• Ishning maqsadi
  • 1 -jadval
  • Sopol materiallarning xossalari




    Download 136,43 Kb.
    bet4/11
    Sana02.02.2024
    Hajmi136,43 Kb.
    #150402
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Sopol materiallarining xossalari

    Sopol materiallarning xossalari.

    Sopol materiallar deb giltuproqdan qoliplash va pishirish yo‘li bilan olinadigan materillarga aytiladi.


    Sopol buyumlar uchun xom ashyo sifatida gil tuproq ishlatiladi. Gil tuproqning xossalarini yaxshilash uchun unga har-xil qo‘shimchalar qo‘shiladi.
    Qurilishda ishlatiladigan sopol buyumlar quyidagi turlarga bo‘linadi:
    1.Tuzilishiga ko‘ra:
    a) g‘ovak buyumlar – ularning suv shimuvchanligi 5 % dan ko‘p bo‘lib, pishirish temperaturasi 950-1050°C;
    b) zich buyumlar – ularning suv shimuvchanligi 5 % gacha, pishirish temperaturasi 1200°C va undan yuqori bo‘ladi.
    2.Ishlatilishiga ko‘ra sopol buyumlar quyidagilarga bo‘linadi:
    a) devorbop buyumlar – ular oddiy loy g‘isht, ichi kovak g‘isht, engil g‘isht, sopol toshlar va bloklar;
    b) tashqi devorlarni yuzalash (bezash) uchun ishlatiladigan buyumlar – pardozbop g‘isht, plitkalar;
    v) ichki devor va pollarni yuzalash uchun ishlatiladigan buyumlar har-xil o‘lcham va shakldagi plitkalar;
    g) tom uchun ishlatiladigan buyumlar – cherepitsa;
    d) sanitar-texnik buyumlar - vannalar, umivalnik, unitaz;
    e) kanalizatsiya va drenaj quvurlari;
    v) maxsus buyumlar – o‘tga chidamli, kislotaga chidamli, elektr o‘tkazmaydigan buyumlar.
    3.Ishlab chiqarish usuliga qarab sopol buyumlar 2 guruhga bo‘linadi:
    a) mayin sopol buyumlar – ularga chinni buyumlar kiradi;
    b) dag‘al sopol buyumlar – ularga g‘isht, plitkalar va h.k.


    Ishning maqsadi: Laboratoriya mashg‘uloti yordamida talabalar qurilishda ishlatiladigan sopol buyumlarning asosiy xossalarini o‘rganadilar, ularni aniqlash usullari bilan tanishadilar va masalalar echish yo‘li bilan olgan bilimlarini mustahkamlaydilar.


    Sopol buyumlarning asosiy xossalari.


    Har qaysi brigada sopol buyumlar kolleksiyasi bilan tanishib, ularning xossalarini o‘rganadi va quyidagi jadvalni to‘ldiradi:




    1-jadval



    Buyumlar-ning nomi

    O‘lchamlari

    Tashqi ko‘rinishi

    O‘rtacha zichligi,
    kg/m3

    Suv shimuv­chanligi, %

    Markasi

    Sovuqqa chidamliligi

    Issiq o‘tkazuvchan-lik koeffitsienti, vt/m0C

    Ishlatilishi

    1.
    2.
    3.
    4.
    5.































    Download 136,43 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 136,43 Kb.