• Qum turlari: Tabiiy qum
  • Maydalangan qum
  • Maydalashda olingan qum
  • QUM IShLAB ChIQARISh TEXNOLOGIYaSI




    Download 0,57 Mb.
    bet2/4
    Sana06.10.2024
    Hajmi0,57 Mb.
    #273734
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Xudoynazarov Xudoynazar 20

    2. QUM IShLAB ChIQARISh TEXNOLOGIYaSI
    Qum
    Og’ir beton uchun mayda to’ldirgich sifatida tabiiy qumdan foydalaniladi.
    Qum tog’ jinslarining tabiiy emirilishi natijasida vujudga kelgan, yirikligi 0,14 dan 5 mm gacha bo’lgan donalaming maydalanuvchan aralashmasidan iborat.
    Cho’kindi tog’ jinslari asosida qum va shag’al yuzaga keladi va ular beton uchun eng arzon to’ldiruvchilar hisoblanadi. Kvars qumlar deb tarkibida kvars miqdori 60% dan ko’p bo’lgan qumlarga aytiladi. Tarkibida 50% gacha dala shpati donalari bo’lgan qumga kvars - dalashpati qumi deyiladi.
    Ko’p miqdorda qazib olinadigan qum va shag’al konlari allyuvial kelib chiqishga ega. Ular daryo o’zanlarida xosil bo’ladi. Shu narsa ma’lumki, oqimning tezligidan kelib chiqib suv katta yoki kichik tog’ jinsi donalarini bir joydan ikkinchi joyga oqizishi mumkin. Shu sababli suv oqimi qum va shag’alni bir joyga yig’ishi bilan bir qatorda uni yuvadi va navlarga ajratadi.
    Shamol ta’sirida (barxan shamoli) vujudga keladigan Eoll qumlarning betonlarda qo’llash chegaralangan. Chunki bu qumlar juda mayda bo’lib, donalari o’ta silliq yuzaga ega, bu esa ularning sement toshida birikishini yomonlashtiradi.
    Qum turlari:
    Tabiiy qum - 5 mm gacha yiriklikdagi noorganik sochiluvchi material, qoya tog’ jinslarini tabiiy buzilishi (emirilishi) natijasida xosil bo’ladi va qumli, qum-shag’alli aralashmalaridan maxsus mashina va mexanizmlar yordamida qazib olinadi yoki suv xavzvlarida xosil bo’ladi.
    Maydalangan qum - 5 mm gacha yiriklikdagi qum, maxsus maydalash jihozlari yordamitda qoya tog’ jinslaridan va shag’aldan tayyorlanadi.
    Fraksiyalangan qum - maxsus jihozlar yordamida ikkita yoki undan ko’p fraksiyalarga ajratilgan qum. (Tabiiy yoki sortifikatsiyalash uskunalaridan foydalanib olingan qum, fraksiyalarga bo’linganda (misol uchun, 2,5-5 mm, 1,25¬2,5mm va b.) qum “fraksiyalangan qum” deb nomlanadi.)
    Maydalashda olingan qum - 5 mm gacha yiriklikdagi noorganik sochiluvchi material, qoya tog’ jinslaridan chaqiq tosh ishlab chiqarishda xosil bo’ladigan va sanoat chiqindilarini boyitishda olinadigan qum.

    Download 0,57 Mb.
    1   2   3   4




    Download 0,57 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    QUM IShLAB ChIQARISh TEXNOLOGIYaSI

    Download 0,57 Mb.