|
Shamol elektrostansiyalari nima?
|
bet | 2/4 | Sana | 05.06.2024 | Hajmi | 0,66 Mb. | | #260372 |
Bog'liq Quyosh emergiyasi boʻyicha jahon tajribasi ..Shamol elektrostansiyalari nima?
Shamol elektr stansiyalari (keyingi o‘rinlarda SHES) — shamol oqimining kinetik energiyasini elektr energiyaga aylantiruvchi qurilma hisoblanadi.
U xalq orasida shamol parraklari yoki shamol tegirmoni deb ham yuritiladi. Ular foydalanish mumkin bo‘lgan, qayta tiklanuvchi elektr manbai sanaladi.
Shamol tegirmoni nimadan tashkil topgan va undan qanday maqsadlarda foydalaniladi?
SHESlar tarkibi shamol dvigateli, elektr toki generatori, generator va dvigatelning ishini boshqaruvchi avtomatik qurilma hamda ular o‘rnatiladigan inshootlardan tashkil topadi.
SHESning balandligi taxminan 90 metr bo‘lib, u 8 mingdan ortiq qismlardan iborat bo‘ladi.
Shamol elektr stansiyasidan ko‘pincha, shamol oqimining o‘rtacha yillik tezligi yuqori bo‘lgan hamda markazlashtirilgan elektr ta’minot tarmoqlaridan uzoq joylashgan — dasht yoki cho‘lli hududlarda elektr energiyasi manbai sifatida foydalaniladi.
Foto: “www.pppda.uz”
Birinchi shamol stansiyasi qayerda o‘rnatilgan?
Birinchi shamol stansiyasi 1887-yil Buyuk Britaniyada professor Jeyms Blit tomonidan qurilgan. Shamol tegirmonining diametri 10 metr bo‘lib, undan yozgi uyni yoritish uchun foydalanilgan.
Qanday shamol turbinalari samarador hisoblanadi?
Shamol turbinasidagi parraklar 3 ta bo‘lganida eng ko‘p samara beradi. Ikkita parrakli shamol tegirmonida turbinaga ortiqcha yuk tushishi hamda havo girdobi turbinaning ishlashiga xalaqit berishi mumkin.
Shamol tegirmonlari qanday ishlaydi?
Shamol parraklari shamol energiyasini elektr energiyasiga aylantiradi. Hosil bo‘lgan kuchlanish elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi generator rotoriga uzatiladi. Bundan tashqari, ishlab chiqarilgan elektr energiyasi ham tarmoqqa ulanadi.
Foto: Автоматизация и производство
Shamol parraklarining qanday afzalliklari bor?
Shamol turbinalari yordamida elektr energiyasi ishlab chiqarish, SO2 (karbon dioksidi) yoki boshqa gazlarni chiqarmaydi. Qolaversa, ushbu shamol parraklari qurilmalari kam joy egallab, har qanday landshaftga osongina mos keladi.
Bundan tashqari shamol energiyasi, qazib olinadigan yoqilg‘ilardan farqli o‘laroq, bitmas-tuganmas, ya’ni cheksizdir.
Demak, shamol generatorlarining afzalliklari quyidagicha:
Ekologik toza;
Yoqilg‘i talab etmaydi;
15 yildan ko‘p muddat ishlay oladi;
Oila, qolaversa davlat iqtisodiyoti uchun foyda keltiradi.
Eng noodatiy SHES Arizona shtat universiteti tomonidan ishlab chiqilgan. To‘g‘ridan-to‘g‘ri avtomagistralga o‘rnatilgan shamol turbinasi, hatto past shamol tezligida ham kichik hajmdagi uyni quvvatlantirish uchun yetarli miqdorda elektr energiyasini ishlab chiqarishi mumkin
Foto: “www.lutheranworld.org”
|
| |