|
SHESlarning zararli jihat yoki oqibatlari ham bormi?
|
bet | 4/4 | Sana | 05.06.2024 | Hajmi | 0,66 Mb. | | #260372 |
Bog'liq Quyosh emergiyasi boʻyicha jahon tajribasi ..SHESlarning zararli jihat yoki oqibatlari ham bormi?
Shamol elektrostansiyalari keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan uch xil muammoli vaziyat mavjud.
Masalan, ularning ishlashi shamol tezligiga bevosita bog‘liq. Ikkinchidan, ishlash davomida yetarlicha shovqin yuzaga keladi.
Foto: abcnews
Biroq, bu va quyidagi muammolarni SHESni loyihalashtirish davrida ijobiy hal qilish imkoni ham bor:
Shamol parraklaridan keladigan past chastotali tovush.
Shamol elektr stansiyasini aholi yashash va ekologik muhofaza qilinadigan hududlardan uzoqda qurish orqali turbinalarning tovushini sezilmas darajaga kamaytirish mumkin.
Qushlar bilan turbina parraklarini to‘qnashuvi.
Qushlar yashaydigan va ularning migratsiya yo‘nalishida joylashgan hududda loyihani amalga oshirishdan oldin o‘rganiladi.
Agarda qushlarga shamol elektr stansiyasidan bo‘ladigan ta’sir salbiyligi aniqlansa, u boshqa hududda quriladi.
Loyihalarni moliyalashtiradigan xalqaro moliya tashkilotlari ham jonzotlarga zarar yetkazish xavfi bo‘lgan hududlarda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan loyihalarni moliyalashtirmaydi.
Shamol elektr stansiyasining ishdan chiqqan parraklarini qayta ishlash.
25 yil ishlagan elektr stansiyaning turbina parraklari va boshqa qismlari sekinlik bilan ishdan chiqa boshlaydi. Parraklar o‘ta mustahkam materiallardan ishlanganligi uchun ham ularni qayta ishlash murakkab hisoblanadi.
Katta hajmdagi elektr stansiyalardan ushbu chiqindi qismlar chiqishi ortadi. Biroq yangi texnologik yechimlar butun jahon olim va injenerlari tomonidan izlanmoqda.
Yaqin muddatda parraklardan ajralgan chiqindilarni foydali maqsadlarda ishlatilishi mumkin bo‘ladi.
Foto: “dividends.nuz.uz”
SHESlarning mamlakat iqtisodiyoti va hayotiga foydalari ko‘p. Ammo…
Jahon tajribasida quvvati katta turbinalar (4MVt) ishlatiladigan sanoat ko‘lamidagi loyihalar iqtisodiy tomondan afzal ko‘riladi.
Ammo, bunday loyihalar dastlab katta investitsiyani talab qiladi.
Agar uzoq hududda elektr energiyasiga ehtiyoj bo‘lsa (masalan aloqa stansiyalari), kichik quvvatdagi turbinadan ishlab chiqariladigan, nominal narxi kattaroq elektr energiyasi ham zarur bo‘ladi.
Kichik quvvatli turbinalarda ishlab chiqariladigan elektr energiyasining nominal narxi turbinaning boshlang‘ich narxiga bog‘liq.
Shu maqsadda entuziastlar past shamol tezligida ishlashga mo‘ljallanadigan arzon shamol turbinalari modellarini yasash bo‘yicha ishlar olib bormoqda.
Foto: “gelio.livejournal.com”
Odatiylikdan voz kechish nima uchun zarur?
Elektr energiyasini an’anaviy — o‘tin, ko‘mir, torf va boshqa yoqilg‘ilardan olish usullaridan voz kechish shartmikan, degan savol tug‘iladi
Doimiy, balki qulaydek tuyulgan ushbu usullar birinchi navbatda ekologiya, u orqali insoniyat va hayvonot olamiga o‘zidan ajraluvchi zararli gazlari orqali salbiy ta’sir o‘tkazadi.
Qayta ishlanuvchi elektr energiyalarining ishlash tizimi ekologiyaga zararsiz, iqtisodiyot uchun esa foydadan holi emas.
|
| |