|
-ish. Oddiy loy g‘ishtning xossalarini o‘rganish
|
bet | 5/11 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 136,43 Kb. | | #150402 |
Bog'liq Sopol materiallarining xossalari 1-ish. Oddiy loy g‘ishtning xossalarini o‘rganish.
Oddiy loydan pishirilgan g‘isht qurilishda ishlatiladigan eng ko‘p tarqalgan sopol buyumlardan biridir.
Oddiy g‘isht gil tuproq va qo‘shimchalardan qoliplash (presslash), quritish va pishirish yo‘li bilan olinadi. U to‘g‘ri burchakli parallelopiped shaklida bo‘lib, standart o‘lchamlari 250x120x65 mm bo‘lishi kerak.
1
1-rasm.
Oddiy spool g’isht.
)O‘zbRST 530-96 talabiga ko‘ra g‘ishtning o‘lchamlari belgilangan standartdan quyidagicha og‘ishiga ruxsat beriladi: qoliplash yo‘li bilan olingan g‘ishtlar: uzunligi +7 mm, eniga +5 mm, qalinligi +3 mm. Presslash yo‘li bilan olingan g‘ishtlar: uzunligi +5 mm, eniga +4 mm, qalinligi +3 mm.
G‘ishtni geometrik o‘lchamidagi qiyshiqlar va pishganlik darajasi DAST talablariga muvofiq bo‘lishi kerak;
2) G‘ishtlarning massasiga nisbatan suv shimuvchanligi 8 % dan kam bo‘lmasligi kerak (markasi "150" dan yuqori bo‘lgan g‘ishtlar uchun 5 % dan kam bo‘lmasligi kerak);
3) Sovuqqa chidamliligi (morozostoykost) bo‘yicha g‘ishtlar 4 xil markaga bo‘linadi: Mrz 15; Mrz 25; Mrz 35; Mrz 50;
4) G‘ishtlar siqilishdagi va egilishdagi mustahkamligi jihatidan DAST talabiga javob berishi kerak.
O‘zbRST 530-95 talabiga ko‘ra g‘ishtning 7 markasi ishlab chiqiladi: 300; 250; 200; 150; 125; 100; 75.
Ishni bajarish tartibi.
Har qaysi brigada g‘ishtlarning tashqi nuqsonlarini aniqlab ularni DAST talablari bilan solishtirib ko‘radi, g‘ishtlarning suv shimuvchanligini aniqlab jadvalni to‘ldiradi.
SHundan keyin studentlar g‘ishtning markasini va sovuqqa chidamliligini aniqlash metodlari bilan tanishadi va bu temalarga muvofiq masalalar echadilar.
2 -ish. G‘ishtning tashqi nuqsonlarini aniqlash.
Ishni bajarish uchun g‘ishtlar to‘plami orasidan 5 dona g‘isht tanlab olinadi va metall lineyka yordamida ularning bo‘yi, eni, uzunligi 1 mm gacha aniqlik bilan o‘lchanadi. O‘lchashlar natijasida g‘ishtning DAST talabiga muvofiq kelishi aniqlanadi Ishning natijalari. 2-jadvalga yoziladi.
2-jadval.
TT/r
|
O‘lchash natijalari
|
DASTga muvofiqligi
|
G‘ishtning o‘lchamlari (mm)
|
O‘lchamlarning og‘ishi (mm)
|
uzunligi
|
eni
|
qalinligi
|
uzunligiga ko‘ra
|
eniga ko‘ra
|
qalinligiga ko‘ra
|
3
4
5
|
|
|
|
|
|
|
|
|
| |