• 13-BOB. ASOSIY VOSITALAR AUDITI 1. Asosiy vositalar auditini tashkil etish tartibi va o’tkazish ketma-ketligi
  • Takrorlash uchun savollar




    Download 0,82 Mb.
    bet54/121
    Sana30.01.2024
    Hajmi0,82 Mb.
    #148537
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   121
    Bog'liq
    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o-fayllar.org

    Takrorlash uchun savollar:
    1. Auditorlik hisoboti qanday tuziladi?


    2. Auditorlik hisobotining kirish qismida nimalar aks ettiriladi?


    3. Auditorlik hisobotining tahliliy qismida nimalar aks ettiriladi?


    4. Auditorlik hisobotining yakuniy qismida nimalar aks ettiriladi?.


    5. Auditorlik xulosasining tuzilishi ketma-ketligi qanday?


    6. Auditorlik xulosalarining qanday turlari mavjud?


    7. Auditorlik xulosasini tuzishdan bosh tortish deganda nima tushuniladi?





    13-BOB. ASOSIY VOSITALAR AUDITI
    1. Asosiy vositalar auditini tashkil etish tartibi va

    o’tkazish ketma-ketligi
    Asosiy vositalarni auditorlik tekshiruvidan o’tkazish mijoz-korxona faoliyati umumiy auditining bir qismi hisoblanadi. Uning maqsadi buxgalteriya hisoboti asosiy vositalar bo’limining ishonchliligi to’g’risida fikr shakllantirish va korxonada asosiy vositalar bilan bog’liq muomalalarni hisobga olish hamda soliqqa tortish uslubiyotini tashkil etishning O’zbekiston Respublikasida amal qilayotgan me’yoriy hujjatlarga muvofiqligini aniqlashdan iborat.
    Asosiy vositalar auditi auditorlik tekshiruvining muhim ob’ektlaridan biri bo’lib, undagi o’rganiladigan masalalar keng qamrovli va ularning barchasini quyidagicha umumlashtirish mumkin:

    • asosiy vositalar mavjudligi va saqlanish holati ustidan nazorat o’rnatishni ta’minlash (ob’ektlarni asosiy vositalar qatoriga kiritishning to’g’riligi; asosiy vositalarning to’g’ri turkumlanishi; asosiy vositalar analitik hisobi va asosiy vositalar uchun moddiy javobgarlikni tashkil etish; analitik va sintetik hisob hamda hisobot ma’lumotlarining mosligi);


    • asosiy vositalar kirimi va chiqimiga doir muomalalarni dastlabki hujjatlashtirish hamda hisobda aks ettirish; asosiy vositalar kirimi va chiqimiga doir muomalalarni sintetik hisob registrlarida aks ettirish; asosiy vositalar kirimi va chiqimiga doir muomalalarni soliqqa tortish;


    • asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblash va hisobda aks ettirish (asosiy vositalarning foydali xizmat qilish muddatini aniqlashning to’g’riligi); amortizatsiya hisoblash usullarini qo’llashning qonuniyligi va to’g’riligi; jadallashtirilgan amortizatsiya usulini qo’llashning qonuniyligi; amortizatsiya ajratmalari hisob-kitoblarining to’g’riligi; amortizatsiya ajratmalarini hisobda aks ettirishning to’g’riligi);


    • asosiy vositalarni tiklashni - ta’mirlash, zamonaviylash-tirish va qayta jihozlashni hisobda aks ettirish (muomalalarni hujjatlarda rasmiylashtirish; ta’mirlash usullari; ta’mirlash xarajatlarini tannarxga olib borishning to’g’riligi; asosiy vosi-talarni qayta jihozlash va zamonaviylashtirishga doir muoma-lalarni hisobga olish;


    • asosiy vositalar korxona buxgalteriyasidagi sintetik va analitik hisobining holatini baholash; belgilangan qoidalarga muvofiq korxonaning o’ziga qarashli (0110-0199 schyotlar), joriy tartibda ijaraga olingan (001-schyot) va moliyaviy lizing asosida olingan asosiy vositalarni (0310-schyot) saqlash joylarida moddiy javobgar shaxslar bo’yicha hisobga olishning tashkil etilishini baholash;


    • korxonaning o’ziga qarashli va moliyalanadigan lizing asosida olingan asosiy vositalar bo’yicha oylik eskirish hisob-lanishining to’g’riligini tekshirish (0211-0299-schyotlar). Chunki, bu ma’lumotlar realizatsiya qilinadigan mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxining (2010, 2310, 2510, 2710 schyotlar debeti) shakllanishi bilan bog’liq bo’lib, oqibatda korxonaning moliyaviy natijalari (balans foydasi yoki zarari)ga va byudjetga to’lanadigan foyda (daromad) solig’ining miqdoriga ta’sir etadi;


    • asosiy vositalarning sotib olinishi va hisobdan chiqarilishi hamda ularni yuridik va jismoniy shaxslardan ijaraga olish bilan bog’liq muomalalar bo’yicha soliq qonunchiligiga rioya qilinishini tekshirish;


    • asosiy vositalarni xo’jalik va pudrat usullarida (kapital yoki joriy) ta’mirlash xarajatlarini hisobga olishning kor-xonada amal qilinayotgan tartibini, korxonada bir yilga qabul qilingan hisob yuritish siyosatidan kelib chiqqan holda baholash va tekshirish (asosiy vositalarni ta’mirlash uchun rezervga mablag’ ajratish mexanizmidan foydalanib yoki foydalanmasdan);


    • agar auditor bilan tuzilgan shartnomada kelishilgan bo’lsa, korxonada asosiy vositalardan foydalanishni vaqt oralig’i va quvvati bo’yicha korxonaning ishlab chiqarish xususiyatlari hisobga olingan holda tahlil qilish;


    • asosiy vositalarni baholash va qayta baholash natijalarini tekshirish.





    Download 0,82 Mb.
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   121




    Download 0,82 Mb.