FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI:
Asosiy va qо‘shimcha о‘quv adabiyotlar hamda axborot manbalari
Asosiy adabiyotlar.
1. Neville A.M. Properties of concrete. 5th edition. TA439.N48. 2011.
2. N.Samig’ov “Qurilish materiallari va buyumlari” Darslik “Mexnat
nashriyoti” T., 2013
3. Maxmudova N.A., Nuriddinov X.N. Pardozlash va issiqlik izolyatsiya
materiallari. Oʻquv qoʻllanma. T., 2010.
4. Парикова Е.В. Сухие строительные смеси. Учебное пособие.
Новосибирск, 2010.
5. Парикова Е.В., Фомичева Г.Н., Елизарова В.А. Материаловедение
(сухое строительство). Учебник. М., 2010.
6. Sh. Jumanov, S. Saidrasulov Quruq usulda qurilish va pardozlash ishlari.
T., 2009.
7. Maxmudova N.A. Bog‘lovchi moddalar. О‘quv qо‘llanma. T., 2015.
102
“Pardozlash ishlarida quruq qurulish qorishmalari” fanidan
bo’yicha kurs ishi (loyihasi)
rejalashtirilmagan.
103
“Pardozlash ishlarida quruq qurulish qorishmalari” fanidan
qo’llanilgan va mazkur fanni o’rganishni mustahkamlashda
foydalaniladigan atamalarning glossariysi
(qisqacha izohi)
1. Alebastr – grekcha alabastros – gipsning bir turi, badiy ishlov berishda
ishlatiladi.
2. Bitum – lotincha bitumen, tog‘ smolasi. Tabiiy va sun’iy organik
bog‘lovchilarning umumiy nomi.
3. Bunker – inglizcha bunker – donador, sochiluvchan materiallarni saqlash
uchun idish.
4. Vermikulit – fransuzcha vermiculite – mineral, magniyli, temirli alyumosilikat
bo‘lib, gidroslyuzalar guruhiga kiradi. Qizdirganda hajmini 20 martagacha
oshiradi.
5. Vermikulitbeton - o‘ta engil beton turi, issiqlik, tovush o‘tkazmaslik uchun
ishlatiladi.
6. Gazobeton – engil beton turi, portlandsementga, ohak, suv, kvars qumiga gaz
hosil qiluvchi (alyuminiy pudrasi) qo‘shimcha qo‘shib olinadi.
7. Gips – grekcha gypsos - mineral, suvli kalsiy sulfat. Havoiy bog‘lovchi.
8. Glazur – nemischa Glasur – keramik material sirtini sirlash usuli. Sirlangan
buyum Yuqori haroratda pishirib sirga yaltiroqlik va chidamlilik beradi.
9. Dezintegrator – lotincha integer – yaxlit – mo‘rt materiallarni maydalash
mashinasi.
10. Dekarbonizatsiya lotincha carbo (carbonus) ko‘mir ma’nosini bildirib qaysidir
materialni ugleroddan ajralishi. Masalan ohaktoshni qizdirib parchalash.
11. Defekt – lotincha – defectus – etishmaslik.
12. Diabaz – fransuzcha – diabase – magmatik tog‘ jinsi, qurilishda, yo‘l
qurilishida ishlatiladi.
13. Dispersiya – lotincha – disperses – elangan, disperslik – materiallarning
maydalanganlik darajasi (maydalik darajasi qanchalik mayda bo‘lsa
disperslik shunchalik Yuqori).
14. Dozator – grekcha – dosis – materiallarni belgilangan miqdorda ta’minlash
qurilmasi.
15. Doza – grekcha - dosis – aniq o‘lchab olingan miqdor.
16. Dolomit – porodoobrazuyuщiy mineral, kalsiy va magniy korbanati, cho‘kindi
tog‘ jinsi.
17. Dyuym – gollandcha – duim, angliyadagi uzunlik o‘lchov birligi 1 dyuym
=2,54 sm.
18. Integratsiya - lotincha integration – tiklash, to‘ldirish. Integar – yaxlit. Biror
bir qismlarni, elementlarni yaxlitlashtirish, birlashtirish.
19. Intelektual - lotincha intellectus – intelekti Yuqori rivojlangan oddiy
intelektual ish bilan shug‘ullanadigan odam.
20. Intelekt - lotincha intellectus – aqlli, fikrlovchi, ijod qiluvchi, izlanuvchi
odam.
104
21. Interer - fransuzcha interienr - ichki (vnutrennыy). Imorat ichki qismini
me’moriy va badiiy jihozlanishi.
22. Izolyasiya – fransuzcha – isolation – kimnidir yoki nimanidir muxitdan
ajratish.
23. Issiqlik izolyasiyasi –issiqlikni yomon o‘tkazadigan material bilan issiqlikni
yo‘qolishini himoya qilish.
24. Indikator - lotincha – indicator – ko‘rsatuvchi. Muhitning holatini, reaksiyani
ketish jarayonini aniqlab turadi. M.fenolftalenn muhit neytral holatdan ishqorli
holatga o‘tganda rangsizdan qizil ranga o‘tadi.
25. Kvarsit – tog‘ jinsi, tarkibida asosan kvars va peschanniklardan tashkil topgan,
qurilish materiali sifatida, o‘tga chidamli g‘isht tayyorlashda foydalaniladi.
26. Keramzit – grekcha “keramos glina” , gil tuproqli jinslarni pishirib
olinadigan, mayda g‘ovakli sun’iy ko‘pchitilgan material. Uning qumi va
shag‘ali issiqlik o‘tkazmaydigan material sifatida, engil beton tayyorlashda
ishlatiladi.
27. Keramzit beton – engil betonning bir turi, katta o‘lchamdagi qurilish buyumlari
tayyorlanadi.
28. Keramika – grekcha “keramike” gil tuproqdan pishirib tayyorlangan hamma
turdagi buyumlarning nomi. Ular jumlasiga mayolika, terrakota, fayans,
farfor-chinni va boshqalar kiradi.
29. Kern – nemischa “kern” tog‘ jinsi va boshqa materiallardan olingan silindrik
ko‘rinishidagi namuna. U olingan joydagi material haqida to‘liq ma’lumot
beradi.
30. Kizelgur – nemischa “kieselgur” g‘ovak, engil, yumshoq tog‘ jinsi. SHisha
keramika sanoatida foydalaniladi.
31. Klinker – nemischa “klinker” 1.Sun’iy ishlab chiqarilgan Yuqori
mustahkamlik tosh, klinkerli g‘isht, yo‘l qurilishida ishlatiladi; 2. Sement xom
ashyosini Yuqori haroratda eritib tayyorlangan, nogeometrik shakldagi
yarimfabrikat.
32. Karat – nemischa “karat” og‘irlik o‘lchov birligi. Zargarlikda qimmatbaho
metall, tosh o‘lchashda foydalaniladi. 1 karat - 200 mg.
33. Karbo – lotincha Carbo – ko‘mir . murakkab uglerodli so‘zlarning birinchi
bo‘g‘ini. Masalan: karbonatlar, karbidlar.
34. Karbontalar –uglekislotali tuzlar. Masalan: potash, tabiatda kalsit, malahit
va boshqalarning mineralli ko‘rinishida uchraydi. Karbonatlarning katta
miqdordagisi ohaktosh, dolomit va shu kabilar.
35. Karbonizatsiya –eritmani loyli massani is gazi bilan qayta ishlash. Qurilish
materiallarida ohakli bog‘lovchilardan tayyorlangan materiallarni qotishi
tezlashtirish uchun foydalaniladi.
36. Karer – fransuzcha carrier. Foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib olinadigan,
maxsus jihozlar bilan jihozlangan, er qarida biror bir foydali tog‘ jinsi bo‘lgan
joy.
37. Kafel – nemischa kachel - giltuproqni pishirib tayyorlangan yupqa plitka. Ular
sirlangan –glazurlangan va glazurlanmagan bo‘ladi, devor va polni
pardozlashda ishlatiladi.
105
38. Kvars – nemischa Quarz –er yuzida keng tarqalgan minerallardan biri, kremniy
ikki oksidi. Hosil bo‘lish turiga qarab magmatik, cho‘kindi, metamorfik turlari
bor. Rangi xilma xil, asosan optikada, radioelektronikada, keramikada, badiiy
buyumlar tayyorlashda ishlatiladi.
39. Kalkulyasiya – lotincha calculation hisob, hisoblash. Bir birlik bajarilgan ish
yoki mahsulotni tannarxini hisoblash.
40. Kalsiy – lotincha Calx (caleis) – ohak. Birinchi marta so‘ngan ohakdan ajratib
olingan. Kimyoviy element (unsur) belgisi. Sa – oq kumush rangli metall.
Birikma holida tabiatda mel, ohaktosh, marmar, gips toshi va boshqa
ko‘rinishlarda uchraydi.
41. Kalsina – lotincha Calx- ohak, qalay va qo‘rg‘oshinning eritmasi. Glazur
tayyorlashda foydalaniladi.
42. Kalsit -lotincha Calx- ohak. Ohaktoshli shpat mineral, kalsiy karbonatning turi.
43. Kaolin – xitoycha – oq yoki oq ranga yaqin rangli glina.CHinni, fayans
buyumlar tayyorlashdagi asosiy xom ashyo qog‘oz, rezina, mato va boshqa
materiallar tayyorlashda ham foydalaniladi.
44. Kapsel –nemischa kapsel – o‘tga chidamli, (shamotli) idish (korobka).
Sirlangan, glazurlangan chinni, fayans buyumlarni pishirishda foydalaniladi.
45. Komponovat - lotincha – componere - bir necha qismdan bitta yaxlitni
(buyum, mexanizm va hakazo) yasash.
46. Konveyer inglizcha conveyer. 1. To‘xtovsiz yoki davriy harakatlanuvchi
transport qurilmasi. Unda qandaydir material, mashina, jihozlar ketma ket bir
necha ishchilar bilan yig‘iladi. 2. Materiallarni, yuklarni tashish uchun
mo‘ljallangan, metaldan rezinadan va boshqa egiluvchan materialdan
tayyorlangan rolikli, shnekli, kovshlik ma’lum bir uzunlikdagi aylanma harakat
qiluvchi mexanizm.
47. Kondensat – lotincha - condensatum – quyuqlanish, suyuqliklarning bug‘ini
qayta quyuqlanishi maslan suv bug‘ini sovib qayta suvga aylanishi.
48. Konstruktor - mashina, mexanizm, qurilish binolari inshootlarini loyihalovchi,
yaratuvchi shaxs.
49. Konstruksiya - lotincha – construction. 1. Ishlab chiqarishdagi o‘rniga qarab
buyum, mashina, mexanizm, jihozlarni joylashuv o‘rni. 2. Bino va inshootdagi
elementlarning biror bir xossasi, mustahkamligi bo‘yicha turlari. Masalan:
temirbeton, monolit yig‘ma, metal, yog‘och konstruksiyalar.
50. Korroziya – lotincha – Corrosto – emirilish, tashqi muhitdan kimyoviy yoki
elektrokimyoviy ta’sir ostida materiallarning emirilishi.
51. Korund – nemischa Korund – o‘ta qattiq material tarkibida glinozem
(alyuminiy oksidi) temir, xrom, titan, tabiiy aralashmasi bo‘ladi. Materiallarni
kesishda, qumqog‘oz tayyorlashda, rangsiz kristallari qimmatbaho tosh sifatida
ishlatiladi.
52. Kremniy – grekcha – kremnos – qoyalik. Kimyoviy unsur Si, qattiq material, er
qarining 29,5% kremniydan iborat. U silikatlar va kremnezem ko‘rinishida
uchraydi. Sement, chinni, shisha, g‘isht tayyorlashda foydaniladi.
53. Laboratoriya – lotincha - laboratorium. Ilmiy, ishlab chiqarish nazorati, o‘quv
sinovlari o‘tkazish uchun mo‘ljallangan maxsus jihozlangan xona.
106
54. Lyoss - nemischa – Loss – tarkibida mayda glina qum va kalsiy karbonat har
xil miqdorda bo‘lgan, sariq rangli yumshoq tog‘ jinsi.
55. Linoleum – lotincha - limun len, pol uchun material, polimer materialdan
tayyorlangan.
56. Litr fransuzcha litre metrik o‘lchov tizimidagi hajm o‘lchov birligi. 1 l=1
dm
3
=0,001 m
3
.
57. Magma – grekcha – magma. Er qaridan erib chiqqan massa, tarkibida silikatli
birikmalar, gazlar bo‘lgan magmatik tog‘ jinslari.
58. Markirovat - fransuzcha – marguer – belgilamoq. Biror bir buyumga, tamg‘a
quymoq, materialga marka bermoq.
59. Menzurka – lotincha – menzura – o‘lchov. Apteka yoki laboratoriyada
suyuqliklarni o‘lchash idishi.
60. Mergel - nemischa – Mergel – cho‘kindi tog‘ jinsi. Tarkibida 40-60% mayda
kalsitdolomitli
va
giltuproqli
mineral.
Sement
ishlab
chiqarishda
qo‘shimchalarsiz qo‘llaniladi.
61. Mineral – fransuzcha - mineral, lotincha – minera ruda. Er qarida uchraydigan
fizik kimyoviy jarayonlar asosida hosil bo‘lgan fizik kimyoviy tarkibi bo‘yicha
individual bo‘lgan jins. Tog‘ jinslari, ruda va boshqa geologik jinslarning asosi
sanaladi.
62. Mozayka – fransuzcha - mosaique, italyancha – mosaicol. SHisha bo‘laklari,
rangli toshlardan, yog‘ochdan, metall va boshqa materialdan tayyorlangan
badiiy ko‘rinish, ornament.
63. Monolit – grekcha – monolithos – monos – bir + lithos tosh. YAxlit tosh,
imorat va inshootning yaxlit quyilgan joyi.
64. Mramor – lotincha – marmor grekcha – marmaros- yaltiroq. Kristal tog‘ jinsi.
Tarkibida kalsit donalari bo‘lgan metamorfik tog‘ jinsi. Pardoz material.
65. Mullit –SHotlandiyadagi Moll oroli nomidan olingan mineral, murakkab
tarkibli alyuminiy silikati. Sun’iy glinani pishirish va eritib tayyorlangan
andaluzit. Pishirish harorati 1550
0
S va Yuqori.
66. Mundshtuk – nemischa – Mundstuch – apparat va mashinaning oxirgi qismi. U
ishlab chiqarish mahsulotga talab etilgan shakl beradi.
67. Mufel – nemischa – Muffel – ichki tomoniga qizdirish elementlari qo‘yilgan,
o‘tga chidamli g‘isht yoki metaldan tayyorlangan, yopiq kamera yoki idish.
68. Oniks – grekcha onyx. 1.agatning bir turi bo‘lgan mineral, oq qora rangli
qatlamli yarim qimmatbaho tosh. 2. Marmarli oniks mikrokristalik
arogonitning turi bo‘lgan mineral. Oq-sariq qatli yashil rangli mineral bezak
ishlarida, pardozlashda foydalaniladi.
69. Operator - lotincha Operator harakatlanuvchi besh xil ko‘rinishda bo‘lib
bizga talluqlisi. 2. Biror bir qurilma, jihozni boshqarish, xizmat ko‘rsatishni
amalga oshiradigan mutaxasis.
70. Ortoklaz – grekcha orthos to‘g‘ri +klasis sindirish ma’nosini anglatadi.
Alyumosilikatlar guruhiga kirgan mineral, tarkibida kaliylik dala shpatlari
bo‘lib granit, sienit, pegmatit hosil qiluvchi mineral. Keramik materiallar
ishlab chiqarishda bebaho material.
107
71. Oxra - grekcha ochros oqish, sariqroq buyoq tayyorlash uchun tabiiy mineral
bo‘lib tarkibida 15-20 % va undan ko‘p temir oksidi bo‘lgan glina.
72. Parapet - inglizcha parapetto. Baland bo‘lmagan to‘siq. Ko‘prik, tom atrofiga
va boshqa shu kabi joylarga qo‘yiladigan to‘siq. Harbiylarda brustver – to‘siq
uchun ishlatiladigan tosh devor.
73. Parket - fransuzcha parquet. Qattiq tayyorlangan maxsus taxtacha. Pol
tayyorlashda ishlatiladi.
74. Patent – lotincha Patens- ochiq ma’nosini beradi. Ixtiro uchun avtorga,
muallifga berilgan hujjat.
75. Perlit – fransuzcha - perlite. Otqindi tog‘ jinslarini pishirib olinadigan engil
to‘ldiruvchi, issiqlik o‘tkazmaydigan beton, pechlarni, mo‘rilarni issiqlik
izolyasiyasi uchun ishlatiladi.
76. Plastifikatorlar – grekcha - plastos – yopishqoq, plastik + lotincha fasere –
bajarmoq. Materiallarning plastikligini, elastikligini yaxshilovchi qo‘shimcha
SSB, SDB va hakazo.
77. Plintus - grekcha – plinthos plita, plitka. Bino ichidagi pol bilan devor
orasidagi tirqishlarni yopuvchi yog‘och, plastik materialdan tayyorlangan
qurilish materiali.
78. Press lotincha - pressare – bosish, siqish. Materiallarni yaxshi joylashishi
uchun siqish, shaklini o‘zgartirib detal yasash, egish bukish va materiallarni
sinash uchun qo‘llaniladigan mashina va mexanizm.
79. Reklamatsiya – lotincha – reclomatio qoniqmaslik, ma’qullamaslik. Material,
buyum yoki boshqa narsalarni sotgan tashkilot yoki shaxsga nisbatan sotilgan
narsaning sifatsizligi haqida bildirilgan qoniqish hosil qilmaslik.
80. Rekupirator – lotincha – recuperation – orqaga qaytarish, qayta qabul qilish.
Issiqlik almashtirgichlarda, chiqayotgan issiqlikdan qaytdan
81. Rentabel - nemischa – rentabel - qilingan chiqimdan foyda olish. Xo‘jalik
yuritish uchun yaxshi, daromad keltiruvchi ishlab chiqarish.
82. Rigel – nemischa - Riegel- qurilish konstruksiyalarining elementi bo‘lib,
asosan ustunlarni gorizontal biriktirishda ishlatiladi.
83. Ruberoid - lotincha – ruber qizil + grekcha eldos ko‘rinish so‘zlarni anglatadi.
Tombop, gidroizolyasiyada ishlatiladigan, karton qog‘oz asosli bitum bilan
qoplanib ustiga mineral kukun sepilgan material.
84. Saman - turkiy cebon, shu kabi boshqa tolali qo‘shimcha qo‘shib
tayyorlangan havoda quritilgan giltuproqdan tayyorlangan g‘isht.
85. Sertifikat fransuzcha certificat, lotincha certurm to‘g‘ri + facere bajarmoq.
Biror bir buyum, materialning sifatiga javob beradigan hujjat.
86. Standart – inglizcha Standard – namuna, etalon, model. Asosiy mahsulot
shunga boshqa shu kabi ishlab chiqarilgan mahsulotlar taqqoslanadi.
87. Suspenziya – lotincha suspension – mualloq holat. Suyuqlik ichida mayda
qattiq jinslarni mualloq holatda bo‘lishi. Masalan giltuproqli loyqa suv.
88. Sxema – grekcha – schema namuna, ko‘rinish, qolip. Biror bir qurilma,
texnologik jarayondagi tizimni qurilmalar yoki jihozlarni ketma-ket
joylashish chizmasi.
108
89. Talk – nemischa – talk – silikat magniy, yog‘li ko‘rinishdagi o‘ta yumshoq
mineral. Ko‘p sanoatlarda qo‘llaniladi, jumladan o‘tga chidamli g‘isht ishlab
chiqarishda foydalaniladi.
90. Texnologiya – grekcha – techne – san’at, mahorat + logiya - ishlab chiqarish
jarayonida xom ashyo, yarimfabrikatlar, xossalari, holatini o‘zgarishi
tayyorlash usullari, ishlov berish turlarining jamlanmasi. Masalan: sement
ishlab chiqarish jarayonidagi texnologiyalar.
91. Torketlash – lotincha - (tec) tor – suvoq + (con) cret – zichlashtirish.
Betondan zich qoplama qoplash. O‘tga chidamli giltuproqdan Yuqori
bosimgacha
havo
yordamida
yuzaga
ishlov
berish.Qozonxonadagi
o‘choqlarni suvoq qilishda foydalaniladi.
92. Torketbeton - qurilish konstruksiyalari bilan yuzasiga torketlash usulida beton
qorishmasi qoplash, sement pushka yordamida qoliplarni to‘ldirish.
93. Travertin - itolyancha - travertino – ohaktoshli tuf kalsiy karbonatning
g‘ovakli yig‘indisi. Pardozlash qurilish materiali sifatida foydalaniladi.
94. Traversa - fransuzcha – traverse. Qurilish, qurilish materiallari ishlab
chiqarishda ko‘tarish mexanizmlarining gorizontal holatda turadigan yuk
ko‘tarish moslamasi.
95. Tuf - lotincha – tofus. Har xil holat hosil bo‘lgan tog‘ jinslarining umumiy
nomi. Ohakli tuf engil g‘ovak tog‘ jinsi. Vulqon tufi vulqon natijasida hosil
bo‘lgan engil, g‘ovak tog‘ jinsi. Kremniyli tuf qurilish materiali sifatida
foydalaniladigan issif yoki iliq joylarda hosil bo‘lgan aralashma.
96. Ultramarin – nemischa – Ultramarun - lotincha – Ultra juda, o‘ta + marinus
dengizniki ko‘k pegment, kaolin, soda, oltingugurt ko‘mirni aralashmasini
eritib tayyorlanadi. Buyoq, linoneumga, rezinaga, sement plitkalarga va
boshqa sohalarda buyoq sifatida foydalaniladi.
|