Qorishmaning tarkibi
1 -jadval.
Ko‘p xil rangli suvoq qorishmalarining nisbati
Oq
Ohak xamiri
1
Oq qum
3
Sariq
Ohak xamiri
1
Oq qum
3, 5
Oxra
0, 2
Qizil
Ohak xamiri
1
Oq qum
3
94
Mumiyo
0, 4
Ko‘k
Ohak xamiri
1
Oq qum
3
Ultramarin
0, 3
Jigar rang
Ohak xamiri
1
Portlandsement
3
Oq qum
3, 5
Oltinsimon oxra
0, 3
Umbra
0, 1
Pushti
Ohak xamiri
1
Oq qum
2, 5
Yanchilgan g‘isht
0, 3
Qorishmalarda pigment miqdori qorishmaning rangiga bog‘liq.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati:
1. Akramov X.A., Nuritdinov X.N. Beton va temir beton ishlab chiqarish
texnologiyasi T. О‘zbekiston faylasuflar milliy jamiyati, Darslik, Toshkent,
2011.
2. Asqarov B.A., Akramov X.A., Nuritdinov X.N. Beton texnologiyasi.
О‘quv qо‘llanma. I va II qism. T., О‘qituvchi, 2012.
3. Maxmudova N.A. Quruq qorishmalar texnologiyasi. О‘quv qо‘llanma,
Toshkent-2013 yil.
7-AMALIY MASHG‘ULOT: FASADLARNI TABIIY TOSH
ASHYOLAR-MARMAR, GRANIT VA BOSHQA PLITALAR BILAN
QURUQ USULDA QOPLASH.
Shamollatiladigan fasad yoki “surilgan devor” nam iqlimli xududlarda
paydo bo‘lib, keyinchalik boshqa joylarga tarqaldi. Bunday fasadning asosiy
vazifasi yuk ko‘tarib turuvchi devorga nam tegishining oldini olishdan iborat.
Ularning umumiy jihati: qoplama ortida fasadni quritish va shamollatish imkonini
beruvchi havo bo‘shlig‘ining borligidir (1-rasm).
95
1-pasm. YUzani qoplash uchun sinch unsurlarini o‘rnatish jarayoni.
Shamollatiladigan osma fasad sistemasi bevosita devorlarga qotiriladigan
kronshteynlar va ularga o‘rnatiladigan yuk ko‘tarib turuvchi profillardan tashkil
topgan bo‘ladi. YUk ko‘tarib turuvchi profillarga maxsus qotirish elementlari–
klyammerlar yordamida plitalar o‘rnatiladi (2-rasm).
Klyammer
Kronshteyn
2-rasm. Maxsus qotirish elementlari.
Qoplama plitalarini qotirish korroziyaga chidamli po‘latdan tayyorlangan
klyammerlar yordamida amalga oshiriladi. Montaj texnologiyasiga qarab
klyammerlar ikki qamrovli yoki to‘rt qamrovli bo‘lishi mumkin. Bu sistema
“ko‘rinadigan” hisoblanib, klyammerlar plita rangiga bo‘yalishi mumkin.
Klyammerlar tez motaj qilish imkonini berib, qoplama plitalarni profillarga
mustahkam qotirish imkonini beradi (3-rasm).
96
3-rasm. Cinch unsurlari va qoplamalarni biriktirish.
Kronshteynlar
barcha
metallkonstruksiyalarni
devorga
mustahkam
qotirilishini ta’minlaydi. Kronshteynlar korrozyaga chidamli po‘latdan tayyorlanib,
issiq-sovuq o‘tkazmaydigan qatlamning qalinligiga qarab chiqishi 50 dan to
300mm gacha bo‘lishi mumkin. Kronshteynlarning devorga qotirilishi maxsus
ankerlar yordamida amalga oshiriladi.
Foydalaniladigan ankerning turi yuk ko‘tarib turuvchi devorning nimadan
qurilganligiga (beton, g‘isht, ko‘pikbeton) bog‘liq bo‘lib, sug‘urib oluvchi kuch
ta’siriga bog‘liq holda xar bir holat uchun alohida tanlanadi.
Kronshteynlar turli hil yuklarni ko‘tarib turishiga to‘g‘ri keladi, shu
sababdan ularga katta talablar qo‘yiladi. Qoplama ashyoning devordan qochirib
qo‘yilish masofasi 300 mm ni tashkil qilishi mumkin, bu esa devordagi
notekisliklarni yopib 250 mm qalinlikkacha issiq-sovuq o‘tkazmaydigan qatlam
qo‘yish imkonini beradi. Kronshteynning devorga tayanib turuvchi tayanch
qismiga qo‘yiladigan paronit yoki boshqa polimer ashyodan (rezina, ruberoid)
qilingan issiqdan saqlovchi qo‘yilma yuk ko‘tarib turuvchi devor va kronshteyn
asosida hosil bo‘lishi mumkin bo‘lgan sovuqlik “ko‘prigini” uzish imkonini beradi
(4-rasm).
97
4-rasm. Quruq usulda qoplangan devor.
Qoplama ostidagi yuk ko‘tarib turuvchi konstruksiya vertikal va gorizontal
profillardan tashkil topgan bo‘ladi. O‘zida bu ikki profillarni qo‘llaydigan sistema
ishonchli va maqbul hisoblanadi.
Vertikal P-shaklidagi profil L-shaklidagi profillarga o‘rnatiladi. Atrof
muhitning zaralilik darajasiga qarab bu profillar polimer qoplamali ruxlangan
po‘latdan yoki zanglamaydigan po‘latdan tayyorlanishi mumkin.
Gorizontal L-shaklidagi profillar kronshteynga o‘zi kesib kiruvchi burama
mixlar yordamida qotiriladi. Bunday profillar ruxlangan polimer qoplamali
po‘latdan yoki zanglamaydigan po‘latdan tayyorlanishi mumkin (5-rasm).
P-profil
L-profil
Polimer dyubel
5-rasm. Profillar.
Issiq-sovuq o‘tkazmaydigan qatlam asosiy devorga likopcha shaklidagi
po‘lat yoki shishaplastik o‘zakli dyubellar yordamida qotiriladi. Dyubellarning
hisobiy sarfi 8 dona/m kam bo‘lmaydi (6-rasm).
98
6-pasm. Yuzani quruq usulda tabiiy tosh bilan qoplash uchun
tayyorlangantoshlarni o‘rnatish sxemasi.
KNAUF-gipskarton qoplamalaridan pardevorlar qurish
|