• Ishlab chiqarish tarmoqlaridagi avariyalarda qutqaruv va tiklash ishlari.
  • Biologik shikastlangan о‘choqda esa




    Download 40.51 Kb.
    bet6/10
    Sana18.08.2023
    Hajmi40.51 Kb.
    #78894
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    15-ma\'ruza. Avariya-qutqaruv
    Р. Р. Ибраимов “Система с двумя объектами”, The Mobilization State, Microsoft Word Document, 6-laboratoriya variant, БЖД практика, Microsoft Word Document, Ikramov, Fizika sirtqi II qism, мехатроника, амалиеттитул, Презентация-Microsoft-PowerPoint, 2-MA\'RUZA, 9-sinf Sinf soati, 1 Xorijiy investitsiyalar iqtisodiy mazmuni, Amaliy topshiriq
    Biologik shikastlangan о‘choqda esa biologik razvedka va bakterial moddalar xili, karantin yoki observatsiya rejimini qо‘llanilishi; sanitar-ekspertiza, oziq-ovqat mahsulotlari, suv, yemlarning zaharlanganligini aniqlash va ularni zararsizlantirish; epidemiyaga qarshi, sanitar-gigiyenik, veterinariya ishlari va boshqa omillar amalga oshiriladi.
    Bu ishlarni olib borishda biologik shikastlangan о‘choqda sanitar-epidemeologik maskan, veterinariya maskani, epidemiyaga qarshi harakatlanuvchan otryad, shifoxonalar, poliklinika, veterinariya tarmoqlari va boshqa meditsina tarmoqlari jalb etiladi. Ular birinchi navbatda og‘ir kasallik tarqatuvchilardan saqlash uchun profilaktik omillar olib borishadi. Bunda turli xildagi ta’sir etuvchi antibiotiklardan hamda SHD-2 dan, gazniqoblardan foydalaniladi.
    Hududda kasallik tarqatuvchining aniq turi topilgandan keyin, unga qarshi maxsus dorilardan foydalaniladi. Shundan keyin shikastlanganlarning kasallanish holatiga qarab har xil darajada tuzatish muolajalari olib boriladi. Ular darhol kasalxonaga yotqiziladi va juda og‘irlari ma’lum joyga, maxsus guruhlar yordamida evakuatsiya qilinib о‘sha yerda davolanadilar.
    Biologik о‘choqning tugatilishi u yerdagi oxirgi odamni tuzalib ketish vaqti bilan aniqlanadi. Biologik о‘choqda harakatlanuvchan qismlar, u yerdagi yuquvchan kasallik bilan kasallanmasliklari uchun hamma omillarni olib borish kerak, ya’ni kasallar bilan muloqatda bо‘lmaslik, inshootlar, xonalar, atrof-muhit zararsizlantirib turilishi, kiyim-kechaklarni dezinfeksiya qilib turish va о‘zini sanitar - qayta ishlovdan о‘tkazib turish talab etiladi. Mana shularga rioya qilib, harakatlanuvchi tuzilmalar hech qanday yо‘qotishsiz, о‘z vazifalarini bajarib boradilar. Murakkablashgan shikastlanish о‘chog‘ida QBTI ni olib borish, alohida-alohida о‘choqlarda olib borilgan ishlarga nisbatan bir necha о‘n barobar og‘ir hisoblanadi. Chunki bu holatda vaziyat juda murakkab bо‘lib, о‘choqdagi shikastlantiruvchi omillar turini aniqlash juda og‘ir hisoblanadi. Bulardan tashqari, bunday о‘choqda biror omilga qarshi olib boriladigan tadbirlar ikkinchi omilga tamoman teskari bо‘lishi mumkin. Masalan, xavfli epidemiya bilan kasallangan odamlarni davolashda foydalaniladigan karantin omili kuchli binar-xususiyatli kimyoviy qurollar ishlatilganda qо‘llaniladigan evakuatsiya va boshqa vositalar. Murakkablashgan о‘choqda biror uslubiy kо‘rsatma asosida emas, QBTIni sharoitini aniq о‘rganish orqali, о‘sha yerdagi vaziyatdan kelib chiqqan holatda olib boriladi.
    Ishlab chiqarish tarmoqlaridagi avariyalarda qutqaruv va tiklash ishlari.Ishlab chiqarish jarayonlaridagi avariyalar tasadifan sodir bо‘lib, uning kо‘lami tez kengayadi hamda insonlarning hayot faoliyatiga katta xavf soladi. Ishlab chiqarishdagi avariyalarning sodir bо‘lishi, kо‘proq ishlab chiqarish jarayonining xususiyatiga bog‘liq bо‘lib, kо‘pchilik hollarda bunday falokatlar ikkilamchi salbiy ta’sirlarni yuzaga keltirib, atrof-muhitga katta zarar keltiradi. Masalan, bunday holatlar neftni qayta ishlash, kimyo, yoqilg‘ilarni qayta ishlash, konchilik sanoat tarmoqlari, biotexnologik jarayonlar kechadigan hamda KTZM larni tashish jarayonidagi xatoliklar natijasida kо‘proq yuzaga keladi. Bunday falokatlar yuz bergan obyektdagi fuqarolarni va obyekt atrofida yashaydigan aholini о‘z vaqtida xabardor qilish hamda ularni muhofazasini tashkil etish eng muhim vazifalardan hisoblanadi. Bu vazifalarga jarohat olgan aholiga tez tibbiy yordam kо‘rsatish va ularni davolash shoxobchalariga joylashtirish ishlari ham kiradi.
    Obyektning avariyaga uchragan joylari razvedka qilinib, yong‘in chiqqan hududlarda yong‘inni о‘chirish va ularning kо‘lamini cheklash hamda sodir bо‘lishi mumkin bо‘lgan boshqa noxush vaziyatlarni oldini olish ishlari olib boriladi. Avariyaga uchragan obyektlardagi shikastlangan bino, konstruksiyalardan, gazga, tutunga tо‘lgan inshootlardan extiyot bо‘lish kerak. Chunki, texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilmaslik inson uchun salbiy holatlarga olib keladi. Shuning uchun har qanday muhofaza vazifalarini bajarishdan oldin qulab tushish ehtimoli bor bо‘lgan bino qismlarini mustahkamlab yoki buzub tashlab, undan keyin harakat qilish kerak. Ba’zi bir falokatlar sodir bо‘lganda yoqilg‘i yoki xavfli suyuqliklar sig‘imidan oqib ketishi va tarqalishi oqibatida kuchli yong‘inlar, portlash hodisalarining kelib chiqishiga va о‘z navbatida atrof-muhitni zaharlanishiga olib keladi. Shu sababdan avariya oqibatlarini bartaraf etish ishlarini olib borishda bunday salbiy holatlarga asosiy e’tiborni qaratish lozim. Shuning uchun avariyaga uchragan obyektlarda ish olib borilayotganda obyekt atrofi tо‘siqlar bilan о‘raladi, hamda qо‘riqchilar yoki kuzatuvchilar bilan ta’minlanadi.
    Tabiiy ofat, avariya va fojealarda talafot kо‘rganlarga tibbiy yordamni tashkil etish. Ma’lumki, sobiq Ittifoq davrida favqulodda vaziyatlar yuz berganda jabrlanganlarga tibbiy xizmat kо‘rsatish tizimi о‘zining samarasizligini kо‘rsatdi. Buning asosiy sababi, bir tomondan tez tibbiy yordam kо‘rsatish bilan tibbiy ta’minot (sog‘liqni saqlash muasasalarining kuch va vositalari) imkoniyatlari о‘rtasidagi nomutanosiblikning barcha sog‘liqni saqlash tizmlarida yuzaga kelishi bо‘lsa, ikkinchi tomondan esa, tinchlik davrida bо‘ladigan tabiiy ofatlar, yirik avariya va halokatlar oqibatida talofot olganlarga tibbiy yordam kо‘rsatish yetarli tashkil etilmaganligidandir. Mana shu kamchiliklar natijasida sanitariya talofoti ommaviy tusga kirib, katta miqyosidagi ham moddiy, ham ma’naviy zararlarni keltirib chiqargan hamda atrof-muhitni izdan chiqishiga olib kelgan. Bunday kamchiliklarni tugatish maqsadida mamlakatimizda Prezidentimizning 1998 yil 10 noyabrdagi Farmoniga muvofiq 1999-2005 yillarda sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishga mо‘ljallangan dastur qabul qilinib, unda «Halokatlar tibbiyoti» xizmatini tashkil etish kо‘zda tutilgan. Dasturda tez tibbiy yordam xizmatini rivojlantirishga katta e’tibor berilgan. Shularga asoslangan holda, Toshkent shahrida Shoshilinch Tibbiy yordam Davlat Ilmiy Markazi (SHTYODIM) tashkil etildi. О‘z navbatida respublikaning barcha viloyatlarida hamSHTYODIMning filialllari tashkil etilib, ular SHTYODIM tarkibiy qismlarini tashkil etadi. Bu markazdaasosan reanimatsiya-jarrohlik va reanimatsiya-intensiv davolash muolajalarini bajaradi. SHTYODIM va uning mintaqavi filiallari tarkibiga tez tibbiy yordam va sanitar aviyatsiyasi xizmatlari kiradi. SHTYODIM huzuridagi tez yordam xizmatida 2 ta bо‘linma: 1 - tez yordam xizmati (doimiy brigadalar) va 2 - maxsus yordam xizmati (reanimatsiya brigadalari) faoliyat kо‘rsatadi.
    Halokatlar tibbiy xizmatining asosiy vazifasi shikastlangan о‘choqlarda avariya-qutqarish ishlarini olib borish hamda tibbiy-sanitariya ta’minoti samaradorligini oshirish hisoblanadi. Ya’ni uning bosh maqsadi - shikastlanganlarni iloji boricha kо‘p qutqarishdir.
    Halokatlar tibbiy xizmati, amaldagi tibbiy xizmatning kuch va vositalaridan samarali foydalanadi, u uch tarkibiy qismdan tashkil topadi. Birinchi qismga – boshqaruv tizimi, bu tizim respublika darajasida faoliyat kо‘rsatib, u sog‘liqni saqlash vaziri boshchiligida turli vazirlik va idoralar vakillaridan tashkil topgan idoralararo muvofiqlashtiruvchi hay’atdan iborat. Mahalliy darajadagi bunday hay’atlarga, sog‘liqni saqlash boshqarmalari va mahalliy bо‘limlarning rahbarlari boshchilik qiladi.
    Boshqaruv tizimlari favqulodda vaziyat yuz bergan vaqtdan ish boshlab to uning oqibatlari tо‘liq bartaraf etilguncha faoliyat kо‘rsatadilar.
    Halokatlar tibbiy xizmatining ikkinchi tarkibiy qismini – amaldagi tez tibbiy yordam tizimi tashkil etadi. Halokatlar tibbiy xizmatining asosiy bо‘g‘inini kechiktirib bо‘lmaydigan ixtisoslashgan tibbiy yordam xizmati (1-bosqich), hamda SHTYODIM, va uning mintaqaviy filiallari va tuman markaziy kasalxonalari (2-bosqich) tashkil etadi. Bunda SHTYODIM – saralash – evakuatsiya gospitallari tarzida, tuman markaziy kasalxonalari esa – ixtisoslashgan kasalxonalar sifatida faoliyat kо‘rsatadi.
    Halokatlar tibbiy xizmatining uchinchi tarkibiy qismini – ixtisoslashgan xizmatlar tashkil etib, u doimo tayyor turadigan maxsus tuzilmalarni о‘z ichiga oladi. Bunday tuzilmalarga: ikkinchi bosqichni kuchaytirishga mо‘ljallangan ixtisoslashgan shoshilinch tibbiy yordam brigadalari; 1-bosqichni kuchaytirishga mо‘ljallangan shoshilinch tibbiy yordam brigadalari kiradi. Bu tuzilmalar asosan о‘rtacha halokatlar sodir bо‘lganda faoliyat kо‘rsatadi. Katta halokatlar yuz berganda zaxirada qolgan, ixtisoslashgan kо‘chma gospitallar ishga solinadi.
    Halokatlar tibbiy xizmatining asosiy yо‘nalishlaridan biri aholiga birinchi tibbiy yordam kо‘rsatish hamda favqulodda vaziyatlarda xatti-harakat qoidalarini о‘rgatishdan iborat.
    «Halokatlar tibbiyoti» xizmatining tashkil etilishi va uning vazifalari. Falokat va halokatlarda tibbiy yordam kо‘rsatishni tashkil etishda halokatning miqyosi va sanitariya talofotining hajmiga qarab belgilanadi. Albatta tabbiy ofat yoki katta ishlab chiqarish avariyalardan sanitariya talofoti katta miqyosida bо‘lganda, buning oqibatlarini tugatishda maxsus yondoshuvlar talab etiladi. Jumladan, bunday holatlarda jabrlanganlarga iloji boricha talofot о‘chog‘ining о‘zida yoki unga yaqin bо‘lgan joyda tibbiy yordam kо‘rsatilishi lozim bо‘ladi.

    Katta miqyosidagi favqulodda vaziyatlarda tibbiy yordamni tashkil etishda quyidagi ishlar bajariladi:



          • Shikastlangan о‘choqlarni tibbiy razvedka qilish;

          • Jabrlanganlarni qidirib topish va ularni qutqarish;

          • Jabrlanganlarni saralash;

          • Jabrlanganlarni evakuatsiya qilish;

          • Tibbiy yordam berish va davolash.

    Shikastlangan о‘choqlarni razvedka qilishda – aholini soni, tibbiy xizmat kuchlari va vositalarining soni, talofot darajasi, yо‘llar va suv manbalarining mavjudligi, hamda ularning ahvoli haqidagi ma’lumotlar olinadi.
    Jabrlanganlarni qisqa vaqt mobaynida (bir necha soatdan – bir sutkagacha) qidirib topish va qutqarish talab etiladi, hamda iloji boricha ularning hayotini saqlab qolish omillari bajariladi. Bu omillarning bajarilishida qutqaruv tizimlaridan tashqari, о‘t о‘chiruvchilar, jamoat tartibini saqlovchi, harbiy qismlarning xodimlari hamda kо‘ngilli fuqarolar bajaradilar.
    Jabrlanganlarni saralash tibbiy xizmatining asosiy vazifasi hisoblanadi. Saralash – tibbiy yordamning hajmini, turini, hamda yordam kо‘rsatishning keyingi bosqichlarini hisobga olib, jabrlanganlarni transportlarda tashish imkoniyatlari va navbatini aniqlaydi.
    Jabrlanganlarni evakuatsiya qilish – talofot olganlarning shikastlangan о‘choqlardan olib chiqish, ularga tibbiy yordam kо‘rsatish, hamda davolash uchun tibbiyot muassasalariga olib borish tadbirlaridan iborat. Bunda tibbiy hisobga olish varaqasi tо‘ldiriladi va yaradorlarni transport vositalari (temir yо‘l, avtomobil, suv va havo yо‘li) yordamida evakuatsiya qilinadi.
    Davolash muassasalariga keltirilgan saralangan jabrlanganlarga malakali va ixtisoslashgan tibbiy yordamlar kо‘rsatiladi.
    Shunday qilib shikastlangan о‘choqda qolgan jabrlangan aholi tibbiy yordamning hamma turlari bilan: birinchi tibbiy yordam, birinchi shifokor yordami, malakali va ixtisoslashgan tibbiy yordami birin ketin kо‘rsatiladi.

    Dushman tomonidan ommaviy zarar yetkazuvchi qurollar-yadrzaryadi, zaharlovchi moddalar yoki bakteriologik vositalar qo’llanilganda ko’pdan-ko’p Shaxsiy tarkibi formali kiyim-kechak, himoya vositalari, qurol-yarog’lar va harbiy texnika, inshootlar, joylar hamda suv manbalari, oziq-ovqatlar, em-xashaklar zararlanadi. Zaharlovchi moddalar suyuq tomchi, aerozol va bu xolatida qo’llanilganida suv manbalari, oziq-ovqat mahsulotlarining zararlanishi kuzatiladi. Kichikroq ko’llar, hovuzlar, ochiq quduqlar zaharlovchi moddalardan ko’proq zararlanadi. Kanal suv havzalari va daryo suvlarining zararlanishi odatda kuzatilmaydi. Artezian quduqlar germetik holat bo’lganligi uchun moddalardan zararlanmaydi.


    Oziq-ovqat mahsulotlarining zaharlovchi moddalardan zararlanishi dala sharoiti ularning qanday holatda saqlanishi, joylarga tashish usuli va oziq- ovqatning tashishga bog’liq bo’ladi. Dala sharoitida oziq-ovqatlarni germetik holda saqlash qiyin bo’lganligi sababli aerozol va bu holatidagi zaharlovchi moddalar osonlik bilan shu joyga tushadi. Oziq-ovqat mahsulotlariga tushgan zaharlovchi modda tomchilari osonlik bilan shimiladi va ancha ichkariga o’tadi.
    Chidamli zaharlovchi moddalardan fosfoeorganik iprit turidagilar lipidlarda juda yaxshi eriydi. Shu sababli ular oziq-ovqatga tushganda (go’sht, baliq, moy va boshqalarga) unda bir nech haftadan bir oygacha saqlanib qoladi. Betakror zaharlovchi moddalar oziq-ovqat mahsulotlarini kam zararlaydi. Shuni aytish kerakki, radioaktiv moddalar oziq-ovqatlarning faqat yuza qismini zararlaydi, zaharlovchi moddalar esa 2-5 sm chuqurlikka kirish xususiyatiga ega. Yerlar 10 sm gacha, o’simlik yerlari esa butunlay zararlanadi. Shularni hisobga olgan holda oziq-ovqatlarni germetik idishlarda (konservalash, banka, termos, xolodilnik va boshqalarda) saqlash maqsadga muvofiq bo’ladi. Bunday hollarda faqat idishlar zararlanadi. Yashiklar ham zaharlovchi moddalardan ancha himoya qiladi. Qog’ozdan tayyorlangan konlar radiaktiv moddalardan saqlaydi, ammo zaharlovchi moddalar tomchisidan esa vaqtincha himoya qiladi. Oziq-ovqat saqlanadigan omborlarning xamma teshiklari zaharlovchi moddalar va radioaktiv moddalardan zararlanishdan saqlash uchun mahkam qilib berkitilishi kerak. Zararlangan oziq-ovqat, suv manbalari zararlangan, deb shubha qilinadi, shuning uchun ularni maxsus tekshiruvdan o’tkazmay turib foydalanishga ruxsat etilmaydi.
    RM, ZM yoki bakteriologik vositalar bilan zararlangan hududda, barcha narsalar, oziq-ovqat, em-xashak va boshqalar zararsizlantirilmaguncha odamlar va hayvonlar uchun xavflidir.
    Zararlanish turiga qarab, zaharsizlantirish har xil bo’ladi: dezaktivizasiya; degazasiya; dezinfeksiya.
    Zararlangan ob’ektlardan radiaktiv moddalarni yo’qotish dezaktivasiya deyiladi.
    Zararlangan ob’ektlarni zararsizlantirish yoki ximiyaviy neytrallash va ulardagi zaharlovchi moddalarni yo’qotish degazasiya deyiladi.
    Zararlangan ob’ektlardan kasallik qo’zg’atuvchi mikroblarni va ularning toksinlarini yo’qotish dezinfeksiya deyiladi. Ba’zan dezinseksiya qilib, zararli hasharotlarni, yuqumli kasalliklarni tarqatuvchi pashsha, chivin, kana, iskabtopar bit va boshqalar yo’qotiladi.

    Download 40.51 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 40.51 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Biologik shikastlangan о‘choqda esa

    Download 40.51 Kb.