• Qutqaruv va birlamchi tiklash ishlarini shikastlangan о‘choqda olib borish usullari.
  • Bajariladigan ishlarni tavsifiga qarab mexanizmlarni quyidagi guruhlarga bо‘lish mumkin




    Download 40.51 Kb.
    bet3/10
    Sana18.08.2023
    Hajmi40.51 Kb.
    #78894
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    15-ma\'ruza. Avariya-qutqaruv
    Р. Р. Ибраимов “Система с двумя объектами”, The Mobilization State, Microsoft Word Document, 6-laboratoriya variant, БЖД практика, Microsoft Word Document, Ikramov, Fizika sirtqi II qism, мехатроника, амалиеттитул, Презентация-Microsoft-PowerPoint, 2-MA\'RUZA, 9-sinf Sinf soati, 1 Xorijiy investitsiyalar iqtisodiy mazmuni, Amaliy topshiriq
    Bajariladigan ishlarni tavsifiga qarab mexanizmlarni quyidagi guruhlarga bо‘lish mumkin:

    • bosib qolgan himoya inshootlarini ochish, tо‘silib qolgan, bosib qolgan joylarni ochish va tozalash, yо‘llarni tozalashda ishlatiladigan mashina va mexanizmlar (ekskavatorlar, traktorlar, buldozerlar, kranlar, yuk tashuvchi mashinalar va boshqalar).

    • bosib qolgan chiqish joylari tо‘silib qolgan inshootlarda teshik ochish uchun ishlatiladigan pnevmatik jihozlar (parmalaydigan va urib sindiradigan bolg‘alar).

    • metallarni kesuvchi jihozlar.

    • suv haydaydigan mexanizmlar (nasoslar, suv sepadigan mashinalar, yong‘inni о‘chiruvchi va boshqalar)

    • suv yо‘llari oqali tashuvchi mexanizmlar (paromlar, trayler-tyagachlar, yuk tashuvchi pritseplar)

    • ta’mirlovchi va xizmat qiluvchi jihozlar (ta’mirlovchi qismlar, benzin, suv quyish, yorituvchi maskanlarda va xizmat kо‘rsatuvchi maskanlarda qо‘llaniladigan jihoz va mexanizmlar).

    QBTI ishlarini muvaffaqiyatli bajarishda mexanizm va mashinalardan oqilona foydalanishdan tashqari, razvedka ishlarini о‘z vaqtida tashkil etib о‘tkazishi, kо‘rsatilgan muddatda ishonchli ma’lumotlarga ega bо‘lishi, shikastlangan о‘choqda bajarilishi lozim bо‘lgan ishlarga tuzilmalarni jalb etilishi, ishlarni bajarishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilinishi, tuzilma boshliqlarining shikastlangan о‘choqdagi ishlarning tavsifini oldindan о‘rganishi, kommunal-energetik va texnologik jarayonlarga e’tibor berishi, hududda saqlanadigan KTZM о‘rni, himoya inshootlarining joyi, tavsifnomasi va boshqa vazifalarga katta e’tibor beriladi.
    QBTI ishlari о‘sha obyektning fuqaro muhofazasi shtabi tomonidan oldindan rejalashtiriladi va favqulodda holatda qо‘l ostidagi kuchlar, mablag‘lar, texnikalar, bajaradigan ish hajmi aniqlashtiriladi.
    Qutqaruv va birlamchi tiklash ishlarini shikastlangan о‘choqda olib borish usullari. Ma’lumki, QBTIni bajarish usullari va qoidalari, о‘sha shikastlangan о‘choqda harakatlanuvchan tuzilmalarga halaqit beruvchi omillar darajasiga qarab tanlanadi. Jumladan, shikastlangan inshootlarni tavsifiga, kommunal, energetik va texnologik tarmoqlardagi avariya darajasiga, о‘sha joydagi radiaktiv va kimyoviy zararlanish darajasi hamda yong‘in miqyosiga qarab usullar tanlanadi. Chunki radiaktiv, kimyoviy va biologik shikastlangan о‘choqlarda shikastlanish har xil darajada va miqyosda bо‘lganligidan QBTI usullari ham har xil tartibda qо‘llaniladi. Masalan, yadroviy shikastlangan о‘choqda qolgan odamlarni qutqarish va boshqa qutqaruv ishlarini bajarish uchun birinchi navbatda, shikastlangan inshootlar, himoya inshootlariga boradigan yо‘l, yо‘laklarni ochish va tozalash ishlari amalga oshiriladi.


    Download 40.51 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 40.51 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bajariladigan ishlarni tavsifiga qarab mexanizmlarni quyidagi guruhlarga bо‘lish mumkin

    Download 40.51 Kb.