|
Qurilish korxonalari uchun hisob-kitob yurituvchi web ilova ishlab chiqish
|
bet | 6/9 | Sana | 22.06.2024 | Hajmi | 2,61 Mb. | | #265156 |
Bog'liq Antiplakat uchunTarmoqli tizim. Tarmoqli tizim ierarxik tizimga nisbatan ancha qulayliklarga ega, chunki bu tizimda ma‘lumot (fayl)lar o‘rtasida ko‘p yo‘nalishli aloqalarni o‘rnatish mumkin. Bunday aloqalar foydalanuvchiga kerakli ma‘lumot (fayl)ni shajaraning yuqori satxlaridagi fayllarga murojaat qilmasdan toppish imkonini beradi. Masalan, do‘kondagi mahsulotlar jadvali bilan mahsulotlar narxi jadvallari orasida alohida bog‘liqlik o‘rnatilib, u kerakli mahsulot narxini topish imkonini beradi. Bir pog‘onadagi ma‘lumotning boshqa pog‘onadagi ma‘lumot bilan ikki yoki undan ortiq marta bog‘lanadigan turiga ma’lumotlarning tarmoqli modeli deyiladi.
Ma‘lumotlarning tarmoqli tizimini yaratish va undan foydalanish uchun yaratilgan tizimga ma’lumotlar omborini boshqarishning tarmoqli tizimi deyiladi.
Relyatsion tizim. Xozirgi paytda eng ko‘p tarqalgan tizimlar qatoriga kiradi. Chunki bu tizimda ma‘lumotlar orasida eng qulay bog‘lanishlarni amalga oshirish mumkin. Ma‘lumotlarning relyatsion modeliga mos xolda yaratilgan ma‘lumotlar omboriga ma’lumotlarning relyatsion ombori deyiladi. Ma‘lumotlarning relyatsion tizimini yaratish va undan foydalanish uchun yaratilgan tizimga ma’lumotlar omborini boshqarishning relyatsion tizimi deyiladi. Ma‘lumotlarning jadval ko‘rinishida saqlanishiga ma’lumotlarning relyatsion modeli deyiladi. Relyatsion tizimdagi elementlarda shajaraning yo‘qligi tufayli bu qulaylikka erishiladi. Axborotni izlashda barcha elementlardan kalit sifatida foydalanish mumkin. Ya’ni ixtiyoriy tuzilishga ega ma‘lumotni ikki o‘lchamli jadval ko‘rinishiga keltirish mumkin. Relyatsion tizim sifatida telefon ma‘lumotnomasini tuzish masalasini ko‘rib chiqamiz. Masala, «har bir telefon nomeri ko‘rsatilgan abonentning manzili, uning kategoriyasi belgilangan ro‘yxatni tuzing» kabi o‘qiladi. Ma‘lumotnoma bir necha turdagi ob‘yektlardan tashkil topgan.
2.1.2 – rasm. Ma’lumotlar bazasining UML diagrammasi
Obyekt uchun quyidagi ma‘lumotlarni tanlab olamiz:
Telefon raqami.
♦ Abonent ismi (ismi, sharifi va h.k.).
♦ Abonent manzili.
♦ Abonent kategoriyasi (umumiy, shaharlararo aloqasi tahqiqlangan, ...).
Barcha ma‘lumotlarni matnli deb hisoblaymiz. Bu ma‘lumotlarga quyidagi nomlanish va uzunliklarni beramiz:
«Kategoriyalar» atamasi sifatida ikki harfli kodlardan foydalanamiz; UK umumiy kategoriya, ShT Shaharlararo aloqa taqiqlangan kategoriya.
U holda ma‘lumotnomani quyidagi jadval ko‘rinishida tasvirlash mumkin:
Ushbu jadvalni biror fayl (masalan, Te1efon) ko‘rinishida kompyuter diskiga o‘tkazilsa, telefon ma‘lumotnomasi — telefonlar ma‘lumot omboriga ega bo‘lamiz (omborni qayta ishlashni avtomatlashtirish mumkin bo‘ladi).
Jadvalda ma‘lumotlarni kodlash, jadvalning bosh kaliti.
Ma‘lumotlar ombori bilan ishlashning xususiyatlaridan yana biri shundaki, jadvaldagi ustunlar va satrlar soni qancha ko‘p bo‘lsa, ularni kompyuterga kiritish shuncha qiyinlashadi. Bu muammoni hal qilish maqsadida jadval elementlarini jumlalar sifatida emas, jumlalarni ifodalovchi kodlar sifatida kiritish mumkin. Masalan, ma‘lumotlar omborida Toshkent traktor zavodida ishlab chiqariladigan mahsulotlarga 35 talab bor deylik. Bu talablar ma‘lumotlar omboriga turlicha kiritilgan bo‘lsin. Talablarni kiritishda zavod nomi turli ko‘rinishda ifodalanishi mumkin. Masalan: «Tosh.trakt.zavodi», «Toshkent trakt.zav.»,«Tosh.trak.z-di» vahokazo.
Ma‘lumotlar omboridan foydalanishda «Toshkent traktor zavodi» deb yozsangiz, talablardan birortasini ham topa olmasligingiz mumkin (chunki iboralar aynan bir xil emas).
Bunday hollarda ma‘lumotlarni kiritish ustunlarida belgi yoki jumlalar o‘rniga kodlar kiritiladi va bir vaqtning o‘zida kodlarni ko‘rsatuvchi (izohli) lug‘atlar beriladi (lug‘atlarning ro‘yxati ma‘lumotlarni qog‘ozga chiqarishda ilova qilib beriladi). Lug‘atlar shaklan boshqa jadvallardan farq qilmaydi.
Ularda nomlanishlarni, Ba‘zi doimiy obyektlar — kattaliklarni berish mumkin (direktor ismi, familiyasi, manzil, bank rekvizitlari va boshqalar). Shuningdek, Toshkent traktor zavodini 608 kodi bilan belgilab, talab jadvalida bu zavodga tegishli bo‘lgan barcha ustunlarda 608 kodini ishlatishimiz mumkin va talablar lug‘ati jadvaliga quyidagi satrni kiritamiz:
608 — Toshkent traktor zavodi.
(Agar operator 608 o‘rniga 708 yoki 609 sonini kiritsa, u boshqa nomdagi manzilga tushadi yoki hech narsa topa olmasligi mumkin).
Xuddi yuqoridagi singari «xodimlar» ahvoli va hokazolarni ham kodlash mumkin. Kodlangan jadvalni tuzishda «katta hisobchi»ni 08 kodi bilan belgilagan bo‘lsangiz, bu kod yagona bo‘lishi va kodlardagi raqamlar soni muayyan qilib belgilab olingan bo‘lishi asosiy shart hisoblanadi.
Qanday ma‘lumotlar kodlanadi va ularni kodlash qanday bo‘ladi?
Bu ma‘lumotlarning xususiyatlari ma‘lumotlar ombori yaratuvchisining oldiga qo‘ygan maqsadi va uning imkoniyatlariga bog‘liq.
Juda ko‘p axborotlarda (tashkilotlar, maxsulot turlarini ishlab chiqarish, turli mutaxassisliklar va h.k.) davlat klassifikatorlari ishlatiladi va boshqa holatlarda kodlarni ishlatish yaratuvchining xohishiga ko‘ra amalga oshiriladi.
Jadvalda har bir yozuv o‘zining bosh kalitiga ega bo‘lishi va uning qiymati yagona bo‘lishi kerak.
Masalan, telefon ma‘lumotnomasida telefon nomeri bosh kalit bo‘lib xizmat qiladi. Bosh kalitni, ko‘pincha birlamchi kalit deb ham atashadi.
|
| |