90
3. Maxmudova N.A. Quruq qorishmalar texnologiyasi. О‘quv qо‘llanma,
Toshkent-2013 yil.
6-AMALIY MASHG‘ULOT: RANGDOR OHAK-QUM SUVOG‘I
BILAN SUVASH
Rangdor ohak-qum suvog‘ini ohak hamiridan bog‘lovchi sifatida
foydalanilgan holda tayyorlanadi. Unga 10-15 % sement va tegishli miqdorda
pigmentlar qo‘shiladi. Qum to‘ldirgich sifatida ishlatiladi. Qum zarralarining
kattaligi 0, 3-0, 6 mm bo‘lishi kerak (silliq faktura uchun).
Sepma qatlam qilib chaplanadigan fakturalar uchun yirik zarrali qumlar
ishlatiladi. Rangdor ohak-qum suvog‘i chala qotgan yoki qotmagan holda kerakli
fakturalar olish uchun ishlatiladi. Faktura siklyalar tishining balandligi 2-3 mmdan
oshmaydigan po‘lat plastinkalar yordamida ishlatiladi. Siklyalar har xil bo‘ladi,
ularning tishlari suvoqqa botib kirishi uchun ular ma’lum kuch bilan bosiladi.
Valik bilan pardozlash-suvoq yuzasida takrorlanuvchi bir xil shakl hosil
qilish imkonini beradi. Valiklar yog‘och, rezina, metalldan yasaladi. Valiklar
rejacho‘p yoki andava bo‘ylab g‘ildiratiladi. Qorishma valiklarga yopishmasligi
uchun ularga sovun emulsiyasi yoki mashina moyi surkash tavsiya etiladi.
Sepma pardoz ham xuddi shunday ketma-ketlikda bajariladi. Bunday pardoz
uchun mo‘ljallangan yuzada jo‘yaklar o‘yiladi. Sepish uchun qaymoqsimon
qorishma tayyorlanadi. Qorishma oqib ketmasligi uchun unga yirik qum, mayda
shag‘al va g‘isht uvog‘i qo‘shiladi. Rangdor sepma hosil qilish uchun quruq
bo‘yoqlar qo‘shiladi. So‘ngra to‘rdan o‘tkazib yoki supurgi yordamida sepiladi.
Aralash fakturalar rangdor ohak-qum qorishmalarini chaplash va keyin
yuzalarni suvoqchilik kurakchasi bilan turli yo‘nalishlarda kertish, shtamplash va
sepish yo‘li bilan hosil ilinadi.