• O‘zbekistonning qaysi hududlarida elektr energiya stansiyalari mavjud
  • Ekologiya hamda mamlakat iqtisodiyotiga foyda keltiruvchi SHESlar bilan bog‘liq rejalar qanday
  • Energetika vazirligi Daryo so‘roviga asosan SHESlar bilan bog‘liq bir necha savollarga javob berdi




    Download 0,66 Mb.
    bet3/4
    Sana05.06.2024
    Hajmi0,66 Mb.
    #260372
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Quyosh emergiyasi boʻyicha jahon tajribasi ..

    Energetika vazirligi Daryo so‘roviga asosan SHESlar bilan bog‘liq bir necha savollarga javob berdi.
    Shamoldan qanday qilib samarador elektr energiyasini olish mumkin?
    Shamoldan samarador elektr energiyasi olish uchun uning o‘rtacha yillik tezligi sekundiga 7 metrdan yuqori bo‘lishi kerak. Zarur bo‘lgan hollarda undan hosil bo‘lgan quvvatlar akkumulyatorda to‘planadi va ularni tarmoqqa uzatsa bo‘ladi.
    O‘zbekistonda shamol energiyasidan foydalanishning texnik potensiali 100-500 milliard kVt.soatgacha yetadi. Lekin shamol energiyasi quyoshga nisbatan doimiy mavjud bo‘lishi undan foydalanishda afzallikni oshiradi.
    Shamol elektrostansiyalari energetik potensial va elektr stansiyaning turiga qarab, mavjud infratuzilma obyektlaridan kelib chiqqan holda tasdiqlangan normalar asosida eng maqbul joylarga o‘rnatiladi.
    O‘zbekistonning qaysi hududlarida elektr energiya stansiyalari mavjud?
    Bugungi kunda O‘zbekistonning 12 ta viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasida elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi stansiyalar mavjud. Xususan, 11 ta davlat issiqlik elektr stansiyalari va markazlari, 49 ta gidroelektr stansiyalar (shundan 5 tasi mikro-GES) hamda Davlat-xususiy sherikligi tamoyillari asosidagi 5 ta issiqlik elektr stansiyasi va 2 ta quyosh fotoelektr stansiyasi mavjud.

    Foto: “Podrobno.uz”
    Ekologiya hamda mamlakat iqtisodiyotiga foyda keltiruvchi SHESlar bilan bog‘liq rejalar qanday?
    2024-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qorao‘zak tumanida quvvati 100 megavatt, Buxoro viloyatining Peshku va G‘ijduvon tumanlarida har birining quvvati 500 megavattdan bo‘lgan 2 ta (jami 1 000 MVt) va Navoiy viloyatining Tomdi tumanida quvvati 500 megavatt bo‘lgan sanoat miqyosidagi jami 4 ta shamol elektr stansiyalari ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
    Shuningdek, ayni paytda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy va Qorao‘zak tumanlari hududida quvvati 200 MVt bo‘lgan navbatdagi shamol elektr stansiyasini qurish uchun tender e’lon qilingan.

    Download 0,66 Mb.
    1   2   3   4




    Download 0,66 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Energetika vazirligi Daryo so‘roviga asosan SHESlar bilan bog‘liq bir necha savollarga javob berdi

    Download 0,66 Mb.