Terrazit va tosh suvoqlar




Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/69
Sana19.12.2023
Hajmi3,47 Mb.
#124269
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   69
Bog'liq
4 Pardozlash ishlarida quruq qurilish qorishmalari UMK magistrlar

Terrazit va tosh suvoqlar 
Terrazit qurilishga tayyor quruq rangdor aralashma holida keltiriladi va ish 
joyida suv bilan aralashtiriladi. Terrazitning rangi va fakturasi qumtoshga 


91 
o‘xshash, lekin u yaltiroq, unga slyuda qo‘shib yaltiroq qilinadi. 20-30% sement 
qo‘shilgan so‘ndirilgan ohak terrazit suvoqning bog‘lovchisi hisoblanadi.
Marmar uvog‘i va kvars qum to‘ldirgich sifatida ishlatiladi. Terrazitga rang 
berish uchun pigmentlar qo‘shiladi. Terrazitga ishlatiladigan to‘ldirgichlar elanadi. 
Terrazit qorishmalarni chaplash ohak-qum qorishmalarni chaplashga nisbatan 
ancha qiyin, chunki terrazit qorishmalar ko‘pincha yirik uvoqlardan tayyorlanadi. 
Ba’zan terrazit qorishmasi suyuq qilinadi va yuzalarga 3-4 qatlam qilib chaplanadi. 
Rax chiqarishda mayda to‘zldirgichli terrazit ishlatiladi.
YUzalarni terrazit qorishmalar bilan suvashda tayyorlangan qorasuvoq 
ustidan dastlab suyuq terrazit qorishmasi sepma qatlam qilib chaplanadi va uni 
tutib qolgandan so‘ng (1-5 soat o‘tgach) terrazit yirikligiga va suvoq qatlamining 
qalinligiga bog‘liq holda qorasuvoqning 2-3 qatlami chaplanadi. Qorasuvoq 
yaxshilab tekislanadi, yog‘och andavani yoni bilan urib shibbalanadi. Agar 
qorasuvoq yuzasida o‘yiq joylar bo‘lsa ular qorishma bilan suvab to‘g‘rilanadi 
so‘ng pardozsuvoq qilinadi va yaxshilab tekislanadi. Ba’zan terrazit suvoqning 
chaplangan qatlami tutib qolgandan keyin uni ishqalab tekislanadi va mayda tishli 
siklyalar bilan ishlov beriladi. Suvoq yuzasiga qorishma chala qotgan vaqtda 
ishlov beriladi. Faqat bir yo‘nalishda siklyalash kerak, aks holda yuzada dog‘lar 
qoladi. Qotgan yuza bo‘ylab siklyalashda chang ajralib chiqadi, shuning uchun 
himoya ko‘z oynagi taqib ishlash kerak.
Siklyovkasiz terrazit suvoq quyidagilardan iborat yuzada sepma qatlam hosil 
qilingach, nishonlargacha 5-7mm oraliq qolguncha oddiy qorishmadan qorasuvoq 
chaplanadi, keyin nishonlar yuzasiga qadar yangi qorishma ustidan rangdor 
qorasuvoq qilinadi, u rejacho‘p yoki yog‘och andava bilan tekislanadi. Rangdor 
qorasuvoqdan keyin supurgi yordamida 5-7mm qalinlikda qaymoqsimon sepma 
chaplanadi. Sepma yuzada qalin va do‘ng erlar hosil bo‘lmasligi uchun 
pardozsuvoq bir tekis qilib puxta chaplanadi. Pardozsuvoq bir oz qurigach suvoq 
yuzasi andava yoki rejacho‘p qirrasi bilan tekislanadi bunda devor yuzasiga chiqib 
qolgan hamda omonat turgan uvoq zarrachalari tushirib yuboriladi, keyin suvoq 


92 
yuzasi supurgi bilan supuriladi va siklyalangan yuzaga o‘xshash yuza hosil 
qilinadi.
Toshsuvoqlar amalda marmar suvoqlar deb ataladi, chunki ular tarkibiga 
marmar va granit uvoqlari shaklidagi to‘ldirgich kiradi. Uvoqlar rangi suvoq 
rangiga mos bo‘lishi kerak. Uvoq donalari yuzalarning asosiy qismini egallaydi.
Toshsuvoqlar juda qimmatga tushadi, ularni ishlash uchun ko‘p mehnat 
sarflash kerak, lekin ular juda mustahkam bo‘ladi. Toshsuvoq qorishmalari ancha 
suyuq qilib tayyorlanadi, uni suvoq kurakchasi bilan 3-4 qatlamda chaplanadi, 
chunki 1 martada 10 mm qalinlikdagi suvoq qatlami chaplab bo‘lmaydi. 
Suvoqlarning rangiga asosan bog‘lovchilarni oqlash va bo‘yash ta’sir etadi. Oq 
marmar va ohaktoshga o‘xshatib suvash uchun yaxshisi oq sement ishlatgan 
ma’qul. Oddiy sementni oqartirish uchun ohak, oq marmar uni yoki upasi 
ishlatiladi. Avval sepma qatlam chaplanadi, oradan 1-1, 5 soat o‘tgach qorasuvoq 
qilinadi. Agar qorasuvoqda ko‘p o‘yiqlar bo‘lsa, ular ancha suyuqroq qorishma 
bilan to‘g‘rilanadi. Suvalgan yuza 6-8 kun davomida suv bilan ho‘llab turiladi, 
keyin suvoq 1-2 kun ichida quriydi va etarli darajada mustahkam bo‘ladi.
Toshsuvoqlarga zarb beradigan asboblarga: bucharda, skarpel, zubilo, 
treyanka bilan ishlov beriladi va qumqayroq egovlar bilan ishqab tozalanadi. 
Toshsuvoqqa mo‘yna ko‘rinishi berib pardozlashda ko‘pincha bucharda ishlatiladi. 
Fakturaning yirikligi uvoqlarning va bucharda tishlarining katta-kichikligiga 
bog‘liq, tishlar va uvoqlar qanchalik yirik bo‘lsa kertiklar shunchalik katta bo‘ladi. 
Toshsuvoqlarni shtrixovka qilib pardozlashda troyanka ishlatiladi. Asbob 
tishlarining katta-kichikligiga bog‘liq holda jo‘yaklar yirik, o‘rtacha va mayda 
bo‘lishi mumkin. Birinchi shtrixlar kanop bilan tortilgan chiziqlar bo‘yicha 
qolganlari esa birinchi jo‘yak bo‘yicha parallel qilib olinadi. Suvoqni shashka 
nusxa qilib quyidagicha pardozlanadi. Suvoq yuzasi kanop yordamida kataklarga 
bo‘lib chiqiladi. SHundan so‘ng har bir katak o‘zaro perpendikulyar yo‘nalishlarda 
troyankalar yordamida ishlab chiqiladi lekin bunda bajarilgan faktura boshqa 
katakka o‘tib ketmasligi kerak.


93 
Yo‘l-yo‘l shtrixovka qilib pardozlash. YUza kanop yordamida toshlarga 
bo‘linadi. Toshlar orasiga qotmagan yumshoq qorishma bo‘ylab po‘lat chizgich 
bilan to‘g‘ri burchakli rustalar o‘yiladi. Keyin lentalarni chegaralovchi va shtrix 
qatorlarini belgilovchi chiziqlar chiziladi. Lentaga ishlov berilgandan keyin 
toshlarga troyanka yordamida shtrixlar chiziladi. SHtrixlar cho‘kichlangach barcha 
toshlar bo‘ylab rustalar o‘tkaziladi. Rusta yo‘llari oddiy zubilo bilan o‘yiladi. 
To‘g‘ri va toza rustalar hosil qilish uchun zubilo yoki skalpelni yuzaga nisbatan 
60-70
0
burchak ostida ushlash kerak.
Siniq tosh qumtosh ko‘rinishini berib pardozlash. YUzaga 40-50mm 
qalinlikda suvoq qatlami chaplanadi chaplangan qorishma toshlarga bo‘linadi, 
rustalar o‘yiladi ishlov beriladi. Siniq toshga o‘xshash faktura hosil qilish uchun 
qotgan suvoqning turli joyiga zubilo bilan urib qorishma parchalari sindirib 
tushiriladi suvoq yuzasida bir qancha notekisliklar hosil buladi. Yo‘nilgan qumtosh 
ko‘rinishidagi fakturani suvoqning kichik bo‘laklarini zubilo yordamida ko‘chirish 
bilan hosil qilinadi. CHala qotgan tosh suvoqlarga oboymaga qisilgan tishli 
siklyalar bilan ishlov berish mumkin. Siklya rejacho‘p bo‘ylab suriladi va u yuzaga 
vertikal yo‘nalgan mayda jo‘yaklar tortadi.
Qorishmaning rangi va tarkibi har xil bo‘lishi mumkin. Ko‘pgina 
qorishmalarning tarkibi quyidagicha: 

Download 3,47 Mb.
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   69




Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish