiladi.
Ma‘lumotlarning ierarxik tizimini yaratish va undan foydalanish uchun yaratilgan tizimga ma’lumotlar omborini boshqarishning ierarxik tizimi deyiladi. Quyidagi misol orqali ierarxik tizimni ifodalash mumkin:
Obyektlar
Taymlayn
Material nomi
Material miqdori
Qayerga
Tovarlar
Sana
Tovar nomi
Miqdor
Birlik narxi
Umumiy narx
Obyekt joyi
Do‘kon
To‘lov turi
Buyurtmalar
ID
Buyurtmachi ID
Sana
Muddat
Ierarxik tizimli jadvalning birinchisida qator nomeri va unda joylashgan material kategoriyasi berilgan. Kategoriyalar keyingi satxda joylashgan mahsulot turini izlashda kerak bo‘ladi. Ikkinchi va uchinchi satxdagi jadvalda esa har bir mahsulotning narxi haqidagi ma‘lumot berilgan.
Ma‘lumotlar omborini ierarxik tizim tartibida tashkil qilish foydalanuvchi uchun ma‘lum qulayliklar yaratadi.
|
| |