Qumga quyiladigan talablar




Download 0,57 Mb.
bet4/4
Sana06.10.2024
Hajmi0,57 Mb.
#273734
1   2   3   4
Bog'liq
Xudoynazarov Xudoynazar 20

Qumga quyiladigan talablar
Og’ir beton tayyorlash uchun ishlatiladigan qum sifati asosan donalarining tarkibi va zararli aralashmalar bilan aniqlanadi. Qumning dona (granulometrik) tarkibi sementni kam sarflab kerakli markadagi beton hosil qilish uchun katta ahmiyatga ega. Og’ir betonda qum yirik to’ldirgich donalarining orasidagi bo’sh joylarni to’ldiradi, shu bilan birga qum donalarining orasidagi barcha bo’sh joylar sement qorishmasi bilan to’ldirilgan bo’lishi kerak. Bundan tashqari shu qorishmaning o’zi bilan barcha zarrachalarning yuzasi qoplangan bo’lishi kerak. Sement qorishmasini tejash uchun bo’sh joyi ham, zarrachalarining jami yuzasi ham juda kichik bo’lgan qumlarni ishlatish lozim.
Og’ir beton tayyorlash uchun yiriklik moduli 2-3,25 bo’lgan yirik va o’rtacha qumlar tavsiya qilinadi. Beton uchun mayda va ayniqsa, juda mayda qumlardan foydalanishga faqat ularni ishlatilishi maqsadga muvofiqligini texnik- iqtisodiy jihatdan asoslangandan keyin ruxsat etiladi.
Qumning o’rtacha zichligi uning g’ovakligi va namligiga bog’liq. Qum g’ovakligi qancha past bo’lsa, uning o’rtacha zichligi shunchalik yuqori bo’ladi, shu sababli o’rtacha zichlik darajasi bo’yicha qumning donadorligi sifatini baholash mumkin.
Odatda yumshoq quruq kvars qumning o’rtacha zichligi 15001550 kg/m3, zichlangan qumning o’rtacha zichligi 1600-1700 kg/m3 atrofida o’zgarib turadi. Bundan tashqari qumning o’rtacha zichligi ma’lum darajada donalarning qanday tuzilganligini ko’rsatadi. Masalan, zich, mustahkam va sovuqqa chidamli donador qumlarning o ’rtacha zichligi yuqori (kamida 1550 kg/m3) bo’ladi. Bunday qumlar o’ta mustahkam va sovuqqa chidamli betonlar tayyorlash uchun ishlatiladi. Kvars qumning eng past o’rtacha zichligi uning 5-7 % namligiga mos keladi. Bu holni qumni odatdagidek me ’yorlashda, shuningdek, uni qabul qilishda hisobga olish lozim.
Beton uchun belgilangan qum sifati donadorligi bilangina emas, balki uning tarkibida zararli aralashmalar (gil va chang zarrachalar, organik aralashmalar, sulfatli va sulfat kislotali birikmalar) bo ’lishi bilan ham aniqlanadi. Aralashmalar miqdori standartda belgilanganidan yuqori bo’lmasligi keak.
Qum, bu mayda to’ldiruvchi bo’lib, uning tabiiy (boyitilgan va fraksiyalangan) va maydalangan (boyitilgan, fraksiyalangan, shu bilan birga tog’ jinslarini shag’alga aylantirishdagi maydalash chiqindilari) turlari mavjud.
Betonda qumni optimal miqdorda ishlatganda sement sarfini kamaytirishga va mustahkamlikni oshirishga erishiladi. Oddiy og’ir beton uchun uyilma zichligi 1400kg/m3 dan yuqori va dona zichligi 2.0 g/sm3 dan yuqori qumlar ishlatiladi.
Qumning zarraviy tarkibiga ko’ra, yiriklik bo’yicha GOST 8736-93 p.4.3.1 ga asosan guruhlarga ajratiladi:
Donalari yirikligi bo 'yicha qumning guruxi
2.1-jadval

Qum

Yiriklik moduli

0.63mm ko’zli

elakda qolgan to’liq qoldiq, %

O’ta yirik

3 - 3.5

65 - 75

Yirik

2.5 - 3

45 - 65

O’rta

2 - 2.5

30 - 45

Mayda

1.5 - 2

10 - 30

O’ta mayda

1 - 1.5

10 gacha

Oddiy og ’ir beton uchun qumning donadorlik tarkibi QMQ bo ’yicha quyidagi talablarga javob berishi kerak:
2.2-jadval

Nazorat elaklar

2,5

1,25

0,63

0,315

0,16

ko’zi o’lchami, mm

Nazorat elakdagi

0 - 20

5 - 45

20 - 70

35 - 90

90 - 100

to’la qoldiq A, %

Shu sababli 0,16 mm ko’zli elakdan 10% dan ko’p bo’lmagan qum namunasi o’tishi kerak.
Qumning donadorlik yoki granulometrik tarkibi unda mavjud turli yiriklikdagi donalar bilan xarakterlanadi va o’rtacha qum namunasini standart elaklardan elab aniqlanadi. Qumni elash quyidagi ko’zli standart elaklarda amalga oshiriladi: 10mm; 5mm; 2,5mm; 1,25mm; 0,63mm; 0,315mm; 0,16mm.
10mm va 5mm elaklar qum tarkibidagi shag’al va chaqiq toshlami ajratish uchun ishlatiladi.
10mm dan katta donalar 0,5% (massa bo’yicha) gacha ruxsat etiladi, 5mm dan yirigi esa:
- tabiiy qumda - 10% gacha;
- maydalash chiqindilari asosidagi qumda - 19% gacha; - boyitilgan qumlarda - 5% gacha.
Qumlarning donadorlik tarkibi 5mm ko’zli elakdan elab, yirik qo’shimchalarni ajratib aniqlanadi.
Quruq qumdan olingan namunaning 1000g massasini 2,5mm li elakka solinadi, uning ostida boshqa ko ’zli elaklar joylashtiriladi (kichik ko’zli elaklar ketma-ketligida) va ostiga chiqindini yig’ish idishi qo’yiladi. Qum namunasini elaklar to’plamidan mexanik usulda va qo’lda titratib o’tkaziladi, natijada elaklarda qolgan ayrim qoldiq aniqlanadi. Ayrim qoldiq qum namunasining umumiy massasi bo’yicha foizda beriladi. Shundan so’ng elaklardagi to’la qoldiq aniqlanadi. To’la qoldiq shu elakdagi va nisbatan yirik ko’zli barcha elaklardagi ayrim qoldiqlarning yig’indisi bilan ifodalanadi.
Qumlarning donadorlik tarkibi 5mm ko’zli elakdan elab, yirik qo’shimchalarni ajratib aniqlanadi (rasm-2.2).
Rasm-2.2. Standart elaklarda qolgan ayrim va to ’la qoldiq: a - ayrim qoldiq; b - to’la qoldiq
O’zRST 728-96 “Og’ir va mayda to’ldirgichli beton” talablarining rasm- 4.2.da berilgan grafikda konkret olingan qumning donadorlik tarkibini aniqlash uchun natijalar qo’yiladi va agar bu egri chiziq grafikda berilgan chegaradan chiqmasa(standartda berilgan), bu qum beton uchun yaroqli hisoblanadi.
Qumning donadorlik tarkibi yiriklik moduli bilan ham ifodalanadi:
Download 0,57 Mb.
1   2   3   4




Download 0,57 Mb.