Har qanday ekstremal vaziyatlarda qutqaruv va birlamchi tiklov omillarini ishlab chiqich va amalga oshirish




Download 40.51 Kb.
bet4/10
Sana18.08.2023
Hajmi40.51 Kb.
#78894
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
15-ma\'ruza. Avariya-qutqaruv
Р. Р. Ибраимов “Система с двумя объектами”, The Mobilization State, Microsoft Word Document, 6-laboratoriya variant, БЖД практика, Microsoft Word Document, Ikramov, Fizika sirtqi II qism, мехатроника, амалиеттитул, Презентация-Microsoft-PowerPoint, 2-MA\'RUZA, 9-sinf Sinf soati, 1 Xorijiy investitsiyalar iqtisodiy mazmuni, Amaliy topshiriq
2.Har qanday ekstremal vaziyatlarda qutqaruv va birlamchi tiklov omillarini ishlab chiqich va amalga oshirish.
Buning uchun bir tomonlama harakatlanuvchan yо‘llar 3-3,5 m kenglikda, ikki tomonlama harakatlanuvchan yо‘llar uchun esa 6-6,5 m kenglikda tozalanadi va ochiladi. Bunday yо‘llarda har 150-200 m.ga 15-20 m uzunlikdagi razyezdlar qо‘yiladi. Yо‘l va yо‘laklarni tozalashda barcha mexanizmlar (buldozer, kranlar va boshqalar) bilan ish kо‘rilib, yong‘inga qarshi tuzilmalar ham birgalikda harakatlanib, yonayotgan inshootlarni о‘chiradi.Keyin buzilgan binolar, yer ostida qolgan odamlar va yong‘inli uyda qolib ketgan fuqarolarni qutqarish harbiylashgan fuqaro muhofazasi qismlari va tuzilmalari tomonidan amalga oshiriladi, bunda ishga yaroqli fuqarolar ham ishtirok etadilar. Buning uchun darhol razvedka ma’lumotlariga qarab inshootlarda qolgan odamlar bilan turli xil uslublar orqali aloqa bog‘lanadi. Masalan, havo kiradigan teshiklar, devor, eshik, suv va issiqlik ta’minoti quvurlarini tiqqilatish orqali. Yer ostidagi, himoya inshootlaridagi odamlarni qutqarishdan oldin unga havo beriladi. Buning uchun havo beruvchi teshiklar tozalanadi yoki devorlardan teshik hosil qilinadi.
Boshpanalarini ochish usullari, uning tuzulishiga va shikastlanish darajasiga qarab tanlanadi. Ya’ni inshootning chidamliligi, yon tomondanmi, qо‘shimcha eshik tomoni ochiladimi, devorlari teshilib, yо‘lakcha hosil qilinadimi yoki boshqa yо‘llari tayyorlanadimi, bular о‘sha inshootning ahvolidan kelib chiqqan holda tanlanadi. Keyin shu inshootlardagi odamlar qutqarilib, ularga tibbiy yordam kо‘rsatiladi.
Xuddi shunga о‘xshash ishlar tinchlik davrida ham, tabiiy ofatlar, kuchli yer silkinishi natijasida ham olib boriladi. Masalan, Afg‘oniston, Meksika, Armaniston, Hindiston va boshqa yer silkinishlari ni yodga olish mumkin. Bu yerlarda yer ostida qolgan odamlarni qutqarishda juda katta (16 t) yuk kо‘targichlari, projektorlar tunu kun ishladilar. Buzilgan joylarda qolgan odamlarni 2-3 hafta davomida qutqarilgan va yashayotgan fuqarolar borligi aniqlangan. Masalan, 1985 yil Meksikada bо‘lgan yer silkinishi oqibatida 13 sutkagacha harobalar ostida qolib ketgan 4,5 ming odam qutqarilgan. Armanistondagi yer silkinishida esa 5 kundan keyin qutqarilganlar soni 5398 kishini tashkil etgan. Bu falokatda Fransiya, Angliya, AQSH, Shveytsariya va boshqa davlatlarning qutqaruv qismlari ishtirok etdilar va о‘zlarining eng zamonaviy uskunalari hamda boshqa vositalardan foydalanishi, bir qancha odamlarni tirik saqlab qolganlari ma’lum.
Yuqorida aytib о‘tilgan shikastlangan о‘choqlarda faqatgina qutqaruv ishlarini bajarmasdan, birlamchi avariyani tiklov ishlari ham bajariladiki, bunda qutqaruv ishlariga halaqit beruvchi avariyalar hamda yangi falokatlarni keltirib chiqaruvchi avariya va talofotlanishlarning oldi olinadi. Chunki bular oqibatida fuqarolar qо‘shimcha talofot olishlari mumkin. Buning uchun suv tarmog‘i kanalizatsiyasi, gaz, elektrtarmoqlaridagi avariyani tuzatuvchi tuzilmalar ham jalb qilinadi. Albatta, bu ishlarga umummaqsadli tuzliamlar ham jalb etiladi. Yuqoridagi avariyalarning oldini olishni asosiy yо‘li bu shikastlangan uchastkalarga suv, gaz, elektr va boshqa sabab bo’lishi mumkin bo’lgan omillarni kelishini tо‘sish hisoblanadi. Bunda turli xildagi tо‘sish omillaridan foydalaniladi. Masalan, inshootlarning devorlari turli xildagi tirgovuchlar orqali mustahkamlanadi, buziladiganlar esa tamoman buzib tashlanadi. Chunki bu ishlarni qilmasdan turib, odamlarni qutqarish xavfli hisoblanadi.

Download 40.51 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 40.51 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Har qanday ekstremal vaziyatlarda qutqaruv va birlamchi tiklov omillarini ishlab chiqich va amalga oshirish

Download 40.51 Kb.