• Boshqa birlamchi tiklov ishlariga quyidagilar kiradi
  • Umumiy qirg‘in qurollari qо‘llanilganda quyidagi qutqaruv ishlari bajariladi




    Download 40.51 Kb.
    bet2/10
    Sana18.08.2023
    Hajmi40.51 Kb.
    #78894
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    15-ma\'ruza. Avariya-qutqaruv
    Р. Р. Ибраимов “Система с двумя объектами”, The Mobilization State, Microsoft Word Document, 6-laboratoriya variant, БЖД практика, Microsoft Word Document, Ikramov, Fizika sirtqi II qism, мехатроника, амалиеттитул, Презентация-Microsoft-PowerPoint, 2-MA\'RUZA, 9-sinf Sinf soati, 1 Xorijiy investitsiyalar iqtisodiy mazmuni, Amaliy topshiriq
    Umumiy qirg‘in qurollari qо‘llanilganda quyidagi qutqaruv ishlari bajariladi:

    • Obyektlar tomon tizimlarning harakatlanish yо‘llarini razvedka qilish;

    • Shikastlangan obyektlarga harakat qilishda, yong‘inlarni о‘chirish va tо‘sish;

    • Zaharlangan, yong‘inli, gazga tо‘lgan, suv bosgan joylarda va yer ostida qolgan odamlarni topish va qutqarish;

    • Shikastlangan, buzilgan va zaharlangan himoya inshootlaridagi fuqarolarni qutqarish;

    • Havo almashtirgichi buzilgan, shikastlangan himoya inshootlariga havoni yetkazib berish;

    • Shikastlangan fuqarolarga birinchi tibbiy yordam kо‘rsatish va ularni tibbiy shoxobchalariga eltib qо‘yish;

    • Xavfli hududdagi fuqarolarni xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilish;

    • Odamlarni sanitar qayta ishlovdan о‘tkazish, uy hayvonlarga veterinar qayta ishlov berish, texnika, kiyim-kechak, oziq-ovqat, xom–ashyo, suv va yem-xashaklarni dezaktivatsiya va degazatsiya qilish;

    Boshqa birlamchi tiklov ishlariga quyidagilar kiradi:

    • shikastlangan hududlardagi (zaharlangan, yiqilgan, buzilgan inshootlar) yо‘llarni tozalash;

    • qutqaruv ishlarini olib borishda gazli, elektrli, suvli, kanalizatsiya va texnologik tizimlardagi avariyalarni tо‘sish ishlari;

    • shikastlangan inshootlarni buzish yoki uni mustahkamlash;

    • aloqa va kommunal-energetik tarmoqlardagi falokatlarni tuzatish va tiklash ishlari;

    • turli xildagi portlovchi qismlarni, portlovchi aslahalarni topish, zararsizlantirish va yо‘qotish ishlari;

    QBTI ishlari kunu tun, doimiy ravishda, har qanday tabiiy sharoitda olib boriladi.
    Umumiy qirg‘in qurollarining shikastlanish о‘chog‘ida QBTIni olib borish uchun, tinchlik davridayoq tuman fuqarolar muhofazasining boshlig‘i qarori bilan fuqaro muhofazasi kuchlarining harakat qilish yо‘llari tuziladi.
    Harakatlanuvchan kuchlar tarkibiga shahar, tuman fuqarolar muhofazasining hududiy, ishlab chiqarish tamoyilga kо‘ra tuzilgan tizimlari hamda harbiylashgan fuqaro muhofazasi qismlari kiradi. Bu kuchlar asosan birinchi va ikkinchi eshelondan va qо‘shimcha qismlardan tashkil topadi. Eshelonlar tarkibiga kiruvchi tuzilmalar uzluksiz faoliyat kо‘rsatish uchun ular smenalarga bо‘linib ishlab chiqarish tamoyiliga asoslangan bо‘ladi.
    Birinchi eshelonda asosan fuqarolar muhofazasi harbiy qismlari, korxonaning obyektli tuzilmalari va ma’lum qismdagi hududiy tuzilmalari harakatlanadi. Bunda fuqarolar muhofazasining harbiy qismlari va hududiy tizimlari asosan shahar, tuman fuqarolar muhofazasi rejasiga asosan xalq xо‘jaligi tarmoqlarining eng muhim obyektlarida QBTI ishlarini bajaradilar.
    Ikkinchi eshelon tizimlari asosan birinchi eshelon tizimlari kuchini oshirish hamda faoliyat kо‘rsata olmaydigan tizimlar о‘rnini egallash maqsadida harakatlanadi. Obyektning fuqarolar muhofazasini harakatlanuvchan kuchlari asosan umumiy otryadi, qutqaruv otryadi hamda ishlarni bajaruvchi tizimlardan tashkil topgan.
    Fuqarolar muhofazasining texnika vositalari hamda kuchlari shikastlangan hududga juda qisqa vaqtda kirishi, QBTI ishlarini muvaffaqiyatli bajarishi, zamonaviy texnikadan unumli foydalanishi, ish jarayonida qо‘l ostidagi kuchlarni, tizimlarni almashtirib turishi va boshqa ishlarni bajarishi lozim. Albatta, turli xildagi texnikalardan foydalanmay shikastlangan hududda katta, unumli ishlarni bajarib bо‘lmaydi. Faqatgina mexanizmlar yordamigina, jumladan, qurilish va yо‘l mashina va mexanizmlari, kommunal-texnika jihozlari yordamida, yer ostida, buzilgan, yonayotgan, gazga tо‘lgan inshootlar ichida qolgan, buzilgan himoya inshootlari ostida qolgan fuqarolarni qutqarish va boshqa ishlarni bajarish mumkin.1

    Download 40.51 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 40.51 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Umumiy qirg‘in qurollari qо‘llanilganda quyidagi qutqaruv ishlari bajariladi

    Download 40.51 Kb.