|
G‘isht SPUR 150/25 STB 1228
|
bet | 10/11 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 136,43 Kb. | | #150402 |
Bog'liq Sopol materiallarining xossalariG‘isht SPUR 150/25 STB 1228 ______________________________
Sopol materiallar bo‘yicha misol va masalalar.
Masala №1
Berilgan
Sopol g‘ishtni haqiqiy zichligi 2600 kg/m3 va chig‘anoqli ohaktoshning haqiqiy zichligi 2700 kg/m3 tashkil etadi. SHuningdek sopol g‘ishtining o‘rtacha zichligi chig‘anoqli ohaktoshning o‘rtacha zichligidan 20% ga, massaviy suv shimuvchanligi 2 barobar katta.
Aniqlansin
YUqoridagi ma’lumotlardan foydalanib, sopol g‘isht va chig‘anoqli ohaktoshlarning o‘zaro g‘ovakliklari taqqoslansin.
Masala №2
Berilgan
G‘ishtli devorni suvoq qilish lozim. Suvoq qilinadigan yuza 5x3 m = 15 m2 ni va qorishma zichligi 1,7 g/sm3 ni tashkil etadi.
Aniqlansin
YUqoridagi keltirilgan devor yuzasini 7 mm qalinlikda suvoq qilish uchun qancha miqdorda suvoq qorishmasi talab qilinadi?
Masala №3
Berilgan
O‘lchamlari 4x4x0,4 m bo‘lgan temirbeton plitasi chetki qirrasi burchaklari bilan ko‘ndalang kesimi 50x50 sm bo‘lgan g‘ishtli ustun ustiga o‘rnatilgan. G‘ishtli ustunlar balandligi 6,5 m ni tashkil etadi. Ushbu temir beton plitasi markaziga beton qorishmasi bilan 2/3 hajmga to‘ldirilgan 2 m3 li bunker qo‘yilgan. Beton qorishmasisiz bunkerning og‘irligi 98 kg ni tashkil etadi.
Aniqlansin_Ushbu_keramik_g‘ishtning_kapillyar_(diffuzion)_suv_shimuvchanligi_aniqlansin.____Masala_№6__Berilgan'>Aniqlansin
Ushbu plita ustidagi yuk, plita va g‘ishtli ustunlardan fundament (poydevor) sathiga tushadigan yuklanishlar aniqlansin. Hisoblashlarda temirbetonning o‘rtacha og‘irligi 2,5 t/m3, g‘isht teriminiki 1700 kg/m3 va beton qorishmasiniki 2400 kg/m3 ga teng ekanligi e’tiborga olinsin.
Masala №4
Berilgan
Humdonda pishirilgan yuqori g‘ovakli g‘ishtning og‘irligi 2310 g. ni tashkil etgan. Uzoq vaqt omborxonada saqlangan ushbu g‘ishtning og‘irligi 2314 g. ga o‘zgargan.
Aniqlansin
G‘ishtni sorbsion (muvozanatlashgan) namligi aniqlansin.
Masala №5
Berilgan
Absolyut quruq holatda og‘irligi 2710 g bo‘lgan keramik g‘ishtni kichik yon tomoni (uzun buyi) bilan 1 sm chuqurlikga ega suv ichiga 5 sutkada solib qo‘yildi, so‘ngra olib tarozida tortilganda 2780 g og‘irlikga ega bo‘ldi.
Aniqlansin
Ushbu keramik g‘ishtning kapillyar (diffuzion) suv shimuvchanligi aniqlansin.
Masala №6
Berilgan
Tashqi devor sopol g‘ishtdan barpo qilish rejalashtirilgan. Foydalaniladigan g‘ishtning o‘rtacha zichligi 1650 kg/m3 ni tashkil etadi.
Aniqlansin
DAST (GOST) 30494-2011 bo‘yicha devor termik qarshiligi R = 3,05 Vt/(m·°S) bo‘lishini ta’minlash uchun tashqi devor qalinligi qancha bo‘lishi kerak?
Masala №7
Berilgan
Standart o‘lchamlari 250x120x65 mm bo‘lgan loy g‘ishtni sinashga tayyorlandi.
G‘ishtni sinash uchun tayanchlar orasi 200 mm ni tashkil etadi.
Aniqlansin
Agar buzuvchi kuch 380 kgs bo‘lsa, g‘ishtning egilishdagi chegaraviy mustahkamlik chegarasi qanchaga teng bo‘ladi?
Masala №8
Berilgan
Sopol g‘ishtning siqilishdagi mustahkamligi quruq holatda 14,4 MPa ga teng. Suvga to‘liq shimdirilgandan so‘ng sopol g‘ishtning yumshash koeffitsienti – 0,87 deb qabul qilinsin.
Aniqlansin
Ushbu sopol g‘isht suvga to‘liq shimdirilgandan so‘ng siqilishdagi mustahkamligi qanchaga kamayishi mumkin?
|
| |