2.3. Web ilovadan foydalanish uchun yo‘riqnoma yaratish
Qurilish korxonalari uchun xisob kitob yurituvchi web ilova ishlab chiqishda men qurilish korxonalari savdo do‘konlaridan olingan qurilish materiallarini ma’lumotlar bazasini va materiallarni elektron shaklda hisob – kitob ishlarini olib borish web ilovani ishlab chiqdim.
2.3.1.-rasm. Tizimga kirish.
2.3.2.-rasm. Web ilovaning umumiy ko‘rinishi.
2.3.3.-rasm. Boshqaruv paneli.
2.3.4.-rasm. Hisobotlar oynasi.
Web ilova quyidagi bo‘limlardan iborat:
Menyu;
Obyektlar;
Do‘konlar;
Foydalanuvchilar;
Tovarlar;
Obyektlar bo‘limiga qurilish korxonasi tomonidan qurilayotgan obyektlar nomlari va obyektga ketadigan materiallar haqida batafsil ma’lumotlar kiritilgan. masalan taymlayn, tovarlar, buyurtmalar, yetkazmalar va sozlamalarga bo‘linadi.
Dasturni ishlab chiqishda ishlarni taqsimlash jamoaning samaradorligini oshiradi va loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishini ta'minlaydi. Har bir a'zo o‘zining maxsus sohasida ishlaydi va umumiy maqsadga erishish uchun hamkorlik qiladi. Bu yo‘riqnoma asosida har bir rol va vazifa aniqlangan va taqsimlangan bo‘lib, bu jarayonlarni samarali boshqarishga yordam beradi.
Do‘konlar bo‘limida ID, Do‘kon nomi, Kontakt bo‘limlari mavjud va yangi do‘kon qo‘shish imkoniyati ham mavjud.
2.3.5.-rasm. Hisobot kiritish oynasi.
Foydalanuvchilar bo‘limida Nomi, Login, Rol va Status bo‘limlari mavjud va yangi foydalanuvchilar qo‘shish imkoniyati ham mavjud.
2.3.6.-rasm. Foydalanuvchilar hisoboti oynasi.
Tovarlar bo‘limida Tovar nomi, birlik bo‘limlari mavjud va yangi Tovar qo‘shish imkoniyati ham mavjud.
2.3.7.-rasm. Tovarlar hisoboti oynasi.
Bundan tashqari web ilovada korxona tomonidan yillik hisobotni ham ko‘rish mumkin.
2.3.8.-rasm. Asosiy oyna.
II-bob bo‘yicha xulosa
II-bobda dasturni qanday qurib olishning asosiy mezonlari keltirilgan bo‘lib, dasturning dizayn qismi, umumiy ko‘rinishi va uning uchun qanday dasturlar ishlatilgani aks ettirildi. Dasturning dasturlash tillari hamda kutubxonalari yordamida kod qismi shakllantirildi va butun boshli arxitekturani algoritmini kod orqali aks ettirilgan. Foydalanuvchi dasturdan foydalanishi uchun yo‘riqnoma keltirilgan bo‘lib, ushbu yo‘riqnomada dasturning barcha xususiyatlari bilan tanishtirildi.
|